Abul Kalom Ozod

Abul Kalom Ozod

O'quvchilarga / Adabiyot
Abul Kalom Ozod - rasmi

Material tavsifi

Abul Kalom Ozod (188-1958) Abul Kalom Ozod mutaasib musulmon ulamolar xonadonida tavallud topgan. Uning volidi Mavlono Xayrutdin farzandini an'anaviy musulmon ta'limotiga o'rgatib, uni musulmonchilik ruhida tarbiyaladi. Abul Kalom Ozod marasada o'qib yurgan kezlaridayoq ingliz kolonizatorlariga qarshi salbiy qarash ruhida voyaga etdi va o'z Ona-Vatanini chet elbosqinchilaridan ozod qilish xohishi bilan yashadi. Shu bilan birga o'n olti yoshidayoq Said Ahmad Xon asos solgan ma'rifiy harakati bilan tanishgach, unda ovrupa fanlariga va ovrupaning demokratik institutlari unda qiziqish uyg'otdi. O'spirinlik chog'idayoq Abul Kalom Ozod Bangol radikal studentlar kongressi bilan aloqada bo'lishi tufayli Krngressning so'l qanotining g'oyalari bilan yaxshi tanish bo'lgan va uning ta'sirida bo'lgan. Bengal Kongressistlari faoliyati bilan u bevosita 1905-1908 yillarda bo'lib o'tgan inqilobiy harakatlar tufayli amalga oshdi. Unga qadar uning fikri-zikrini musulmon ma'rifatchiligi chulg'ab olgan edi. Inqilobiy voqealardan oldin uning etibori musulmon mariparvarligiga qaratilgan edi. O'zining ustozi va katta do'sti Shibli No'moniy bilan birgalikda musulmon ma'rifatchiligini ingliz oreantatsiyasidan xoli bo'lishga harakat qildi. Bu maqsadga erishish yo'lidagi asosiy usul uning fikricha, burjua ma'rifatchilik g'oyalarini musulmon vatanparvarlik an'analarini yani notinch inglizlarga qarshi muqaddas kurashga davat etib keldi. Bu an'analarlarning asosiy tashuvchilari musulmon ruhoniylari deb xatoga yo'l qo'ydi. U Shibli No'moniy asos solgan «Nadvat-ul-Ulamo» jamiyatining azosi bo'lgan. Shibli No'moniy Abul Kalom Ozodning dunyoqarashining shakllanishida ta'siri katta bo'lgan. Unda fuqarolik mas'uliyat hissini tarbiyaladi va shuningdek panislomiyatik g'oyalar ruhida tarbiyalashda roli katta bo'lgan. Abul Kalom Ozod takidlashicha, musulmon ulamolarning dunyoqarashlarining cheklanganligi yosh musulmon ziyolilarining ijtimoiy-siyosiy qarashlarining shakllanishiga to'sinlik qildi. Ular o'z siyosiy qarashlari bilan musulmon ma'rifatchiligi reaksion musulmon an'analarini tanqid qilgandan so'ng chiqa boshladilar. Bu haqda Ozod quyidagi fikrini bayon qilgan edi. «O'z dunyoqarashimning shakllanishida men bir bosqichdan ikkinchi bosqichga o'tar edim. Pirovard oqibatda dunyoqarashimning shakllanishida to'siq bo'lgan oila va tarbiyadan qutulgach, barcha an'anaviy asoratdardan kutulib, o'zimni erkin his eta boshlagach, o'z yo'limni aniqlay boshladim. Taxminan xuddi shu davrda men «Ozod», yoki «Erkin» degan tahallusni olishga qaror qildim. Yani endi men o'tmish e'tiqodimni voz kechgan edim. Biroq Ozod musulmon dogmatizm kiyimini echib tashlagach, o'rniga panislomizm kiyimini kiyib oladi. Bu ham o'z navbatida ijtimoiy fikrlar rivojini sekinlashtirdi va cheklab qo'ydi. «Al-Xilol» («Yarim Oy») jurnali sahifalaridan o'rin olgan asarlarida u musulmon uyg'onishining diniy-falsafiy konsepsiyasini qo'llab quvvatlashda Sayid Ahmad Xonning «Tabiiy» falsafasiga qarshi qo'ydi. U shuningdek musulmon xalqlarining ajralib turuvchi nazariyasining tarafdori bo'lgan va musulmon ma'rifatchilarini tabiat barcha xalqlar uchun teng, uning qonunlariga rioya qilish kerak. Bizning fikrimizcha Quronga tayanmagan har qanday fikr dahriydir. U davrda Ozod hali kolonizatorlarga qarshi kurashda hindular bilan musulmonlarning harakat kuchlarining birlashishi muhim ekanligini ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.45 KB
Ko'rishlar soni 88 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:45 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.45 KB
Ko'rishlar soni 88 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga