Boburnomada Navoiy haqidagi ma'lumotlar

Boburnomada Navoiy haqidagi ma'lumotlar

O'quvchilarga / Adabiyot
Boburnomada Navoiy haqidagi ma'lumotlar - rasmi

Material tavsifi

Boburnomada Navoiy haqidagi «Bobomiz Zahiriddin Muhammad Bobur nomi bilan har qancha faxrlansak arziydi. O'zbek xalqining dovrug'ini dunyoga toratgan ulug' ajdodlarimizdan biri o'laroq, ul zot bizni tariximizni qadrlashga kelajakka buyuk ishonch bilan qarashga o'rgatadi» I.Karimov. «Boburnoma» asarida 1551 kishi nomi tilga olingan. Ular ichida juda ko'p tarixiy shaxslar (Temuriy hukmdorlar, harbiy amaldolar. Ilm-fan va san'at namoyandalari)ning shoir mashoirlari (portretlari) va ruhiyatlari mohirona chizilgan, ularning xatti-harakatlari, faoliyatlari bayoni orqali shaxsiy xususiyatlari (xarakterlari) ochib berilgan. Tarixiy shaxslarning qiyofalari va fazilatlarini yoritganda, Bobur ularga nisbatan haqqoniy munosabatda bo'lishga, ularning yashash tarzi va sharoitidan kelib chiqib, fel-atvorlarining eng muhim jihatlarini mumkin qadar aniq va ixcham iboralarda, lo'nda ifodalashga harakt qilgan. «Boburnoma»da Navoiy haqidagi fikrlarni ko'zdan kechirayin. Bobur Navoiy bilan uchrashmagan bo'lsa-da, lekin yoshligidan uning shaxsiga va ijodiga katta mehr -muhabbat bilan tarbiya topgan. Bobur tug'ilgan yili Navoiy buyuk «Xamsa»ni yozishga kirishgan, Samarqand taxtini egallagan 1498 yili esa Navoiy «Xazoyin-ul maoniy» devonini tuzgan edi. Boshqa tarixiy asarlarda: Jomiyning «Bahoriston», Husayn Bayqaroning risolasi, Vosifiyning «Badoyi ul- voqee», Xondalarning «Makorish ul axloq» kabi asarlarida Navoiy haqidagi ma'lumotlarda, asosan vasf va maqtovni kuzatamiz. «Boburnoma» asarida Alisher Navoiyga yuksak baho berish bilan birga, ayrim o'rinlarda tanqidiy fikrlarni ham kuzatamiz. Bobur «Boburnoma» asarida Navoiy nomini 16 marta tilga oladi. «Boburnoma»da 1505-1506 yil voqealari bayon qilinar ekan, Husayn Bayqaro haqida ma'lumot berilayotgan o'rinlarda Alisher Navoiyga ham to'xtaydi. Jumladan, shunday fikrlarni kuzatami: «Alisherbek naziri yo'q kishi edi. Turkiy til bila to sher aytubturlar, hech kim oncha ko'p va xo'p pytgon emas». Bu o'rinda shuni takidlash joizki, Navoiyning turkiy tilda «ko'p va xo'p aytg'oni» mana shu shaklda birinchm marta Jomiy tomomnidan aytilgan. Jomiy Bahoriston kitobining 7-bobida Navoiy haqida so'z yuritib, ana shunday obrazli fikr aytgan edi. Bobur davom etadi: olti maskaviy kitob nazm qilibtur, besh «Xamsa» javobida, yana bir «Mantiq-ut tayr» vaznida «Lison-ut tayr» otliq. To'rt g'azaliyot devoni tartib qilibtur: «Garoyib us sig'ar», «Navodir-ush shabbob», «Badoyi-ul vasat», «Favoid-ul kibar» otliq. . .yana «Mezon-ul avzon» otliq aruz bitibtur, bisyor madxuldur. Yigirma to'rt ruboiy vaznida to'rt g'akot qilibtur» Ko'rinadiki, Bobur Navoiyga tanqidiy munosabatda bo'lmoqda. Navoiy aruzning murakkabligini tushungan holda kitob oxirida shunday yozgan edi: Iltimos bu fan ahlidin ulkim, har yerda sahv va xatos voqe bo'lmish bo'lsa, etiroz bila o'tmagaylar va qalami bila tuzatgaylar. Bobur «Boburnoma»da Navoiy xatolari haqida fikr aytsa-da, «Muxtasar» asarida bu haqda to'xtalmaydi. S.Xasanov fikriga ko'ra, Bobur avval kotiblar tomonidan noto'g'ri ko'chirilgan nusxani ko'rgan bo'lsa, «Muxtasar»ni bitishdan avval to'g'ri matnni ko'rgan bo'lsa kerakki, Navoiy xatolariga to'xtamagan. Bobur davom etadi: forsiy devon ham tartib ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.08 KB
Ko'rishlar soni 82 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:58 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.08 KB
Ko'rishlar soni 82 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga