Zafar Diyor va Shukur Sa'dulla ijodi

Zafar Diyor va Shukur Sa'dulla ijodi

O'quvchilarga / Adabiyot
Zafar Diyor va Shukur Sa'dulla ijodi - rasmi

Material tavsifi

Zafar Diyor va Shukur Sa'dulla ijodi Reja: 1.Zafar Diyorning hayoti va ijodi. 2. Zafar Diyor ijodida ilgari urilgan g'oyalar. 3. Zafar Diyorning she'riy asarlarida inson va tabiat o'rtasidagi munosabatlarning ifodalanishi. 4.Shukur Sa'dulla hayoti va ijodi. 5.Sh.Sa'dulla ijodida hayotiy voqealarning haqqoniy badiiy tasviri. 6.Janr rang-barangligi va badiiy xususiyatlari. 7.Obrazlari talqini, tarbiyaviyligi, hayotiyligi. 8.Xulosa. ZAFAR DIYOR (1912-1946) Bolalarning jo'shqin kuychilaridan biri Zafar Diyor 1912-yilda Namangan viloyatining hozirgi Chust tumani, Samsoqtepa qishlog'ida kambag'al dehqon oilasida tug'ildi. 1916-yilda Zafarlar oilasi Toshkent shahriga ko'chib keladi. Zafarning otasi dalada, onasi esa bosmaxonada mehnat qiladilar. 1927-yilda Zafar to'liqsiz o'rta maktabni bitiradi va Samarqanddagi Narimonov nomli pedagogika texnikumiga o'qishga kiradi. Texnikumda ko'proq ilm-fan sirlaridan bahramand bo'lishga harakat qiladi. Uning dastlabki she'riy mashqlari shu bilim yurti devoriy ro'znomasi sahifalarida ko'rina boshlaydi. Yigirmanchi yillar oxiri va o'ttizinchi yillar boshlarida uning yoshlar gazeta va jurnallarida ilk she'rlari Chop etila boshlandi. Zafar Diyorning birinchi she'ri yosh shoirlarning Qurilish kuylari degan to'plamida bosilib chiqdi. Ko'p o'tmay, uning birinchi she'rlar to'plami ham Qo'shiqlar nomi bilan 1933- yilda nashr etildi. Yosh shoir 1933-yilda bilim yurtini muvaffaqiyatli bitirgach, o'qituvchi bo'lib ishlay boshladi. Bu xol uning maktab va bolalar hayoti bilan yaqindan tanishishida, yosh avlod hayoti haqida yozadigan asarlarining hayotiy, puxta bo'lishida ijobiy rol' o'ynaydi. Uning bunday ruhdagi she'r, hikoya va ocherklari 1928-yildan boshlab matbuot sahifalarida tez-tez bosilib turdi. 1934 -yilda Zafar Diyor Samarqanddan Toshkentga qaytadi va hozirgi Tong yulduzi gazetasida adabiy xodim, keyinroq ro'znomaning mas'ul kotibi bo'lib ishlaydi. Shu bilan birga u hozirgi Toshkent davlat pedagogika universitetining til va adabiyot fakul'tetiga kirib, o'qishni davom ettiradi. O'zbek hamda qardosh xalqlar yozuvchilarining asarlarini qunt bilan o'rganadi. Zafar Diyor kichkintoylar uchun she'rlar yozar ekan, izlanish, o'qish, o'rganish zarurligini dildan his etadi. Bolalar uchun asar yozishni men o'zim uchun juda qiyin va mas'uliyatli vazifa deb bilaman. Bu mas'uliyatli vazifaning uddasidan chiqish uchun tinmay ijodiy izlanishdaman. O'sha yillari gazetada Zafar Diyor bilan birga ishlagan yozuvchi Hakim Nazir o'z esdaliklarida shunday yozadi: Men Zafarni o'ylasam uni nuqul shod-hurram bolalar qurshovida, quvnoq chehrasidan nur taralib, sertabassum lablaridan she'r durdonalari taralayotganday ko'raman. Chindanam u bolalarga juda yaqin edi. Maktablar va bolalar uylarida, kutubxona va bog'chalarda bot-bot bo'lar, yosh kitobxonlarga yangi-yangi she'rlarini bolalarcha muloyim, sodda, shirali ovoz bilan o'qib berar, ayrim she'rlarini yoddan juda o'xshatib deklamatsiya qilar, bolalarga ham she'r o'qitib eshitardi. Shunda u o'zining qaysi she'rlari bilan bolalar ko'rigidan yaxshi o'tganini, qaysi she'rini ko'proq sevib qolganlarini ko'rar, bolalarga yoqtirish uchun qanday she'rlar yozish lozimligini faxmlab olardi. Biz bolalarga nuqul o'rgatibgina qolmay, ulardan o'rganib ham ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, doc
Fayl hajmi 46.77 KB
Ko'rishlar soni 134 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:50 Arxiv ichida: zip, doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, doc
Fayl hajmi 46.77 KB
Ko'rishlar soni 134 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: zip, doc
Tepaga