Adabiyot o'qituvchisi

Adabiyot o'qituvchisi

O'quvchilarga / Adabiyot
Adabiyot o'qituvchisi - rasmi

Material tavsifi

Adabiyot o'qituvchisi R Ye J A: 1. ta'lim qonundagi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida. O'qituvchiga qo'yiladigan talablar. 2. Adabiyot o'qituvchisining ijtimsiy pedagogik qiyofasi. 3. Adabiyot o'qituvchisi faoliyatiga talablar. O'qituvchi Sharqda juda qadim zamonlardan alohida ezozga musharraf bo'lgan og'zaki ijodda bunga ko'plab misollar bor. Ustoz otangday ulug' maqoli bejiz emas. Buyuk allomalar Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiy, Munis, Abdulla Avloniy, Hamza o'qituvchi faoliyatiga alohida baho berishgan. Jamiyatimiz yangilanayotgan hozirgi sharoitda bir qator muammo va kamchiliklar sezilib qoldi. Xususan, o'qituvchilar, pedagoglar va tarbiyachilarning kattagina qismi yaxshi tayyorgarlik ko'rmaganligi, ularning bilim va kasb saviyasi pastligi jiddiy muammo bo'lib qolmoqda, malakali pedagog kadrlar yetishmasligi sezilmokda . Bu gaplar adabiyot o'qituvchilariga ham daxldor. ta'lim sohasidagi o'tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to'la xolos etish adabiyot o'qituvchisining ham jiddiy, mas'uliyatli vazifasidir. Xususan, kadrlar tayyorlash milliy modelini to'la ishga tushirishda so'z san'ati imkoniyatlaridan ko'proq foydalanish shart. So'zkim, insonni judo ayladi hayvondin, Bilkim, guhari sharifroq yo'q andin, - degan edi A.Navoiy. XI asrdayoq Yusuf Xos Hojib farzandning kamoloti o'qituvchiga bog'liq ekanligini qayta-qayta takidlagan. A.Navoiy: Haq yo'lida kim senga bir harf o'qitmish ranj ila, Aylamak bo'lmas oning haqid ado yuz ganj ila - deydi. Jamiyat adabiyot o'qituvchisidan ko'p narsani kutadi. Yana Navoiyga murojaat etaylik: Mudarrisning kerakki g'arazi mansab bo'lmasa va bilmas ilmiy aytishga urinmasa, manmanlik uchun dars berishga havas ko'rgazmasa va olg'irlik uchun gap-so'z va g'avg'o yurgizmasa nodonlikda sallasi katta va pechi uzun bo'lmasa, gerdayish uchun madrasa ayvoni bosh o'rin bo'lmasa, yaramasliklardan qo'rqsa, nopoklikdan qochsa, nainki o'zini olim bilib, necha nodonga turli xil fisq ishlarni mumkin, balki halol qilsa, bilmas ishlarni qilmoq undan sodir bo'lsa va qilar ishlarni qilmaslik unga qoida va odat bo'lib qolsa, bu mudarris emas, yomon odatni tarqatuvchidir Bu yerda o'qituvchiga qo'yiladigan talabning bir qismini ko'rish mumkin. Adabiyot o'qituvchisi: - zamonaviy ilmiy kashfiyotlardan; - adabiyot tarixidagi muhim hodisalardan; - adabiyot nazariyasi va adabiy tanqidchilikdagi yangiliklardan xabardor bo'lishi kerak. Boshqa fanlar bilan doimiy aloqadorlikni nazarda tutishi, bolalarning ruhiyati va ko'iikmalarini etiborga olish kerak. Ayni paytda u yuksak axloqiy ma'naviy sifatlarga ega bo'lishi shart. Adabyot o'qituvchisiga qanday talablar quyiladi? Adabiyot o'qituvchisining pedagogik qiyofasini qanday tushunasiz? Adabiyot o'qituvchisining ijtimoiy qiyofasi qanday bo'lishi kerak? Mafkuraviy qarash - bu o'rinda adabiyot o'qituvchisining milliy mafkuraga munosabati ko'zda tutilmoqda. O'qituvchining ijtimoiy-pedagogik qiyofasi - o'qituvchining siyosiy-ma'naviy va ta'limiy tushunchalarni egallashi. O'qituvchining vazifasi - o'qituvchi egallashi lozim bo'lgan bilimlar, ko'nikma va malakalar majmui. ADAVIYoTLAR 1. ta'lim to'g'risida O'z. Res . qonuni. 1997 y 29 avgust 2. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. 3. A.Zunnunov, I. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.44 KB
Ko'rishlar soni 142 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:47 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.44 KB
Ko'rishlar soni 142 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga