XX asr 60-yillar Suriya adabiyoti Reja: Suriya adabiyotida realizmdan chekinish. Suriya adabiyotida modernizm oqimi. Zakariya Tamer, Jorj Salim ijodi. Suriyada 1960 - yillarda bir guruh yozuvchilar maydonga chiqdilarki, ularning ijodida ongli ravishda realizmga qarshi isyon sezila boshladi. Buning sababi ular realizmni bevosita marksizm falsafasi bilan bir narsa, deb talqin qilishlarida edi. Shu bois Suriya yozuvchilarining realizmga bo'lgan intilishlari to'siqqa uchradi. Gazeta va jurnallar sahifalarida yozuvchilarning ingliz-amerika va Fransiya adabiyotiga yaqinlashib borayotgani sezila boshladi. 1965 yilda al-Ma'rifa jurnali Sizning ijodingiz biror xorijiy yozuvchi ta'sirini o'zida aks ettiradimi? degan savol bilan murojaat qilganida ko'pchilik yozuvchilar Sartr, Kamyu, Joys, Kafka nomlarini tilga oldilar. Bundan keyingi davrda ekzistensializm falsafasi ta'sirida bo'lgan yozuvchilar asarlaridagi personajlar jamiyatdagi ochiq kurash o'rniga o'zlarining ichki psixologik kurashlari bilan band bo'ldilar, mavhum falsafiy muammolar ifodachisiga aylandilar. Bu yillarda kuzatilgan realizmdan chekinish o'zining siyosiy sabablari, ijtimoiy ildizlari, madaniy omillariga ham ega edi. Mamlakatdagi murakkab siyosiy holat, turli mafkuralar orasidagi kurash, asrlar osha davom etib kelayotgan islomiy va feodal mag'lubiyat alami, mamlakating bir qism hududi bosib olinishi - bularning barchasi mamlakatda realistik adabiyotning rivojlanishi uchun noqulay sharoitni vujudga keltirdi. Suriya adabiyoti mexanik tarzda realistik va modernistikka ajratish qiyin. Aksar hollarda yozuvchilar ijodida ham realistik, ham modernistik tamoyillar yonma yon mavjud bo'lib, o'zaro to'qnashadi va kurashadi. Yozuvchilar ijodida hayotning murakkab, ziddiyatli masalalari har xil individual uslub va janrlar orqali o'z ifodasini topadi. Zanariyo Tamer, Jorj Salim va boshqalar hikoyaning shu vaqtgacha araab adabiyotida misli ko'rilmagan turlarini yaratdilar. Epik vazmin, keng qamrovli voqealar bayoni o'rnini o'quvchi bilan muloqotga asoslangan murakkab shakllar egalladi. Yozuvchilar o'z g'oyalarini majoz, istioralar vositasida, bayonga ertak va fantastika unsurlarini kiritgan tarzda ifodalay boshladilar. Yozuvchining ijodini kuzatib borayotgan arab tanqidchilari Zakariya Tamerni dahshatlar va hayot go'zalliklari kuychisi deb atashadi. Misrlik tanqidchi Sabri Xafiz Tamer haqida bunday yozadi: Bu yozuvchi hayotdagi o'rnini tinimsiz mehnat orqali egallar ekan, dunyoga g'alati, hayrona ko'zlar bilan nigoh tashlaydi va ko'p odamlar ko'rmagan narsalarni ko'radi. U hayotni boshqacha, odat tusiga kirganda o'zgacha mushohada etadi. Bu qip - yalang'och, jarohatli qalb mujohadasidir. Zakariya Tamer yozuvchilik uslubining o'ziga xosligi nimada ko'rinadi? Ko'pgina arab yozuvchilari kabi urush va tinchlik, jamiyatni qayta qurish, qoloqlik, jaholat, xurofatga qarshi kurash, qashshoqlarning fojealari uning ham diqqat markazida turadi. Bu masalarni yoritishda Tamer, albatta, arab yozuvchilari ichida birinchi emasdi. Ammo yozuvchi ijodida arab adabiy an'analariga xos poetik ramzlar hozirgi zamon jahon adabiyoti uslublari bilan uyg'unlashib ketgan. Uning adabiy uslubiga xos xislat so'zdagi tejamkorlik, sipolik, uslubdagi izchillik va til ifodaligidir. Tamer uslubining o'ziga xosligi majozga, ramzlarga ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:26:00
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
58.51 KB
Ko'rishlar soni
97 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:48
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
58.51 KB
Ko'rishlar soni
97 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:48 ]
Arxiv ichida: doc