Yangi bosqichdagi o'zbek dramaturgiyasi

Yangi bosqichdagi o'zbek dramaturgiyasi

O'quvchilarga / Adabiyot
Yangi bosqichdagi o'zbek dramaturgiyasi - rasmi

Material tavsifi

Yangi bosqichdagi o'zbek dramaturgiyasi REJA: Xalqni ma'naviy qondirishda dramaturgiyaning o'rni. So'nggi davr o'zbek dramaturgiyasida sotsialistik tuzum illatlarining fosh qilinishi. So'nggi yillar o'zbek dramaturgiyasida ma'naviy-axloqiy masalalarning yangicha yo'nalishda, yangicha tafakkur bilan yoritilishi. Komediyalarda hayotdagi illatlar va nuqsonlarga nisbatan murosasozlikning ortishi. Zamon bilan hamnafas bo'lishda, xalqimizning ma'naviy talablarini qondirishda dramaturgiya zimmasiga, uning so'z va sahna san'atlari bilan aloqador xosiyalariga muvofiq, alohida g'oyaviy- estetik vazifalar yuklangan. Ma'lumki, adabiyot va san'atning gullab yashnashi jamiyatning ma'naviy barkamolligi, muhit sog'lomligiga bog'liq, Ma'naviy sog'lom muhitni yaratishda adabiyot va san'atning roli beqiyosdir. Ijodkor hayot haqiqatini qanchalik to'g'ri anglay olsa, muammolar mohiyatini to'g'ri ochib bersa, uning asarlari xalqqa shunchalik ma'naviy naf keltiradi. Bu borada dramaturgiya ham alohida rol o'ynaydi. O'zbek dramaturgiyasida O'.Umarbekov, Sh.Boshbekov, M.Boboyev, A.Ibrohimovning asarlari alohida urin tutadi. Ularning dramalarida sovet tuzumidagi o'zbek voqeligining muayyan tomonlari dramatik yo'sinda badiiy talqin qilingan. O'lmas Umarbekovning dramalarida kommunistik mafkura hukmron davrda ham istiqlol ma'naviyati, axloqqa xizmat etuvchi muhim va asosiy sifatlar o'z ifodasini topgan. Dramaturg an'anaviy otalar va bolalar munosabatlari, o'zaro axloqii qarashlari zaminida istiqlol davri uchun o'ta zarur ma'naviy-axloqiy sifatlarini saqlash, asrab-avaylash yo'lida qat'iy o'zita xos yo'l tutganligi ham kuzatiladi. Xususan «Sud», «Kuzning birinchi kuni» kabi dramalari xarakterlidir. «Kuzning birinchi kuni» nomli pyesasi shu jihatdan alohida ajrab turadi. Asarda uch oila boshiga tushgan fojianing sabab va mohiyati uch xil anglash, uch xil bahrlash tarzida umumlashtiriladi. Masalan professor Tohir To'laganovning o'g'li Ramz oilada erka o'sgan. Farhod esa otasiz, onasi qumri opa voyaga yetkazgan yolg'iz farzand. Sobir bo'lsa uzoq yillar ichki ishlar sohasida samarali va halol mehnat qilgan va nafaqaga chiqqan Shokir Sultonovning kamtorona oilasi farzandi. Taqdir ularni institutda uchrashtirgan, Ular orasida Ramzning qo'li baland, qayerga cho'zsa yetadi. Sobir va Farhod ham uning ta'siriga tushib qolgan. Kunlardan birida fojia sodir bo'ladi. Ramz otgan miltiq o'qi ko'chadan ketayetgan odamning umriga zavol bo'ladk. Xuddi shu fojia uch oilaning bir - biridan ayrib turuvchi ma'naviy axloqiy qarashlarini muhokama qilishga, dramatik talqinga va umumlashtirishga asos beradi. Pirovardi fojianing zamini ochilib, professor To'laganovning o'gli Ramz o'z gunohini bo'yniga olib: «Endi qilmayman, dada, - deganida ota o'g'liga qarata: «Dard bo'ladi. Yaramaslar. Itdan tarqaganlar. Xuliganlar. Banditlar. - deb haqorat qiladi. Shunda Ramzning onasi Barchin opa «endi qilmaydi, dadasi, rahm qiling» deb iltimos qiladi. Gazablangan ota jahl ustida oilada gazak olib kelgan ma'naviy-axloqiy nopoklikning sir-asrorini ochib tashlaydi. To'laganov: «Rahm qilingmish? Shu nonko'r, shu tekinxo'rga-ya. Odam bo'lmadi u, dardisar bo'ldi. Bolali uy bozor, bolasiz uy mozor yo'q men bunga mutlaqo qushilmayman. Aksincha, bolali uy mozor. Sen mani ajalimdan besh kun burun ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 39.67 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:48 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 39.67 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga