Zulfiya - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Hayoti va ijodi. Shoiraning estetik qarashlari. Shoira she'rlari nega murakkab? She'r va siyosat. 2. Shoira she'rlarida avtobiografizm. 3. Urush va hijron, fojiaviylik. 4. Ayollar olamidan olingan obrazlar. Zulfiya XX asr o'zbek she'riyatining yirik vakillaridan biridir. U o'zining teran falsafiy, hasos, fojiaviy va hayotbahsh realistik ijodi bilan hozirgi zamon o'zbek she'riyatida yangi sahifa ochdi. Isroil Muslimov qizi Zulfiya 1915-yil 1-martda Toshkentning O'qchi mahallasida tug'ildi. Hovli mo''jazgina bo'lsa-da, unda bir-biridan chiroyli, muattar gullar o'stiriladi. Oila a'zolari she'rxonlikni, musiqani qattiq sevardi. Zulfiya oilaning kenjasi edi. Uning bir-biridan ko'rkam, bir-biridan aqlli to'rt akasi bor edi. Ularning bari keyinchalik mas'ul lovzimlarda ishladilar, qatag'on-qirg'in yillarining achchiq zahri va shafqatsiz qahriga duchor bo'ldilar Oiladagi tinch, fayzli, shirin hayotni vujudga keltirishda onaning xizmati beqiyos edi. Ona shoirtabiat, ko'p narsani biluvchi farzandlarini katta dunyo sari dadil yetaklagan zehnli ayol edi. Agar iste'dodim bor bo'lgan bo'lsa, uning chashmasi-onam. Agar adabiyot ahliga bir kaft don yanglig' she'riy hosil tutgan bo'lsam, uning urug'ini qalbimga avval onam sochganlar, -degan edi Zulfiya. Shoiraning butun ijodi davomida onani, ayolni ulug'lovchi otashin she'rlar yozishi bejiz emasdi. Zulfiya boshlang'ich maktabni bitirgach, xotin-qizlar pedagogika bilim yurtida tahsil oldi (1931-1934). Shu yerda she'r mashq qila boshlaydi. Bilim yurti qoshida adabiy to'garak tashkil etilgan edi. Unga shoir Shukur Sa'dulla rahbar edi. To'garakda G'afur G'ulom, Uyg'un kabi ko'zga ko'ringan shoirlar bilan uchrashuvlar uyushtirilardi. Shoira o'z ustozini avvalo davrning, hayotning o'zi, deb hisoblaydi. O'sha davrning shuhratli shoirlari, turli-tuman kitoblar shoiraga ijod sirlarini anglashda ko'mak berganiga shak-shubha yo'q, albatta. Ilk she'ri bo'lmish Qizil durra- ning dunyoga kelishiga paranjini tashlab zavod-fabrikalarda boshlariga qizil durra o'rab ishlay boshlagan ayollar hayoti turtki bergani ham bejiz emas. Shoira hayot, turmush saboqlaridan ilhom oldi va 17 yoshidayoq Hayot varaqlari (1932) degan ilk to'plamni chiqardi. Ammo u bunda dunyoga, voqealikka, insonga o'z nuqtai nazaridan qarash darajasiga ko'tarilmagandi. Hamid Olimjon bilan taqdirining bog'lanishi (1935) shoira hayoti va ijodida ulkan burilish bo'ldi. Shoira ilmini oshirishga astoydil intildi, aspiranturada o'qidi, bolalar nashriyotida muharrirlik qila boshladi. Ikkinchi jahon urushi ko'pchilikni birdan ruhiy jihatdan tetiklashtirib qo'ydi, kattayu-kichikning e'tibori vatan himoyasiga qaratildi. Urush Zulfiya uchun ham katta sinov davri bo'ldi. U ulkan yo'qotishdan- Hamid Olimjonning bevaqt halok bo'lishidan (1944) dovdirab qolmadi, endi ikki sozni -o'zi va Hamid Olimjon sozini chalishni bo'yniga oldi. Bu shoira she'riyati mazmuni, yo'nalishi, ruhidagina emas, ayni chog'da ijtimoiy faoliyatida ham yaqqol ko'rindi. Saodat jurnalida (avval O'zbekiston xotin-qizlari deyilardi) bosh muharrir bo'ldi (1953-1980), Osiyo va Afrika yozuvchilari harakatida faol qatnashdi, mamlakatimiz vakili sifatida Hindiston, Yugoslaviya, Shri Lanka, Misr, Birma, Avstraliya ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, doc
Fayl hajmi 790.36 KB
Ko'rishlar soni 131 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:52 Arxiv ichida: zip, doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, doc
Fayl hajmi 790.36 KB
Ko'rishlar soni 131 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: zip, doc
Tepaga