Yozuvchining niyati va badiiy obraz (Odil Yoqubovning Ulug'bek xazinasi romani asosida)

Yozuvchining niyati va badiiy obraz (Odil Yoqubovning Ulug'bek xazinasi romani asosida)

O'quvchilarga / Adabiyot
Yozuvchining niyati va badiiy obraz (Odil Yoqubovning Ulug'bek xazinasi romani asosida) - rasmi

Material tavsifi

Yozuvchining niyati va badiiy obraz (Odil Yoqubovning Ulug'bek xazinasi romani asosida ) Reja: Ulug'bek xazinasi romanining yaratilish tarixi. Ulug'bek xazinasi romanidagi tarixiy va to'qima obrazlar. Asarda Amir Temur siymosi. Ulug'bek xazinasi romanidagi uchta podshohning adabiy tipi. Ulug'bek xazinasi romanining yaratilish tarixi shuni ko'rsatadiki, badiiy jarayonning ibtidosi hayot haqiqatini bevosita o'rganishdan boshlanadi, ya'ni hayotiy voqelik haqidagi ilk axborot adib ongida obrazli tafakkurni uyg'otadi. Obrazli tafakkur bois ijodiy niyat tug'iladi. Ijodiy niyat tug'ilishi bilan badiiy to'qima ishga tushib, syujetga asos bo'ladigan manzaralar va ularda faoliyat ko'rsatuvchi obrazlar yozuvchi ongida shakllana boshlaydi. Ana shu ijodiy jarayonning mohiyati haqida yozuvchining o'zi shunday hikoya qiladi: Ba'zan tafakkur otining o'rnidan jilish uchun yengil turtkining o'zi yetarlidir. Bir vaqtlar gazetada Ulug'bekning fojiali o'limidan keyin izsiz yo'qolgan mashhur Ulug'bek kutubxonasi to'g'risidagi kichik bir maqolani o'qigandim. Unda bu kitoblar Ulug'bekning qotillari tomonidan yo'q qilib yuborilmaganligi, balki uning shogirdlari tomonidan Samarqanddan olib chiqib ketilib, Urgut tog'lariga yoki bo'lmasa, Shahrizabz yaqinidagi bir g'orga yashirilganligi taxmin qilingandi. Maqola talay o'quvchilarda fikr uyg'otdi, yangi dalillar keltirildi, turli afsonalar naql qilindi. Ba'zi xatlarning mualliflari hatto kitoblar ko'milgan joyning ehtimolga yaqin o'rnini ham keltirishdi. Ulkan kutubxona (taxminan 15 ming jilddan iborat, bu o'sha davr uchun hayratomuz raqam) ning izsiz yo'qolishi mumkin emasligi haqidagi fikrning o'zi anchayin asosli ko'rinar tasavvurni asoslardi. Respublika Fanlar akademiyasi kutubxonani izlab topish uchun kichik ekspeditsiya hozirladi, talay fidoiylar ham topildi. Mening ongimda esa sarguzasht qissa tug'ila boshladi. Men halitdan kutubxonani qutqarib qolish maqsadida Ulug'bek shogirdlarining bu yerga yashirincha kirib kelishlarini ko'rardim saroy to'polonlari, dovyurak yigitlar ortidan uyushtirilgan quv-quvlarni tasavvur qilardim, otlar dupuri va qilichlar jarangi eshitilardi. Imkoni boricha tarixiy materiallarni o'rganib, Samarqandga yo'l oldim. Go'ri Amir va Ulug'bek madrasalarining g'ira-shira, nim qorong'u yo'laklarida kezdim, atoqli riyoziyotchi Qozizoda Rumiy va Ulug'bek navjuvon talabalariga saboq aytgan mashhur madrasaning ulkan yarim vayrona xonasida o'yga cho'mdim. Necha daf'a buyuk rasadxona xarobalarida titroq va hayajon bilan ko'zdan kechirdim. Endi meni Ulug'bek obrazi - uning yuzi, sa'yi harakati muttasil ta'qib qilardi. Koinot sirlarini anglab yetgan bu buyuk inson nechun o'zini butun borlig'i ila ilmga bahsh etmadi? Toju taxt uchun kurash naqadar behuda ishligini nega tushunib yetmadi? - degan va keyinchalik kitobda Ali Qushchi tomonidan bayon qilingan fikrlar hol jonimga qo'ymasdi. Sarguzasht qissa haqidagi fikrdan voz kechib, katta tarixiy polotno ustida o'ylay boshladim. Yozuvchi idrokida Ulug'bek kutubxonasi bilan bog'liq bo'lgan ijodiy fikrning tug'ilishi va uning takomili, adib badiiy niyatini hayajonga keltirgan turli-tuman kechinma va tuyg'ularning yagona va umumiy bir hisga qo'shilib ketishi natijasida sarguzasht qissaga daxldor bo'lgan badiiy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 84.05 KB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:49 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 84.05 KB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga