Zebi, Zebi, Zebona

Zebi, Zebi, Zebona

O'quvchilarga / Adabiyot
Zebi, Zebi, Zebona - rasmi

Material tavsifi

Zebi, Zebi, Zebona Muloyim qo'llarda ivib, suvga aylangandan keyin go'zal ko'zlarning supasida yonboshlashni muncha yaxshi ko'rar ekan bu ko'kat- sezasizmi, adib o'sma bo'lib yaralmaganiga o'kinayotganday, o'kinchini sizga-da yuqtirayotganday; ko'z ustiga degan ibora bizda rasm emas-u, birodarlarimiz tojiklarning ba chashmisi - e'zozning yuksak ifodasi! Adib o'sma bo'lib yaralmaganiga o'kinmoqda, dedik, voh! - niyat ketgan ekan: o'smaday ezg'ilandi-ya inshoolloh, endi ko'z ustiga ham chiqar Har yil keladigan bahor sevinchi yana ko'ngullarni qitiqlay boshladi. Yana tabiatning dildiragan tanlariga iliq qon yugurdi- roman boshlanishidagi lirik tabiat lavhasidanoq Cho'lpon-shoir bo'y berib turadi: ko'nglingizni qitiqlab zavqlantirmoq bo'ladi sizni. Boshdanoq sizni go'zallikka oshufta etib, ko'nglingizda ajib bir iliqlik paydo qilgachgina o'zining suyuklisi - Zebini ro'baro' qiladi sizga. Zebiday farishtani yaratib qo'yib, unga yana samimiy-beg'araz munosabatda bo'lish osonmas - shaydo ko'ngilgina uhdasidan chiqadi buning! Adib Zebini tasvirlarkan, so'zlaridan hayratga yo'g'rilgan mehr ufurib turadi Uzoq yo'lga otlanishi kerak bo'lgan o'rtog'ini kutdirib qo'ygani, ustiga-ustak o'zining tashvishi bilan bo'lib mehmonini unutganidan Zebi hijolatda, o'rtog'ini uzr aytib qarshi oldi: - O'rtoqjon, otam ovradda o'tirib qoldi shekilli, shunaqa odati bor. Endiyoq kirib kelsa kerak. Xafa bo'lmang-a? Qizning andisha to'la nigohini tuyasiz, gaplarini eshitganday bo'lasiz, Nahot sizdan-da xafa bo'lish mumkin? degan xayolda o'tirganingizda, adib Xafa bo'lmang-a? deb turganida Zebining yuzini ko'rish kerak edi!-deb qoladi. Alam qilib ketadi sizga, adib esa ayni shuni istaganday, men ko'rdim, siz esa-yo'q! demoqchiday. Basma-basiga Zebini bir ko'rish istagida yonasiz, ne tongkim, adib uning qiyofasini chizmagan: siyrat bor-u, surat yo'q! Quvlikni ilg'amaysiz-da, Zebini ko'z oldingizga keltirishga tirishasiz. Kimdir bir umrlik armoni - ilk sevgisini, kimdir xayolida ardoqlab, uchratishini orziqib kutgani malakni qo'yadi uning o'rniga: Bir qo'lida supurgi, bir qo'li tizzasida, supurgi ham yerdan uzib olingan emas, faqat bosh yuqori ko'tarilganu - butun vujud sizning ixtiyoringizda! - entikib ketasiz, Zebi yana ham qadrdonroq ko'rinadi ko'zingizga, vujudingizning bir qismiga aylanadi - yuqtirish san'ati o'z ishini qiladi. O'zingiz sezmagan holda qahramon olamiga kirib qolasiz, endi uning hech bir harakati nigohingizdan qochib qutulmaydi. Ana, Zebi go'yo Salti bilan gaplashayotibdi-yu, ko'z qiri otasida: Enam avray olarmikan? Otam ko'narmikan? - ko'nglida qildekkina umidi boru, o'zi shuning ustida turibdi tilida otasidan noliydi-yu, dilida unga yolvoradi. Shu mahal Salti kulib yubordi: essizgina, otasi endigina hovridan tushib, yuborsammi, yo'qmi deya o'yga ketgandi-ya - Voy anavi qizni! Yana beshbattar qilasiz ishni! Bu hitobda o'pka-gina ham, o'kinch ham, yo'qqa chiqishga kelgan umid armoni va ham uning hosilasi sifatida to'kilmoqqa har dam shay ikki tomchi yosh ham qo'ying-chi - hammasidan bor! Zebining Saltiga boqqan tubsiz ko'zlarida, chimirilgan qoshlarida ko'rasiz bularni latofatidan sehrlanasiz. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, doc
Fayl hajmi 482.76 KB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:51 Arxiv ichida: zip, doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, doc
Fayl hajmi 482.76 KB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: zip, doc
Tepaga