Bolalar adabiyoti fanining nazariy asoslari Reja: Kirish O'zbek bolalar adabiyoti istilohi va uning paydo bo'lishi. Bolalar adabiyoti fanining predmeti va vazifalari. Bolalar kitobxonligi tushunchasi haqida ma'lumot. Bolalar adabiyotining umumadabiyotga aloqadorligi. Bolalar adabiyotining o'ziga xos xususiyatlari. Bolalar adabiyotining boshqa fanlarbilan hamkorligi yoxud adresliligi. Tayanch tushunchalar: istiloh, qo'llanma, xrestomatiya, omil, genezis, so'qma so'z, munaqqid, muqallid, nasr, nosir, nashr, noshir, muharrir, musavvir, matbuot, kitobatchilik, xarakter, tur, janr, dinamizm, emotsionallik, lirik, komik, matbaa, realistik, badia, esse, fiziologik, biologik, biografik, dialektizm, sujet, publitsistika, detektiv, fantastik, dilogiya, trilogiya,tetralogiya, pamflet, feleton. O'zbek bolalar adabiyotining so'z san'ati sifatidagi ulug'vor vazifasi va tarbiyachilik vositasi istiqlol yillarida alohida etiborga tushgani uning bir asrlik tarixidagi quvonchli hodisa. Ayniqsa biz uchun g'oyat muhim ahamiyatga ega bo'lgan bolalar adabiyotini rivojlantirishga alohida etibor berishimiz, mustaqil fikrlaydigan shaxslarning shakllanishi, har qanday kitobxonlik, mutolaa madaniyati bolalikdan boshlanishini doimo yodda tutishimiz lozim,- deb takidlagan edi I.A.Karimov. Chindan ham bu jiddiy vazifani bajarishda, aniqrog'i, mustaqil yurtning har tomonlama yetuk, barkamol avlodini tarbiyalashda asrlar osha xalq an'analari, milliy qadriyatlari, folklor namunalari, asrlar bilan bo'y o'lchovchi milliy adabiyotimiz va jahon xalqlari adabiyotlari an'analari zaminida voqelikka aylangan o'zbek bolalar adabiyotining o'z o'rni bor. (Bu o'rinda O'zR Prezidenti Sh.M.Mirziyovning 2017 yil 9 sentyabrdagi Maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida gi PQ-3261-sonli qaroridan foydalanish kerak. Masalan: milliy madaniy-tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi va bolalikdan kitob o'qishga qiziqishni uyg'otuvchi o'quv-metodik, didaktik (shu jumladan, o'yinlar va o'yinchoqlar) materiallar va badiiy adabiyotlarni tayyorlash hamda maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatiga joriy etish) Xalq so'zi. 2017, 11 sentyabr). Mana sakson yildirki, Respublikamiz pedagogika institutlari, universitetlari va kollejlarining boshlang'ich ta'lim usuliyoti, maktabgacha ta'lim yo'nalishlari talabalari o'zbek bolalar adabiyoti tarixi fanini chuqur o'rganib kelmoqdalar. O'zbek bolalar adabiyoti haqidagi fan yaratilishida XX asr boshlaridagi ma'rifatparvar pedagog va adiblarning matbuotdagi maqolalari, ular yaratgan ilk darslik va xrestomatiyalar asos bo'lgan esa-da, o'quv qo'llanmalarni tuzish harakati asr o'rtalariga to'g'ri keldi. Mustaqil Respublikamiz kelajagi bolalar tarbiyasi va ta'limiga ko'p jihatdan bog'liqdir. Shuning uchun ham jamiyatimizda hozirgi kunda sog'lom avlod uchun kurashish va unga g'amxo'rlik qilish alohida dastur tarzida kun tartibiga qo'yilgan. Bolalarning ma'naviy yuksalishiga katta ta'sir ko'rsatuvchi bolalar adabiyoti masalalari shu dasturga taalluqli dolzarb masalalardan biridir. Istiqlolning dastlabki yillaridan esa o'zbek bolalar adabiyoti tarixi muammolari teranroq o'rganishga kirishildi, uning mavzu-mundarijasi, g'oyaviy-badiiy ifodasiga oid yangi talqinlar yuzaga kela boshladi. Bunda ayniqsa, O.Safarov, S.Matchonov, R.Barakaev, Q.Qahramonov, A.Rasulov, Z.Isomiddinov (?), B.Ashurov kabi olim va tadqiqotchilarning ko'pgina maqolalari, monografiya, risola hamda o'quv-usuliy qo'llanmalari diqqatga sazovor. Fanning maqsadi. Bola tarbiyasi va uning kamoloti muammosi mustaqil O'zbekiston Respublikasi uchun eng dolzarb masalalar ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:32:11
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
52.37 KB
Ko'rishlar soni
178 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:59
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:32 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
52.37 KB
Ko'rishlar soni
178 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:59 ]
Arxiv ichida: doc