XX-Asr o'zbek adabiyoti

XX-Asr o'zbek adabiyoti

O'quvchilarga / Adabiyot
XX-Asr o'zbek adabiyoti - rasmi

Material tavsifi

XX Asr o'zbek adabiyoti Adabiyotshunoslikda XX asr o'zbek adabiyoti shartli ravishda 20-30-yillar adabiyoti, II jahon urushi va urushdan keyingi davr adabiyoti (40-50-yillar), 60-70-yillar adabiyoti, 80-90-yillar adabiyoti kabi davrlarga bo'lib o'rganiladi. 20-30-yillar adabiyoti 20-30-yillar adabiyoti tarixda badiiy ijodning mafkuraga bo'ysundirish davri bo'lganligi bilan ajralib turadi. Bu davrda o'zbek adabiyotini rivojlantirish, adabiy an'analarni davom ettirish va badiiy barkamol asarlar yaratish maqsadida qalam tebratgan Hamza Hakimzoda, Cho'lpon, Abdurauf Fitrat, So'fizoda, Abdulla Avloniy, Oybek, Usmon Nosir, Temur Fattoh, Oydin, Hamid Olimjon, Uyg'un, G'afur G'ulom, Husayn Shams singari qator o'zbek ijodkorlari yaratgan asarlar birinchi navbatda mavkuraviy jihatdan baholangan. Adabiyot va san'at asarlari sobiq kommunistik partiyaning maqsad va manfaatlariga xizmat qilishi bosh talab bo'lgan. Sotsialistik jamiyat barpo etilayotgan o'sha yillarda odamlarning ongida qanday o'zgarishlar ro'y berayapti. Ular sovet tuzumini qo'llab-quvvatlashyaptilarmi, bu tuzum ularga nimalar inom etdi, xalq hayotida qanday o'zgarishlar ro'y berdi kabi savollarga hayotiy qahramonlar obrazlarini yaratish orqali, hayot haqiqatini pardozlamay ro'y-rost tasvirlash yo'li bilan javob berish hayotiy zarurat edi. Ammo kommunistik mafkura mohiyati bosqinchilik siyosatiga asoslangan davlatning maqsadlarini aks ettirgani uchun adabiyot va san'at asarlarida xalq ko'nglidagi tilaklar, dardu hasratlar, orzu-umidlarni emas, balki sovet tuzumini ulug'lash, kommunistik partiyani madh etish talab qilindi.qizil imperiyaning asl maqsadlari yerli xalqdan yashirildi, shu tariqa yolg'on va soxta g'oyalarga odamlarni ishontirish yo'lida adabiyotdan ham shafqatsizlarcha foydalanishga urinildi. Kommunistik partiyaning 20-30-yillarda bo'lib o'tgan qator yig'inlarida Turkiston o'lkasida «adabiyotni rivojlantirish»ga qaratilgan mafkuraviy tushovlar, qoliplar ishlab chiqildi va haqiqiy badiiy ijodning ildizga bolta urildi. Natijada hayot haqiqatini ro'y-rost, badiiy gavdalantirgan, xalq ko'nglidagi armonlarni, bosqinchilar amalga oshirgan fojialarni, ular o'rnatgan hokimiyat va tuzayotgan jamiyat mohiyatini fosh etuvchi asarlar «sovet voqeligini buzib ko'rsatuvchi va talqin etuvchi asarlar» sifatida baholandi. Chinakam istedod egalari esa «xalq dushmani» deb elon qilindi. 20-30-yillarda inqilobiy g'oya bilan yo'g'rilgan adabiyotni shakllantirish ishlari bunday adabiyot sun'iy, balandparvoz, badiiylik tamoyillariga yot adabiyot ekanini anglagan va o'zini uning vakili bo'la olmasligini ijodi orqali ayon qilgan Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Cho'lpon, Abdurauf Fitrat, So'fizoda, Usmon Nosir kabi istedod egalarini qatag'on qilish bilan yakun topdi. Partiya va sovet davlati adabiy hayotni o'z buyruqlari bilan harakatlantirib, o'z mafkurasi bilan tushovlab, yagona adabiy uslubni talab qildi. Shu tariqa yozuvchidan ijodiy izlanish va o'z badiiy niyatini ifodalashda xilma-xil usullardan foydalanishdek ijod erkinligi tortib olindi. 1932 yildan boshlab sovet adabiyotining metodi yagona - sotsialistik realizm metodi ekanligi ochiq-oydin etirof etildi va partiya ko'rsatmalarida badiiy asarlar avvalo g'oyaviylik, partiyaviylik, sinfiylik kabi tamoyillar asosida baholanishi shart qilib qo'yildi. Shunga qaramay, ko'p asrlik boy tarixiga, an'analariga ega bo'lgani uchun davr murakkabliklari o'zbek adabiyotining ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, doc
Fayl hajmi 71.48 KB
Ko'rishlar soni 79 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:48 Arxiv ichida: zip, doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, doc
Fayl hajmi 71.48 KB
Ko'rishlar soni 79 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: zip, doc
Tepaga