Yusuf Saryomiy she'riyati

Yusuf Saryomiy she'riyati

O'quvchilarga / Adabiyot
Yusuf Saryomiy she'riyati - rasmi

Material tavsifi

Yusuf Saryomiy she'riyati Режа: Мавлавий Сарёмий лирикаси Юсуф Сарёмий шеъриятида тасаввуф талқини. Юсуф Сарёмий ижодининг ғоявий йўналиши. Сарёмий шеъриятида ишқ-муҳаббат мавзуси. Адибнинг ҳажвий асарлари. Lirik asar asosida shoirning hayotdan olgan taassuroti yotadi. Shoir o'z shaxsini birinchi o'rinda tutgan holda, hayotdagi biror hodisani o'zining ichki kechinmalari orqali ifoda etadi. Ana shu hodisa tufayli shoir qalbida kechgan tuyg'ular va ularning ta'sir qudrati namoyon bo'ladi. Saryomiy ijodida mavzular ko'lami keng. Bizga qoldirgan merosida vatan, do'stlik mavzusidagi g'azallar, odob-axloqni yorituvchi so'zonli satrlar talaygina. Biroq, u misralarning zamirida tasavvufiy ruh va so'fiyona mazmun barq urib turadi. Mavlaviy Saryomiy lirikasi mohiyat e'tibori va obrazlar olamiga ko'ra badiiyati, mazmun, g'oya va ruhiy ta'sir kuchi jihatidan «Sharq xalqlari tafakkuri tarixida chuqur ildiz otgan tasavvuf ta'limotining» (N.Komilov) taraqqiyotida salmoqli hissalarini qo'shgan Lutfiy, Gadoiy, Navoiy, Bobur singari shoirlarimiz g'azaliyotiga yaqindir. Shu bois, biz bu shoirlar qatorida Yusuf Saryomiyning ijodiy tajribalari tasavvufiy maslakdan butunlay ajralmaganligini e'tirof etamiz. To'g'ri, Saryomiydagi tasavvuf Mashrab, Huvaydo asarlaridagi singari bo'rtib turmaydi. Undagi tasavvuf talqini ancha jo'n. Bu jihatdan shoir So'fi Olloyorga, undan ham ko'ra Yassaviyga yaqin turadi. Saryomiy ijodidagi tasavvuf unsurlari haqida gap ketganda buni hisobga olmoq kerak. Zero, tasavvufiy she'riyat - insonning ilohiy-ruhiy hayotini, nafsni qoralash va uni yengish yo'lidagi murakkab holatlarini, Haq sari talpinish va ruhoniy yuksalish mashaqqatlarini chuqur tadqiq qilgan she'riyat. Biz tasavvuf ta'limotini yaxshi bilmay turib, Atoiy, Gadoiy, Navoiy, Bobur kabi Saryomiy dunyoqarashi va adabiy merosini ham barcha murakkabliklari, falsafiy teranligi bilan to'liq holda to'g'ri, haqqoniy yoritib berishimiz mushkul. YE.E.Bertels ham musulmon Sharqi madaniy hayoti haqida yorqin tasavvur hosil qilish uchun tasavvuf adabiyotini chuqur tadqiq etish zarurligini ta'kidlaydi. Tasavvufshunos olimlar uni to'rt asos - husni mutlaqni tanish, uning sifat va af'olini bilish, nafs va uning sifatlarini to'liq idrok qilish va dunyo makrlaridan ogoh, vasvasalaridan forig' bo'lishdan tarkib topgan deb biladilar. Naql qilinishicha, bir zot Hazrati Muhammad payg'ambar yoniga kelib, «Ey Allohning rasuli, din nimadur?»- deya so'raganda, payg'ambar «Din go'zal axloqdur»- deya javob beribdilar. Savol bergan kishi payg'ambarning o'ng yoniga o'tib yana «Ey Allohning rasuli, Din nedur?»- deb so'rabdi. Payg'ambar esa: «Din go'zal axloqdur»,- debdilar. So'ng haligi kishi payg'ambarning orqasiga o'tib, «Ey Allohning rasuli, din nimadur?»- deganda payg'ambar: «Anglamasmusan, din g'azablanmaslikdur»,-degan ekanlar. Ayni shunga monand nuqtai nazar, ya'ni tasavvufni komil axloq deb, nafsni uning dushmani deb bilish ko'p tariqat vakillari o'rtasida, shuningdek, naqshband tariqatida ham tarmoq otgan axloqiy sifatlardan. «Tasavvuf nima?» degan savolga aytadilar: «Tasavvuf - nafs lazzatlaridan voz kechishdir, tasavvuf-rusum ham emas, umum tarzi ham emas, balki yaxshi axloqdir». Yoki Shayx safiy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 119.42 KB
Ko'rishlar soni 80 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:49 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 119.42 KB
Ko'rishlar soni 80 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga