Zulfiya ijodi

Zulfiya ijodi

O'quvchilarga / Adabiyot
Zulfiya ijodi - rasmi

Material tavsifi

Zulfiya ijodi R e j a Zulfiya ijodining o'zbek poeziyasi taraqqiyotidagi o'rni. Zulfiyaning tarjimai holi. Zulfiya lirikasi. Zulfiya dostonlari. Tanqid va adabiyotshunoslikda Zulfiya ijodining o'rganilishi Z U L F I Ya (1915-1996) Zulfiya XX asr o'zbek adabiyotida, sheriyat va dostonchilikda sezilarli iz qoldirgan shoira hisoblanadi. Uning sheriyatida hayot zavqi, yaratish shavqi va g'oliblik g'ururi, kelajak sururi hamda insonlar baxti, oshiqlar ahdi, xalqning yovga, yomonlikka g'azabi, qirqin urush keltirgan hijron azobi-yu ayolning bardoshi, xullas xilma-xil hayotiy, insoniy tuyg'ular, fikrlar, g'oyalar ifodalanadi. Zotan, Zulfiya ijodining haroratini, ruhini belgilagan omil ham undagi yuksak, jo'shqin va faol insonparvarlikdir. U insonning shodligiga shodlik qo'shishga, dardiga sherik, yarasiga malham bo'lishga intiladi, tinchlik, adolat, haqiqat, go'zallik va ezgulikni farzandini ardoqlagan ona kabi himoya qiladi. Shoira Zulfiya Isroilova 1915 yili 1 martda Toshkent shahrida hunarmand-degrez oilasida tug'ilgan. Uning onasi Xadicha opa xalq og'zaki ijodini yaxshi bilar va bolalariga turli xil qo'shiq, ertak, afsona hamda dostonlarni aytib berardi. Shoira o'tmishini eslarkan: so'zga shaydolik hissini qalbimda oddiy ayol - ona uyg'otgan, - deydi. 1928 yili boshlang'ich maktabni tugatgan Zulfiya Toshkent xotin-qizlar pedbilim yurtiga o'qishga kirdi. Shu yillarda uning adabiyotga qiziqishi kuchaydi. U Navoiy, Lutfiy, Fuzuliy, Shekspir, Bayron, Nekrasov va Lermontovlarni sevib o'qidi. Hamza, Sadriddin Ayniy, Abdulla Qodiriy, G'ayratiylar asarlarini o'rganib, zamonaviy yozuvchilar ijodini sinchiklab kuzatdi. Daholar ijodini o'rganish shoiraga qanot bag'ishladi. U o'zining juftlangan, ohangdosh baytlar to'qiy boshlayotganini payqab qoladi. 1930 yildan boshlab Ishchi, Yosh leninchi, Kolxozchi bolalar, Yangi yo'l gazeta va jurnallarida yosh shoiraning dastlabki sherlari ko'rinadi. 1932 yilda 17 yoshli shoiraning birinchi sherlar to'plami Hayot varaqalari bosilib chiqdi. Yuksalish qo'shiqi, Ulug' bayramga, Men ishchi qizi, Zavod yo'lida, Kolxoz qizi, Ozod qiz kabi davr ruhi bilan sug'orilgan sherlar undan o'rin olgan edi. 1933 yili o'qishini tugatgan Zulfiya Toshkent Davlat pedagogika institutida tahsil ko'rdi (1933-1935), keyin esa A.S.Pushkin nomidagi Til va adabiyot ilmiy tekshirish instituti aspiranturasida o'qidi (1935-1938). 1938-1939 yillarda adibaning ikkita sheriy to'plamlari - Sherlarva Qizlar qo'shig'i chop etildi. Shoira bu to'plamdagi sherlarida ona-Vatan tabiatining go'zal manzaralari, chaman bog'larini, bahorini zavq bilan kuylaydi. Bahor, Bahor kechasi shular jumlasidandir. Hojar, Nishondor, Seni sevardim, Studentka kabi sherlarida shoira xotin-qizlar tushunchasidagi yangi hayotga, istiqbolga dadil intilishini yorqin ifodaladi. Urush yillarida Zulfiyaning ijodi yanada mazmundor bo'ldi. Bu yillarda u Uni Farhod der edilar (1943), Hijron kunlarida (1944), rus tilida Vernost to'plamlarini nashr ettirdi. Bular orasida Qo'limda qurolu, ustimda shinel, Gullar ochilganda, Palak, O'g'lim, sira bo'lmaydi urush sherlari ayniqsa, diqqatga sazovordir. O'sha og'ir yillarda Zulfiya uchun yana bir katta yo'qotish sodir bo'ldi. U 1944 ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.32 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:51 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.32 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga