Bolalar adabiyoti rivojlanish bosqichida

Bolalar adabiyoti rivojlanish bosqichida

O'quvchilarga / Adabiyot
Bolalar adabiyoti rivojlanish bosqichida - rasmi

Material tavsifi

Bolalar adabiyoti rivojlanish bosqichida Reja: Sulton Jo'ra - o'smirlar kuychisi. Zafar Diyor - kichkintoylar shoiri. Quddus Muhammadiy - bolalarning tabiatshunos shoiri. Shukur Sadulla - bolalar shoiri, adibi va dramatik pesalar muallifi. Tayanch tushunchalar: pesa, ertak-drama, kompozitsiya, motiv, ertak-qissa, hajviy hikoya, sheriy imzo, epigramma, portret-sher, topishmoq sher, chistonnavislik, doston-ertak, masnaviy, poetik shakl, epik poeziya, personaj, fanatizm, punktuatsiya. Sulton Jo'ra - o'smirlar kuychisi (1910-1943) Sulton Jo'ra o'ttizinchi yillarda o'z salaflari qatorida o'zbek bolalar adabiyotini rivojlantirish, yuksaltirish uchun kurashgan adiblardan biri edi. Shoirning hayotlik chog'ida Sherlar (1933), Fidokor (1939) va Moskva (1941) to'plamlari bosilib chiqqan edi. Shunga qaramay u o'z nomiga abadiylik sharafini bahsh eta oldi. Sulton Jo'ra navqiron avlodning otashin do'sti bo'lib mehnat, mardlik va baxtiyor yoshlik kuychisi sifatida tanildi. U o'zbek bolalar adabiyotining bunyodkorlaridan biri edi. 15 yillik ijodiy faoliyati davomida Sherlar (1933), Fidokor(1939) va Moskva(1941) singari uchtagina sheriy to'plamini hayotligida o'zi chop ettirgan bo'lsa, keyinchalik uning butun ijodiy merosi Havorang gilam (1553), Ochiq chehralar(1959), Yomg'irdan so'ng (1965), Sherlar (1973), Qaldirg'och (1981), Sog'inchli salom (1988), shuningdek, rus tilidagi Rojdenie istini (1961) va Otkritoe litso (1986) kabi o'nlab to'plamlar holida kitobxonlarning ma'naviy mulkiga aylantirildi. Sulton Jo'ra 1910-yilning 15-yanvarida Buxoro amirligidagi Shofirkon tumanining Qog'oltom qishlog'ida kambag'al dehqon oilasida dunyoga keldi. O'z tarjimai holida yozganidek, 3-4 yasharligida ota-onasi o'lib, qarindoshlari qaramog'ida qoladi. Hamqishlog'i bog'bon Abdurauf Dushanboev xonadonida asrandi o'g'il bo'lib, uning xizmatini qila turib, qishloq masjidi huzuridagi eski maktabda savod olishni ham unutmaydi. Bu davrda ukasi Saidni olis Qazalidagi qarindoshlari olib ketsa, opalari Xadicha, Fotima va Osmanurlar birin-ketin turmushga chiqib, turli manzillarda yashay boshlashadi. Shu zaylda bo'lajak shoirning oilasi parokanda holda turmush girdobiga sho'ng'iydi. Sulton 14 yoshga to'lgach, Buxoro shahrida yashayotgan opasi Fotima Jabborovani qora tutib, Buxoroga keladi. Opasini topgach, bir muddat unikida yashab, shahardagi etti yillik maktabda o'qiy boshlaydi. Uni 1927-yilda tugatib, Buxoro pedagogika bilim yurti (sobiq xalq maorifi instituti - Innarpros)ga o'qishga kiradi. Bu yerdagi jo'shqin hayot uning g'ayratiga g'ayrat qo'shdi, ijodkorlik salohiyatini harakatga keltirdi. Yulduz taxallusi bilan bilim yurti devoriy gazetasida dastlabki sheriy mashqlarini elon qilib turdi. Bilim yurtida birga o'qigan sinfdoshi Qurbon Badaliyning xotirlashicha, Sulton Jo'ra ayniqsa, sheriyatga, pesalardagi rollarni ijro etishga juda qiziqar, shuningdek, musiqiy asboblarni yaxshi chertar va nihoyat, chaqqon futbolchi ham edi. Bilim yurtida 1928-1929-yillarda Bilim uchquni nomida ta'limtarbiyaviy, adabiy-fanniy oylik jurnal chiqarib turilgan; bu jurnalda Jalol Ikromiy, Tuyg'un, Ziyo Ikromiy, Hakim Homidiy, Kunashboev, Mavlon Ikromiy kabi talaba-ijodkor yoshlar qatorida Sulton Jo'raning ham asarlari bosilib turgan. Chunonchi, uning Erk qizi sheri shu jurnalning 1929-yilgi qo'shma sonida bosilgan. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 518.09 KB
Ko'rishlar soni 126 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:59 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 518.09 KB
Ko'rishlar soni 126 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga