Badiiy adabiyotda tipiklashtirish

Badiiy adabiyotda tipiklashtirish

O'quvchilarga / Adabiyot
Badiiy adabiyotda tipiklashtirish - rasmi

Material tavsifi

Badiiy adabiyotda tipiklashtirish reja : hayot tipiklik manbai. Istedod, ilxom, mehnatsevarlik Tipiklashtirish qonuniyatlari va usullari. Tipik sharoit va tipik xarakter Badiiy detal. hayot-tipiklik manbai san'at asarida hayot badiiy aks ettiriladi. Ammo progressiv yozuvchi hayotda duch kelgan xar bir narsa-hodisani, odamni adabiyotga shunchaki olib kiravermaydi. hayotdagi, qonuniy, mukarrar, muhim, tabiiy narsa- hodisalar - ijtimoiy ahamiyatga molik bo'lgan hodisalar adabiy asardan urin olishga xakli. Tasodifiy, o'tkincha narsalar esa abadiy asarga kirib kolmasligi lozim. Adabiyotshunoslikda san'at asarida tasvirlanishi lozim bo'lgan hayotdagi muhim narsalar «tipik narsalar» va tasvirlanmasligi lozim bo'lgan narsalar esa « notipik narsalar» deb yuritiladi. hayot benixoya murakkab: unda qonuniy narsalar bilan utkinchi narsalar aralash-kuralash holda bo'ladi. Ijodkor yaratilajak asari uchun zarur bo'lgan narsa-hodisalarni saralab ola bilishi zarur. Buning uchun esa yozuvchi hayotni istedod kuzi bilan kura olishi lozim. Yozuvchi hayotda nimalarnidir tipik deb bilishi, u asarlarida qanday xususiyatlarni tipik xususiyat sifatida tasvirlashi, nimalarnidir tipiklashtirishi, dastavvl, uning talantiga, dunyo qarashiga, o'z xalqi hayoti bilan nechoglik yaqinligiga bog'liq Umuman, ijodkor vokelikning muhim jihatlariki xam, muhim bo'lmagan tomonlarini xam tasvirlashi mumkin. Bu urinda xamma gap yozuvchi shaxsiyatiga,uning e'tiqodi va madaniy soviyasiga bog'liq. Yozuvchining kalbi kaynok bo'lishi - hayotdagi yangi, istiqboli parlok kuchlarni faxm-farosat va nozik kerak. Shurolar davrida ( 50- yillarda) tipiklikni talqin etishda xotoliklarga xam yul qo'yilgan. Masalan, bazi adabiyotchilar tiliklik kupchilikka tegishli, hayotda keng tarkalgan narslargina tipik bula oladi, deb davo kilganlar. Xolbuki, bu kondani tipiklikning absolyut qonuni deb kabul qilib bulmaydi. to'g'ri, shunday san'at asarlari xam borki, ularning bosh kaxramonlari hayotda keng tarkalgan tiplardir. Zaynab, Bektemir, Uktam, Komila, dehqonboy, Xafiza, Saida, Axmadjon, Lukmoncha, Orif kabi obrazlar zamondoshlarimizning yetakchi xususiyatlarini uzlarida mujassamlashtirganki, bu xususiyatlar hayotda keng tarkalgan. Lekin, shu bilan birga, adabiyotda xali hayotda unchalik keng tarkalmagan xislatlar xam tipik bo'lishi mumkin. Masalan, N.G. Chernishevskiy «Nima kilmok kerak?» romanining kaxramoni Raxmetovga o'xshash kishilardan fakat sakkaiztasini hayotda uchratgan, xolos. Y.S. Turgenev «Otalar va bolalar» romanining bosh kaxramoni Bazarovga o'xshash birgina kishini - viloyat vrachini uchratgan ekan. Shunga koramay, Raxmetov xam, Bazarov xam tipik obrazlar bo'lib chikkan. Chulki, bu xil obrazlar orqali mualliflar o'z davri ijtimoiy guruklarining qiyofalarini yorkin kusatib bera organlar. Demak,hayotda keng tarkalgan va , xatto, endigina paydo bo'lgan hodisalar xam davr takozasiga ko'ra tipik bula olishi mumkin. hayotdagi u yoxud bu narsaning tipik yoki notipikligan konkret tarixiy sharoit belgilaydi. Shu sababli jamiyat taraqqiyoti tarixining bir davrida tipik bo'lgan xam mumkin hayotdagi dol zarb masalalar, turmushning muhim muammolari doimo tipikdir. hayot uzluksiz harakatda, tipimsiz o'zgarishda, o'sishda. Binobarin, ijodkor xam tipimsiz izlanishdan, ijodiy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.92 KB
Ko'rishlar soni 143 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:54 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.92 KB
Ko'rishlar soni 143 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga