Ziyolilik jurnalist kasb-odobining negizi sifatida Qobusnomada shunday so'zlarni o'qiymiz: ―barcha hunardin so'z hunari yaxshiroqdir, nedinkim, hamma mahluqotdin odam yaxshiroq yaraldi va o'zga jonivorlardin odam o'n daraja yaxshiroqdir va bu o'n daraja odamning badanida hamisha bordir Tilingni yaxshi hunar bila o'rgatgil va muloyim so'zdin boshqa narsani odat qilmag'il. Nedinkim, tilga har nechuk so'zni o'rgatsang, shuni aytur, so'zni o'z joyida ishlatg'il, ammo noo'rin ishlatilsa, garchand u har nechuk yaxshi so'z bo'lsa ham yomon, nobop eshitilur. Shuning uchun behuda so'zlamag'ilki, foydasizdur‖ (Kaykovus. Qobusnoma.T.: O'qituvchi, 2011. 38 bet.) X1 asrda yaratilgan Qobusnomaning sahifalarida keltirilgan ushbu so'zlar X1X asrimizda ham o'z ahamiyatini yo'qotmagan. Bevosita jurnalistika sohasiga ham taalluqli bo'lgan bu fikrlar kasbiy axloq me'yorlari qanchalik inson tariyasi, madaniyati va ilmiga bog'liqligini ko'rsatadi. Inson kasbidan qatiy nazar madaniyatli va ma'rifatli bo'lishga intilib kelgan. Boisi, ma'rifatli va madaniyatli inson farovon va baxtli hayot kechirishi amalda isbotlangan hodisadir. Jamiyatda odamlar tanigan, hurmat qilgan va sevgan shaxslar borki, ular o'z bilimlari va insoniy fazilatlari bilan el-yurt hurmatiga sazovor bo'lib kelganlar. Jurnalist kasb odobi haqida gap ketar ekan, jurnalist jamiyatning quyi va yuqori bo'g'inlarida muntazam faoliyat yuritishini yodda tutib, quyidagi tartibda uning kasb odobi uchun muhim bo'lgan omillar haqida so'zlashamiz. Jurnalist aslida kim va qanday vazifani bajaradi? - U aholiga jamiyatdagi muhim axborotlarni o'z vaqtida etkazuvchi, ma'lumotlarni xolis tahlil etuvchi va mutaxassislarning fikrini o'rgangan holda xalqning to'g'ri axborot olishida adashmasligini ta'minlab boruvchi shaxs. Jurnalist o'z faoliyati davomida kimlar bilan uchrashadi va qanday holatlarga duch keladi? - U jamiyatdagi barcha oliy va quyi tabaqa vakillari bilan uchrashadi, ulardan axborot oladi, ularning manfatlarini himoya qiladi. Bu vaziyatda u maqsadga erishish uchun turli to'siqlar, qarshiliklar va aldovlarga duch kelishi tabiiy. Jurnalist uchun xalq dardi har qanday shaxsiy manfaatdan ustun. So'z erkinligi tushunchasi jurnalist uchun qanday manoga ega? - Jurnalistning so'z erkinligi haqiqatni aytishi va haqiqatni aniqlashiga qaratilgan. Vijdon tushunchasi jurnalist uchun qanday ahamiyatga ega? - Kishining kasbidan qatiy nazar qanday inson ekanligini namoyish etuvchi xususiyat uning vijdonli shaxs ekanligi bilan bog'liqdir, shu jumladan jurnalistning ham. ma'lumotning aniq manbasini bilmay va muhim ahamiyatga ega ekanligini sezmay turib tarqatishga shoshilmang. Zarur axborotlarni yoritishda albatta kamida ikkita xolis fikrni ham ilova qilib o'ting. Toki, siz etkazayotgan to'g'ri ma'lumot boshqalar tomonidan buzilmasin va aniq holda manzilga etsin. Uchrashmoqchi bo'lgan shaxs haqida kerakli ma'lumotlarning ijobiylarini tanlab eslab qoling, salbiy ma'lumotlarni unuting. Borgan joyingizda sizni qanday qarshi olishlaridan qatiy nazar o'sha shaxs va unga tegishli g'ayritabiiy axborotlarni eng yaqinlaringizdan ham yashiring, faqat siz guvohi bo'lgan hodisadan boshqalar ogoh bo'lmasliklariga ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:26:00
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.98 KB
Ko'rishlar soni
121 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:51
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.98 KB
Ko'rishlar soni
121 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:51 ]
Arxiv ichida: doc