Zokirjon Xolmuhammad o'gli Furqat

Zokirjon Xolmuhammad o'gli Furqat

O'quvchilarga / Adabiyot
Zokirjon Xolmuhammad o'gli Furqat - rasmi

Material tavsifi

Zokirjon Xolmuhammad o'gli Furqat Reja: 1. Furqat hayoti va ijodini o'rganish tarixidan 2. Furqatning tarjimai holi 3. Furqat lirik shoir 4. Furqat publitsistikasi 5. Furqat-ma'rifat va madaniyat tar¢ibotchisi 6. Furqat ijodining badiiy xususiyatlari, shoir san'atkorligi 7. Furqat dostonlari Zokirjon Mullo XolMuhammad o'gli Furqat o'zbek demokratik adabiyotining etakchi namoyandalaridan biri bo'lib, yangi ma'rifatparvarlik oqimining shakllanishi va rivojlanishiga katta xissa qo'shgan shoirdir. Furqat o'rta Osiyoning Rossiyaga qo'shib olinishi natijasida tug'ilgan yangi ijtimoiy ongning progressiv xarakterini adabiyotda targ'ib qilgan ijodkorlardan biridir. Shoir o'z bilimi va butun qobiliyatini xalq xizmatiga bagishlab, maorif, erkinlik va baxt ko'yini kuylagan ma'rifatparvar demokrat shoirdir. FURQAT HAYoTI VA IJODINI O'RGANISh TARIXIDAN Furqat adabiy merosining katta qismini lirika tashkil etadi. U she'riyatimizning an'anaviy janri bo'lgan gazalga ko'p murojaat qilgan. Ayni zamonda ko'plab muxammas, musaddas, musabba, tarjiband va mustazod kabi janrlarning xam ajoyib namunalarini yaratgan. Bulardan tashqari shoirning ijtimoiy mazmundagi qator she'riy, nasriy maktublari xam bor. Eng muhimi, Furqat ijodining etakchi tomonini, boy g'oyaviy yo'nalishini uning masnaviyda yaratgan (umumiy xajmi 100 baytga yaqin) ma'rifatparvarlik ruhidagi she'rlari hamda nasriy publitsistikasi tashkil etadi. Furqat birinchi navbatda, shu asarlari bilan navotor shoir sifatida adabiyotimiz tarixida alohida o'rin egallab, yirik ma'rifatparvar-demokrat darajasiga ko'tarildi. U qoldirgan badiiy meros orasida Xuqandlik shoir Zokirjon Fuoqatning ahvoloti. O'zi yozgoni sarlavxasi ostida 1891 yili Turkiston viloyatining gazetida bosilgan prozaik asari alohida ahamiyatga ega. Filologiya fanlari doktori A.Abdugafurov mazkur asarni Boburnoma tipidagi asarlar sirasiga kiritib, shartli ravishda Furqatnoma deb atasa, professor ¢.Karimov Sarguzashtnoma deb nomlaydi. Undagi ma'lumotlarga qaraganda, shoir Nux manzar, Chor darvesh kabi asarlarni fors tilidan nazm va nasrda tarjima etgan. U yana xammomi xayol risolasini she'riy yozganini xam eslatadi. Xuddi shu manba Furqatning tarixnavis sifatida xam qalam tebratganini ko'rsatadi. U 1876 yilda qipchoq va qirgiz lashkarlarining Andijon viloyatini egallashlari hamda Qo'qonga bostirib kirishlari bilan bog'liq tarixiy voqealarning batafsil bayonini maxsus kitob qilganini yozadi. Shuningdek qariyib 200 varaq, balki andin xam ziyodroq xajmdagi chet ellar sayohati taassurotlarini bir sayohatnoma kitob qilib yozganligini Furqat ta'kidlaydi. Lekin afsuski uning na tarjimalari va na yuqoridagi asarlari hozircha topilmadi, yoxud. Shoir lirikasining xam (xususan chet elda yaratgan) xammasi bizgacha etib kelgan deb bo'lmaydi. Ayrim manbalar shoirning Farxat taxallusini qabul qilib, ma'lum muddat shu taxallus bilan xam ijod qilganini ko'rsatadi. Ammo shoirning bu taxallusdagi she'rlari xam xamon bedarak qolayotir. a) Hozirgi kunda Furqatshunoslik ixtiyorida shoirning 300 ga yaqin gazal, muxammas va boshqa janrda yozilgan asarlari; b) bir necha she'riy maktublari, o'nlab ma'rifatparvarlik ruhidagi masnaviylari, qator xabar va publitsistik maqolalari; d) Furqatnoma memuari, shuningdek; e) ilmiy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, doc
Fayl hajmi 1.46 MB
Ko'rishlar soni 113 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:51 Arxiv ichida: zip, doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, doc
Fayl hajmi 1.46 MB
Ko'rishlar soni 113 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: zip, doc
Tepaga