Reja: Mazmun va shaklning o'zaro aloqadorligi. Mazmun haqida tushuncha. Mazmunning shaklga o'tishi. Shakl haqida tushuncha. Mazmun va shaklning dialektik birligi. Haqiqiy san'at asarining sifatini undagi yuksak g'oyaviylik bilan badiiy mukammallikning uyg'unligi, mazmun bilan shaklning mosligi belgilaydi. Shunga ko'ra, badiiy asarning mazmuni va shakli masalasi adabiyotshunosligimizning g'oyatda muhim muammolaridan biridir. 1.MAZMUN VA ShAKLNING O'ZARO ALOQADORLIGI Badiiy asarda mazmun va shakl dialektik aloqada bo'ladi: biri ikkinchisiga, ikkinchisi birinchisiga o'tib turadi. Xatto shunday ham bo'lishi mumkinki, asarning bir komponenti bir komponenti bir holatda mazmun hodisasi, ikkinchi holatda shakl hodisasi bo'lib hisoblanadi. Shunga ko'ra, mazmun bilan shakl orasiga xitoy devorini qo'yib, ularni qatiy chegaralab bo'lmaydi. Badiiy ijoddagi mazmun va shaklning o'zaro dialektik munosabati filosofiyadagi sabab va natija o'rtasidagi o'zaro aloqadorlikka uxshab ketadi. Badiiy ijodda mazmun va shakl dialektik birlikda va bir-biriga utuvchi hodisa sifatida olib tekshiradi. Xakikatan ham mazmun va shakl bir-biri shu qadar o'zviy bog'liqki, ularning biri ikkinchisisiz yashay olmaydi: shakl biror narsa ( mazmun)ning shakli, tashqi ko'ranishi - shusiz shaklni anglash mumkin emas; mazmun ham biror shaklda namoyon bo'ladi - shakl mazmunga aniq tashqi ko'rinish bo'ladi, unga go'zallik bagishlaydi, Shunga ko'ra, mazmun va shakl bir-biri bilan o'zviy bog'liq. Birok bu birlikda mazmun yetakchilik qiladi - o'zi o'zgarishi bilan shaklning o'zgarishiga sababchi bo'ladi. Shakl esa mazmunga nisbatan bir muncha konservativrok- u sekinrok o'zgaradi. Shu sababli, badiiy ijodda yangi mazmun bilan eski shakl o'rtasida ziddiyat kelib chiqishi ham mumkinki, u, albatta, shaklni o'zgartirishga olib keladi. Bu o'rinda ulug o'zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiyning sheriyatda mazmun ( mano) va shakl ( surat) haqidagi fikrlarini eslash joizdir. Alisher Navoiy shakl bilan mazmunni, so'zning shakli bilan uning manosini dialektik birikda oladi va shu birlikda mano-mazmunni so'zning yetakchi asosi deb biladi. Shoirning fikricha, sher mazmuni bilan ham, shakli bilan ham go'zal bo'lishi kerak: Nazmda ham asl anga mane durur, Bulsin aning surati xar ne durar. Nazmki mani anga margub emas, Nazmki ham surat erur xush anga, Zimnida mani dogi dilkash anga. Alisher Navoiy mano-mazmuning yetakchiligini inkor etib, quruq shaklbozlikka berilib ketgan, so'zni suiistimol etuvchi formalist shoirlarni shafqatsiz fosh etgan, ularga qarshi tinimsiz kurash olib borgan. Afsuski, bunday formalizmga berilish holati adabiyot tarixida, ahyon-ahyonda bo'lsa-da uchrab turadi. Bu o'rinda, loakal, X1X asrda Qo'qon xoni- Amir Umarxon saroyida yashagan shoirlarning ko'pi shoir Amiriy (Amir Umarxon)ga taqlidan yaratgan quruq shaklbozlikdangina iborat sherlarini eslash kifoya. Bu shoirlarning sherlarida shakl bor-u mazmundan tayin yo'q. Shunga holatni 20-30- yillarda ijod qilgan ayrim o'zbek formalist shoirlari ijodida ham ko'rish mumkin. Takidlash kerakki, hikoyabop fikrni ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:32:11
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.34 KB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:56
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:32 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.34 KB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:56 ]
Arxiv ichida: doc