Yusuf Saryomiy badiyati, vazni va qofiyasi Reja: Yusuf Saryomiy she'riyati va unda badiiy tasvir vositalari. Yusuf Saryomiy ijodida badiiy san'atlar Shoir asarlarida tazod, iyhom, tasbig', tavze', tasdir, o'xshatish va e'not san'ati Saryomiy lirikasida radifli g'azallar. Yusuf Saryomiy badiiy tasvir vositalari va she'riy vaznlardan foydalanishda ham o'z badiiy mahoratini yorqin namoyish eta olgan shoirdir. Shoir lirikadagi turli xil badiiy murakkablik va shaklbozlikka zid ravishda g'azallarining badiiy sodda, samimiy va tabiiyligi uchun kurashadi. Bu borada A.Rustamovning «badiiy asarda haqiqat ham, uning ifoda vositalari ham badiiy tus oladi» degan fikri o'rinlidir. Shuningdek, Sharq poetikasining «fikrni ravon va nafis ifodalash yo'llari va vositalari, badiiy san'atning (priyomlar, vositalar) turlari hamda xususiyatlari kabi muhim masalalarini o'z ichiga oluvchi» sohasi bo'lmish ilmi bade' Saryomiy lirikasida o'zining chiroyli ifodasini topgandir. Biz bu yerda asosan shoir ijodidagi ilmi bade'ning, she'riy san'atning ma'nosi bilan bog'liq bo'lgan guruhi ma'naviy san'atlarga to'xtalamiz. Saryomiy ilmi bade'ning she'riy fikrlarga qanot bag'ishlaydigan, mazmunni ta'sirli qiladigan, fikrni bo'rttirib, ohangdorlikni kuchaytiradigan tazod, iyhom, tajohul-ul-orif, tajnis, tavze', ta'dil, tasbih, takrir, istixroj, iltizom va boshqa shu kabi ko'plab an'anaviy usullardan o'z ijodida mahorat bilan foydalangan. Fikrimizning dalili uchun Saryomiy she'riyatida qo'llanilgan badiiy san'atning eng muhim turlariga to'xtab o'tamiz va shoir ijodidan ularga xarakterli misollar keltiramiz. Badiiy vositalar ichida iyhom san'ati o'ziga xos murakkabligi bilan ajralib turadi. Atoulloh Husayniy bu san'atga shunday ta'rif beradi: «Ul andin iboratturkim, kalomda bir lafz keltirurlarkim, andin ikki ma'no anglashilur, bir ma'nosining anglami yaqin, ikkinchisining anglami yiroq bo'lur va murod anglami uzoq ma'no bo'lub, aning yashirin ma'nodoshig'a, xoh o'shul kalomda bo'lsun, xoh andin tashqarida bo'lsun, tayanilur». Mazkur san'at shoirdan katta mahorat, o'quvchidan esa ziyraklik talab qiladi. Shuningdek, Saryomiy ham o'z asarlarida bu san'atdan ko'p va mohirona foydalangan. Abdulxalil qorii ilmi adab panoh, Diydamg'a xayri maqdaming, ey mond, hoyi roh. Sharqi sipehr fazlida to banda misli mehr, G'arbi kamol avjida monandi badru moh. (123-b.) Bu baytda «shafqat», «lutf» ma'nosidagi «mehr» bilan «quyosh» ma'nosidagi «mehr» bir joyda berilgan. Natijada shoir bir necha baytda berilishi kerak bo'lgan fikrni bir baytda ifodalab beradi. Quyidagi baytda ham «bemehr» ikki (shafqatsiz va quyoshsiz) shakldosh so'zni o'z ichiga olgan: Bemehrlar xayoli ko'zdin yubordi uyqu, Chun zarri oni istab hargiz qaror topmay. (81-b.) Saryomiy foydalangan muhim san'atlardan yana biri tazoddir. Tazod san'atida shoir zid ma'noli so'zlardan foydalanadi. Lekin misollarga qaraganda, tazod faqat so'z ma'nosi bilangina chegaralanmasdan, vasf qilinayotgan hodisa va narsalarni ham o'z ichiga oladi. Saryomiy bu san'at turini mukammal egallagan bo'lib, bu holatni quyidagi g'azalda ham ko'rish mumkin: Visoli jannatig'a doxil aylab ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:26:00
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
500.77 KB
Ko'rishlar soni
76 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:49
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
500.77 KB
Ko'rishlar soni
76 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:49 ]
Arxiv ichida: doc