Abdulla Avloniy (1878 - 1934) Reja 1. A.Avloniy hayoti va ijodi. 2. A.Avloniy asarlari haqida. 3. «Turkiy guliston yoxud axloq» asari. 4. Sherlaridan namunalar. Xar g'amning poyoni bordir, xar alamning oxiri, Xar zimistonning bahori, xar xazonning oxiri. Avloniy («Sadoi Turkiston» gazetasi, 1914) Mashxur o'zbek ma'rifatparvari, shoiri va jamoat arbobi Abdulla Avloniy 1878 yil 12 iyulda Toshkentda hunarmand oilasida tug'ilgan. Eski maktabda savod chiqardi, madrasada tahsil oldi. Oilasidagi moddiy qiyinchiliklar tufayli bolaligidan odamlar eshigida mehnat qildi, g'isht quyish, suvoqchilik, pechkachilik, duradgorlik, binokorlik kabi kasblar bilan shug'ullandi. «Imoratchi usta» degan nom oladi. Abdulla Avloniy sherlari 15 yoshidan boshlab matbuotda ko'rina boshladi. Jadidchilik harakati rahbarlaridan biri bo'lgan Avloniy 1904 yilda Toshkentning Mirobod mahallasida jadid maktabini, 1909 yilda «Jamiyati xayriya» uyushmasini tashkil etadi. 1905 - 1917 yilarda matbuotdagi qizg'in faoliyati, ko'plab publitsistik maqolalari bilan «bir yoqdan milliy islohat uchun mafkura hozirlogon, ikkinchi yoqdan el orasiga o'zgarish tuxmini sochgon» xam Abdulla Avloniy buldi. Avloniy o'zi nashr etgan «Shuxrat» (1907) nomli gazetasi faoliyat kursatdi. U Turkistonda birinchilardan bo'lib maktabga geografiya, kimyo, fizika fanlari kiritilishiga ta'sir kursatdi, ta'limni real turmush bilan bog'lashga intildi, bir dars bilan boshqasi o'rtasida muayyan tanaffusni, bir sinfdan ikkinchisiga utishdagi imtixonni joriy etdi, ta'lim tizimining dunyoviy yo'nalishini kuchaytirishga alohida etibor berdi. Uning «Birinchi muallim» («Muallimi avval», 1909), «Ikkinchi muallim» («Muallimi soniy», 1912) nomli darsliklari, «Turkiy guliston yoxud axloq» (1913), «Gulistoni maktab» (19017), «Adabiyot yoxud miliy sherlar» (1909-1916, 6 kism) kabi qo'llanmalari maktablarda ukitilgan Avloniy «Turon» (1917) gazetasiga «Yashasin xalq jumxuriyati» degan shiorni tanladi, «Turon» nomli teatr to'garagini tashkil etib, iktidorli yoshlarni tupladi, ayrim rollarni ijro etishda o'zi xam katnashdi. Shoir Afgonistonda elchi buldi, turli o'quv yurtlarida dars berdi. Abdulla Avloniyning Xijron, Nobil, Indamas, Shuxrat, Surayyo, Shapalok, Chol, Ab, Chegiboy degan taxalluslari bo'lgan. U 1934 yil 24 avgustda Toshkentda vafot etdi. «Turkiy guliston yoxud axloq » asari haqida «Turkiy guliston yoxud axloq» 1913 yilda yozilgan bo'lib, u axloqiy-ta'limiy asardir. Muallif bu kitob boshlanishiga «Man xastayamu millatim ulmish nega bemor?» degan ritorik surok kuygan va asar davomida ushbu savolga javob berishga harakat kilgan. «Turkiy guliston yoxud axloq» asari «axloq», «Tarbiya», «Yaxshi xulklar», «Yomon xulklar» deb nomlangan kismlarga bulinadi. Asarda diyonat va gayrat, riyozat, shijoat, kanoat, sabr, nafs, vijdon, iffat, oliyximmatlik va shu kabi yuksak axloqiy tushunchalar, zulm, nifok tama, xasad, lokaydlik, giybat, xakorat, uyatsizlik, namimat (chakimchilik) adovat kabi yomon xulklar millat va vatan saodatiga etiborsizlik va bepisandlik bilan boglangan holda muhim ijtimoiy muammo sifatida talqin etilgan. Ulug adib Abdulla Avloniy asr boshidayok vatan ravnaki xalq ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:32:11
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.15 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:42
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:32 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.15 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:42 ]
Arxiv ichida: doc