Abu Xomid G'azzoliy Reja: Imom Gazoliy Gazoliy va ilmi kalom Gazoliy va falsafa Xulosa Imom Gazoliy va botiniya Imom Gazoliy va tasavvuf Bu ulug imomning tulik ismlari Muhammad ibn Muhammad ibn Axmad Tusiy Abu Xomid Gazoliy. U kishi Tus viloyatining (hozirgi Mashxad) Tobaron nomli shaharida 450 x.s.da tavallud topganlar. Otasi axli solix va kambagal odam bo'lib jun yigirish bilan kun kurar edi. U ulamolarni sevar, xurmat kilar va ularning xizmatida bo'lib imkoni boricha ularga mol xam sarflar edi. Ulamolarning suhbatlarini tinglaganda yiglab utirar va Alloxdan o'zi olim buladigan ugil tilar edi. Allox taolo uning duosini ijobat kildi va unga bir emas ikki ugil berdi. Ota ugillaridan biriga Muhammad, boshqasiga Axmad ismini kuydi. Vafotidan oldin ota ugillarini uzining sufi ogaynisiga vasiyat qilib koldirdi. Sufi ularni ta'lim - tarbiyasiga kirishdi. Bu ish bolalarning otasi koldirgan mol tamom bulguncha davom etdi. Pul tugagandan keyin sufi ularni boka olmay koldi va «Men sizlarga otangiz koldirgan molni sarfladim. Uzimning pulim yuk. Endi sizlar madrasaga borib yashasangiz yaxshi bo'ladi», dedi. Gazoliy yoshligida ona yurtida Axmad ibn Muhammad Rozkoniydan fikx ilmini oldi. Sungra Jurjonga safar qilib imom Abu Nasr Ismoiliyning xuzurida ta'lim oldi va kuplab narsalarni yozib oldi. Usha yozib olingan narsalar usha vaqt tilida «talika» deb nomlanar edi. Keyin Gazoliy ona yurti Tusga kaytdi. Yulda ajoyib hodisa yuz berdi. U xakda Gazoliyning o'zi kuyidagilarni aytadi: «Yultusarlar yo'limizni tusdilar va ular mening boru budurimni olib kuydilar. Ketayotganlarida ortlaridan ergashdim. Shunda ularning boshligi menga karab: «Orkangga kayt! Shuring kursin! Bulmasa, xalok bulasan!» dedi. «Sen Undan salomatlikni tilaydigan zot nomi bilan surayman, fakat taliykalarimni qaytarib ber. Baribir sizlarga ulardan foyda yuk», dedim. «Taliykang nima?» dedi u. «Anavi xaltadagi kitoblar. Men ana ushalarni eshitaman, yozib olaman va ichidagi ilmni olaman deb xijrat kilganman», dedim. U kulib yubordi-da: «Kandok qilib sen ulardagi ilmni bilibsan!? Biz ularni sendan tortib oldikku! Sen ulardan judo bulding! Ilmingdan ajrab kolding!» dedi. Sungra u odamlaridan birga amr kilgan edi, u xaltani menga qaytarib berdi. Usha odamning tili bilan Allox taolo meni to'g'ri yulga irshod qilishni iroda kilgan bulsa ajab emas. Tusga etib borganimda keyin uch yil harakat qilib barcha taliykalarni yod olib yultusarlar ilmimni tortib olalmaydigan bo'lib oldim». Keyinchalik Gazoliy usha paytda saljukiylarning poytaxti va Bagdoddan keyingi katta ilmiy markaz hisoblangan Naysoburga borib eng mashxur ulamolaridan biri bo'lgan Imomi Xaramayniga shogird tushdi. Gazoliy bu ulug ustozning xuzurida o'ta tirishkoklik bilan ukib fikx, usul, xilof va jadal kabi zamonning keng tarkalgan ilmlarida peshkadam olim bo'lib etishdi. Gazoliyning ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:32:11
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.12 KB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:45
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:32 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.12 KB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:45 ]
Arxiv ichida: doc