Yusuf Saryomiy hayoti va ijodi (1845-1912 YIL) Reja: Saryomiyning hayoti va ijodining o'rganilishi. Saryomiyning hayot yo'li. Shoirning ijodiy merosi. Saryomiy satirasi. Saryomiyning o'zbek adabiyoti tutgan o'rni. Yusuf Saryomiy hayoti va ijodi haqida dastlabki ilmiy ma'lumot Murodxo'ja Solihxo'ja o'g'lining «Tarixi jadidai Toshkand» asariga Muhammad Solih Qoraxo'ja o'g'li tomonidan yozilgan izohli ilovasida, Po'latjon Qayumiyning tazkirasida, Mo'minjon Toshqinning «Toshkent shoirlari…» kitobida uchraydi. Mazkur mo'tabar manbalardagi ma'lumotlar shoir hayoti va ijodini o'rganishdagi dastlabki qadamlar hisoblanadi. Keyinchalik Saryomiy ijodi haqida ma'lumotlar to'plash va baholash bilan birga uni ommaga yetkazish harakatlari boshlandi va bu yo'lda birmuncha jiddiy ishlar amalga oshdi. O'zbekiston Fanlar Akademiyasining muxbir a'zosi Olim Sharafiddinovning hamda e'tiborli olim A.Abdug'ofurovning bu boradagi xizmatlarini alohida qayd etamiz. Saryomiy ijodiga munosabat turli davrlarda turlicha kechdi. 70-yillarda hukmronlik qilgan sotsialistik mafkura shoirning dunyoqarashi, adabiyotimiz tarixidagi o'rni haqida bir-birini inkor etuvchi fikrlarni paydo qildi. 80-90-yillarda adabiyot tarixi bilan bog'liq bahsli, muhmal tashlab qo'yilgan masalalar davrga hamohang ravishda qayta ko'rib chiqila boshlandi. Bu hol ko'p ijodkorlar qatorida Saryomiy ijodiga ham tegishli bo'ldi, albatta. Shoir hayoti va merosi uning ijodida muhim ahamiyat kasb etgan tasavvuf bilan bog'lab o'rganila boshlandi. Bu borada S.Zufarov, E.Shodiyev, B.Valiyev, B.Qosimov kabi olimlarimizning e'tiboriga molik maqolalari matbuot yuzini ko'rdi. Mazkur qilingan ishlar mavzuni keng yoritish jihatidan o'z o'rniga va ma'lum bir ilmiy ahamiyatga ega bo'lsalar-da, Saryomiy hayoti va ijodini yoritishni maqsad qilib qo'ymaganliklari uchun adib ijodining ayrim qirralarigagina to'xtab o'tadilar. Adabiyotshunoslik ilmimizda Yusuf Saryomiyning hayot yo'li, ijodiy faoliyatini yahlit ravishda 199 yilda M.Tojiboyeva tomonidan o'rganildi, «Yusuf Saryomiy hayoti va ijodiy merosi» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yozdi. Nihoyat, shoir ijodini ommalashtirish jiddiy tus olib, 2002 yili turkiy tildagi she'rlar majmuasi Yusuf Saryomiy. Tanlangan asarlar nomi bilan Ma'naviyat nashriyotida chop etildi. 2005 yilda esa adabiyotshunos M.Tojiboyevaning shoir hayoti va ijodini yorituvchi Yusuf Saryomiy hayoti va ijodi monografiyasi nashr etildi. Bu bilan shoir hayoti va ijodini xalqqa tanitish, ilmiy muomalaga olib kirish va adabiyotdagi o'rnini belgilash imkoni yaratildi. Yusuf Saryomiy hali hayot vaqtidayoq keng xalq ommasi orasida tanilgan va uning ijodiga bo'lgan e'tibor kuchaygan edi. Buning natijasi o'laroq, uning asarlari o'sha davrda tuzilgan qo'lyozma va toshbosma bayoz-majmualarga («Bayoz» (1893), «Bayoz» (1907), «Armug'oni Xislat» (1911), «Bayozi Muhallo» (1912), «Bayozi Gulshani ash'or» (1912), «Bayozi Haziniy» (1912) kiritiladi. Shu jihatdan mazkur bayozlarga Saryomiy ijodiy merosini to'plash va muxlislarga yetkazish, Saryomiy ijodiga bo'lgan e'tibor uning vafoti (1912-1913) dan keyin birmuncha ortdi. 1914 yilda shoir Tavallo Saryomiy asaarlarini yig'ib, «Devoni Mavlaviy Yusuf Saryomiy» deb nomlangan majmua tuzdi. Bu shoir ijodiy merosini o'rganishda asosiy va yagona manbadir. ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:26:00
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
42.98 KB
Ko'rishlar soni
129 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:49
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
42.98 KB
Ko'rishlar soni
129 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:49 ]
Arxiv ichida: doc