Arab ispan (Andaluziya) adabiyoti

Arab ispan (Andaluziya) adabiyoti

O'quvchilarga / Adabiyot
Arab ispan (Andaluziya) adabiyoti - rasmi

Material tavsifi

Arab - ispan (Andaluziya) adabiyoti (VII-XV asrlar.) Reja. 1. Arablarning Ispaniyaga kirib kelishi. 2. Arab-ispan adabiyotining davrlanishi. a Taqlid davri; v Yangilanish davri. s Tanazzul davri. Arab xalifaligining ma'naviy va madaniy markazlari faqat Sharqda bo'lmasdan, balki ular G'arbda ham bo'lgan. Bu arab Ispaniyasi -Andaluziyadir. Arablar 8-asrda Shimoliy Afrikani zabt etib, u yerdan 711 yili berberlar yordamida Ispaniyani ishg'ol qildilar. Pireneya yarim orolining ko'p qismi bosib olindi. Biroq ispanlar Shimolda o'zlarining mustaqil ispan - vestgot qirolliklarini tuzadilar.756 yilga kelib Ispaniyada mustaqil xalifalik paydo bo'ladi. Uning poytaxti Qurtuba (Kordova) da bo'lib, davlat boshlig'i Umaviylarning avlodlaridan Abdurahmon 1 edi. Keyingi xalifalardan Abdurahmon 11 929 yili o'zini Abbosiylardan mustaqil xalifa deb elon qiladi. Lekin Ispaniyadagi bu mustaqil arab davlati X asrning ikkinchi choragiga kelib mayda qirollik(amirlik)larga bo'linib ketdi. Andaluziyadagi har bir shahar amirlari masjid-madrasalar qurdirib, kutubxonalar tashkil qildilar. Shu bois Kordova, Granada, Sevilya, Valensiya, Toledo, Almeriya shaharlari katta ilmiy markazlarga aylanib, u yerga xalifatning barcha burchaklaridan, hatto Yevropadan ham tolibi ilmlar oqib kela boshladi. Arablar Ispaniyaga o'zlari bilan nafaqat til va dinlarini, balki Sharq madaniyati va ma'naviyati an'analarini ham olib keldilar. Andoluziya aholisi arab tilini o'rgandi. Islom dinini qabul qildi. Shu bilan birga arab adabiyoti ham kirib keldi. Ispaniyadagi arab adabiyoti tarixi uch davrga bo'linadi. «Taqlid» davri (X11-X asr oxiri) «Yangilanish» davri (X1-X11asr o'rtasi) «Tannazul» davri (X11-XV asrlar). Arab munaqqidlari tomonidan «taqlid» deb nom olgan birinchi davr X11-X asrlarni o'z ichiga oladi. 1 davr Kordova xalifaligining gullab-yashnagan davriga to'g'ri keladi. Kordovaning o'qimishli xalifalari adabiyot va uning an'anaviy shakllarining rivojiga o'zlarining barakali xissalarini qo'shdilar. Ular o'z qasidalarida o'z qabilalari jasorati,vatan sog'inchi yoki biror kishi vafotiga marsiyalar yozar edilar. Andaluziya shoirlari esa, arab shoirlariga taqlid qilishar, arab shoirlari asarlari ular uchun badiiy namuna edi. Andaluz adabiyotining ilk namunalari VII asr o'rtalarida paydo bo'ldi. Umaviy amirlaridan Abdurahmon 1 asarlaridan ona - Vatan sog'inchi taprannum etilgan edi. Andaluziya adabiyoti rivojida Bag'doddan Kurtubaga kelgan fors Ziryabning(789-857)ham o'z ulushi bor. U sherni musiqa ohanglari ostida ifodali o'qishdek sharq arab madaniyatini ispan tuprog'iga olib kelgan musiqashunos xofizlardan edi. Xuddi ana shu vaqtdan boshlab andaluz sheriyati musiqa bilan bog'liq holda rivojlana boshladi. X asr Taqlid davri Kordova adabiyoti gullab - yashnagan davrdir. Bu davrda g'arbiy Yevropadagi o'qimishlilar - bu ruhoniylar edi. Odamlarning turmush sharoiti va madaniy darajasi past edi. Biroq Arab Ispaniyasi bu davrda ham iqtisodiy ham madaniy jihatdan juda rivojlangan edi. O'qimishli Kordova xalifalari - ilm, fan, san'atni rivoj topdirib keng qurilish faoliyati bilan mashg'ul edilar. Xalif al-hakam davrida qator madrasalar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.28 KB
Ko'rishlar soni 103 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:53 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.28 KB
Ko'rishlar soni 103 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga