(1858-1909 YIL) Reja: Furqatning ijodiy hayot yo'lini o'rganish tarixi. Shoirning hayot yo'li. Furqat Toshkentda. Furqatning chet ellardagi hayoti. Furqat ijodiy merosi: ishqiy lirika; ijtimoiy-falsafiy o'ylar aks etgan asarlar; inson erki va g'urbat ohangi ifodalangan asarlar. XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning boshlarida o'zbek adabiyotining taniqli vakillaridan biri Zokirjon Xolmuhammad o'g'li Furqat ijodiyoti uning tirikligidayoq matbuot sahifalarida, bayozlarda ko'rindi. Bu borada «Turkiston viloyatining gazeti»da bir necha marta 1889, 1890, 1891 yilgi sonlarida e'lon qilindi. Uning hayot yo'li ham shu gazetada «Qo'qonlik shoir Zokirjon Furqatning ahvoloti» nomi bilan o'zbek-rus tillarida chop etildi. Rus olimlaridan A.Samaylovich 1809 yilda Peterburgda chiqadigan rus arxeologik jamiyatni Sharq bo'limining to'plamida Furqat haqida ma'lumotlar beradi. Asrimizning 30-yillarida Furqat va uning asarlari haqidagi ma'lumotlar maktab darsliklariga kiritiladi. 1939 yilda esa «Guliston» jurnalida shoir asarlaridan namunalar berildi. Shu yili adabiyotshunos Holid Rasulning «Furqat» nomli maqolasi e'lon qilindi. Shundan so'ng har 10 yillikda furqatshunoslik yangi-yangi yutuqlarni qo'lga kirita bordi. 1954 yilda H.Rasulning «Zokirjon Furqat» nomli monografiyasi, «Furqat - ma'rifatparvar demokrat shoir» nomli kitoblari nashr etildi. Furqat tug'ilganiga yuz yil to'lishi munosabati bilan qator maqolalar yaratildi, chop etildi. Aynan mana shu davrda shoir ijodiyotini o'rganish borasida katta ishlar amalga oshirildi. G'.G'ulom, M.Shayxzoda, S.Abdulla, V.Zohidov, I.Sultonov, A.Qayumov, H.Zaripov va boshqalarning maqolalari diqqatga sazovor bo'ldi. Furqatshunoslik maktabini yaratishda professorlar A.Abdug'afurov, Sh.Yusupov, N.Jabborov kabi olimlarimizning xizmatlari alohida e'tiborga molik. Eng muhimi, shoir ijodini o'rganish va tadqiq etish istiqloldan keyin tamomila yangicha bosqichga ko'tarildi. Jumladan, bu borada Sh.Yusupovning O'zbek ma'rifatparvarlik adabiyoti va Furqat nomli uslubiy qo'llanmasi, N.Jabborovning Furqat asarlarining qo'lyozma manbalari mavzuidagi nomzodlik dissertatsiyasi, Sh. Rizayevning Furqat birinchi o'zbek teatr tanqidchisi - san'atshunosligini talqin qiluvchi Jadid dramasi asarini e'tirof etamiz. Zokirjon Xolmuhammad o'g'li 1859 yilda Qo'qon shahrida mayda savdogar oilasida tug'ildi. Zokirjonning otasi Xolmuhammad zamonasining ziyoli kishilaridan bo'lgan, shuning uchun ham farzandining o'qishiga jiddiy e'tibor qaratadi. Zokirjon 7 yoshga to'lganda, otasi uni Muhammad Olim ismli maktabdorga shogirdlikka beradi. Talabchan ota farzandini yaxshi o'qitishini talab qilib Zokirjon maktabga kelmasa yo kelib darsni o'qimasa tanbih qilg'aysiz, eti sizniki, ustoxoni meniki,- deydi. Zehni o'tkir Zokirjon tez kunda mayda suralarni yod olib, so'ng taxtaga (alifbe o'rganishga) tushadi. Olti oy ichida haftiyakni tamomlab, Qur'onga tushadi, Qur'oni karim xatmidan so'ng Chor kitob mutolaasi bilan mashg'ul bo'ladi, xatlar mashq qiladi. 8 yoshida buyuk shoir Farididdin Attorning Mantiqut-tayr asarini 6 oy ichida o'qib tamomlaydi va undan keyin Mirzo Bedil va Hofiz devonlarini o'qiy boshlaydi. 9 yoshida Zokirjon Navoiyning Chor devonini mutolaa qiladi. U ustozning asarlarini shu qadar berilib, sevib o'qiydiki, hatto Navoiyni tushida ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:26:00
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
474.04 KB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:51
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
474.04 KB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:51 ]
Arxiv ichida: doc