Yevropada uyg'onish davri va XVIII-asr ma'rifatchilik davri adabiyoti

Yevropada uyg'onish davri va XVIII-asr ma'rifatchilik davri adabiyoti

O'quvchilarga / Adabiyot
Yevropada uyg'onish davri va XVIII-asr ma'rifatchilik davri adabiyoti - rasmi

Material tavsifi

YeVROPADA UYFONISh DAVRI VA XVII ASR MA'RIFATChILIK DAVRI ADABIYoTI Reja: Uyg'onish davrining asosiy xususiyatlari, Dante Aligeri hayoti va ijodi, Iloxiy komediya - Dante siyosiy-falsafiy va adabiy faoliyati yakuni. Petrarka va Bakkachcho ijodi. D.Defo ijodi. Robinzon Kruzo asarining ahamiyati. Nemis ma'rifatchilik adabiyoti, voqelar, ziddiyatlarning kuchayishi Bunda ayniqsa xalq poeziyasi an'analarining roli kattadir. Eng qadimgi poeziya namunalari mehnat qo'shiqlari bo'lsa, o'rta asrlarga kelib, qo'shiq urf-odat doirasidan chiqib, mustaqil adabiy janr sifatida shakllanadi. Cherkov uzoq vaqt xalqni jaholatda saqlab kelsa-da, lekin u baribir kishilarning real hayot zavq-shavqiga bo'lgan ishtiyoqini bo'g'a olmadi. O'rta asrlar adabiyotining rivojlanishiga katta ta'sir etgan omillardan yana biri antik madaniyatdir. O'rta asrlar ritsar poeziyasida Rim shoiri Ovidiy tilga olinadi. Makedoniyalik Iskandar haqidagi ertaklar, Vergiliyning «Eneida» poemasi kabi asarlardan o'rganish, foydalanish asosida dastlabki ritsar roman va qissalari vujudga keladi. qahramonlik eposlari xususida muhokama yuritilganda Farb va Sharq xalqlari ijodi o'rtasida bazi bir yaqinlik va o'xshash syujetlar mavjudligi o'sha davr xalqlarining malum bir taraqqiyot bosqichida yashab, kelajak haqidagi orzularining mushtarakligi bilan izohlanadi. fransuz qahramonlik eposi fransuz poeziyasining ilk namunalari mehnat, jangovar yurish, maishiy hayot masalalariga bag'ishlangan qo'shiqlar shaklida paydo bo'lgan. Xalq hayotining alohida voqealarini gavdalantirgan bunday qo'shiqlardan epik dostonlar yaratilgan. Bunday dostonlarda xalq hayoti, orzu-umidlari ifodalangan. Epik poeziyaning ijobiy qahramonlari mard, jasur va sog'lom, saxiy, mazlumlarga yordam berish va vatan uchun jonini fido qilishga tayyor turgan kishilar qilib ko'rsatilgan. «Roland haqida qo'shiq» fransuz qahramonlik eposi 4002 misradan iborat bo'lib, unda Frantsuya yagona bir davlat sifatida qadrlanadi, uning imperatori Karl, «aziz Fransiya» uchun jon fido qilgan Roland ulug'lanadi. «qo'shiq»da voqealarning xalq eposiga xos tarzda mubolag'a bilan berilishi. Rolandning vatanparvarligi. «Roland haqida qo'shiq» chuqur insoniy tuyg'ular, do'stlikni o'zida mujassamlashtirgan badiiy yodgorlik namunasidir. Asarda harbiy qahramonlikning kuylanishi. Ispan xalqining qahramonlik eposi shu jumladan, «Sid haqida qo'shiq» o'rta asrlardagi Farbiy Ovro'po qahramonlik eposidan farq qiladi, yani ispan qahramonlik eposida xushchaqchaqlik ustun turadi. «Nibelunglar haqida qo'shiq» nemis qahramonlik eposi mahsuli bo'lib, qadimgi ertakning bir turidir. Unda realizm va xalqchillik elementlari bo'lib, ijobiy obrazlar tasviri va talqinida ko'rinadi. «Nibelunglar haqida qo'shiq» bilan o'zbek xalqining qahramonlik eposi «Alpomish» o'rtasidagi o'xshashliklar har ikki asar qahramonlarining xulqida, shiddatkorligida, qudratida ko'rinadi. Alpomishning «o'tda kuymasligi»ga nemis pahlavoni Zikfrid o'xshasa, Barchin bilan Bryunxildalar o'z oshiqlari oldiga shart qo'yishlari bilan o'xshash. Lekin har ikki asar qahramonlarining taqdiri o'xshamaydi. Agar Barchinning shartlarini bajarib Alpomish unga erishgan bo'lsa, nemis pahlavoni fojeali halok bo'ladi. XII-XII asrlarga kelib salb yurishlari, shaharlar mavqeining o'sishi davrida ritsarlik madaniyati rivojlandi. Ritsar adabiyoti o'rta asrlarda Fransiyada paydo bo'lgan va Farbiy Ovro'poning boshqa mamlakatlarida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 77.25 KB
Ko'rishlar soni 168 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:49 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 77.25 KB
Ko'rishlar soni 168 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga