Bolalar adabiyoti rivojlanish sari Reja: Adabiy ertak va uning bolalar adabiyoti taraqqiyotiga ta'siri. G'.G'ulom - bolalar shoiri va nosiri. Oybekning bolalik olami. H.Olimjon - bolalarning ertaknavis adibi. Tayanch tushunchalar: poeziya, proza, dramaturgiya, matbuot, adabiy ertak, ertak qissa, avtobiografik qissa, biografik qissa, masal, ertakdoston, tasvir, bayon, talqin, bolalarcha tafakkur. Asosan, sheriyat va hali hikoyachilik doirasida qolib kelayotgan bolalar adabiyoti 30-yillarga kelib, xalq ijodiyotiga keng va chuqur murojaat qilishga kirishib, o'z janriy imkoniyatlarini adabiy ertakning sheriy ertak, nasriy ertak, ertak-qissa, dramatik ertak singari xilmaxil oraliq shakllari bilan boyitish hamda to'ldirishga muvaffaq bo'la boshladi. Aslida XIX asrning so'nggi choragi va XX asrning 10-yillarida fors-tojik shoiri Ubayd Zokoniyning Mushuk ila sichqon qissasi (Xislat tarjimasi), rus adabiyoti namoyandalaridan I.A.Krilov, A.S.Pushkin, L.N.Tolstoy, K.D.Ushinskiy masallari, ertaklari va hikoyalarining o'zbek tiliga o'girila boshlanganligi, shuningdek, Saidrasul Aziziy va Abdulla Avloniylarning voqeaband sherlari, masallari hamda Hamzaning xalq rivoyati asosida yozilgan Bolaning yomon bo'lmog'iga sabab bo'lgan onaning jazosi sheriy ertagi, qolaversa, Abdulla Qodiriyning 20-yillarda xalq ertagi ruhida yozilgan Jinlar bazmi va Abdurauf Fitratning Qiyomat nasriy adabiy ertaklaridan o'z sarchashmasini olgan folklor syujetlari negizida bolalarbop asarlar yozish va shu asosda realistik o'zbek bolalar adabiyotini shakllantirish va rivojlantirish harakati 30-yillar arafasi va davomida chinakam yangi bosqichga ko'tarildi. Buning bir qancha sabablari va omillari bor edi. Birinchidan, ayni shu yillarda o'zbek folklorshunosligi ancha jonlangan edi, xalq qo'shiqlari va dostonlari qatorida ertaklarni yozib olish va nashr etishda samarali natijalarga erishila boshlandi. Bu ishda Elbek, G'ulom Zafariy va Shukur Sadulla singari bolalar adiblari ancha faollik ko'rsatdilar. Ayniqsa, Elbek bolalar folklorini to'plash yo'lida qizg'in izlandi, 1937-yilda o'zi to'plagan asarlar asosida tartib bergan Bolalar qo'shig'i to'plamini nashr ettirdi. Ikkinchidan, 30-yillarning boshlarida Bolalarga ertak kerakmi? Sehrli-fantastik ertaklar ular tarbiyasiga zararli emasmi?, - degan mavzularda boshlangan qizg'in bahs xalq ertaklariga munosabatni yanada chuqurlashtirishga xizmat qildi. Natijada, xalq ertaklari syujetlarini turli shakllarda ijodiy interpretatsiya qilish va shu asosda bolalarni xalq fantaziyasi olamiga olib kirish bir muncha jonlandi. Bu hol bolalar epik poeziyasining yuksalishi va dramaturgiyasining oyoqqa turishiga ijobiy ta'sir ko'rsatdi. Sirasini aytganda, bolalarga atalgan badiiy adabiyot yaratish an'anasining dastlab, adabiy ertak shaklida Daniel Defo, Jonatan Svift, Jan de Lafonten, Sharl Perro, Erix Rapse, aka-uka Yakob va Vilgelm Grimmlar, Vilgelm Gauf, Hans Kristian Andersen, Karlo Kollodi, V.Jukovskiy, P.Yershov va boshqalar ijodiyotida keng miqyosda namoyon bo'lganligi va o'zbek bolalar adabiyoti vakillarining ular tajribalarini ijodiy o'zlashtira boshlashlari jarayon qiyofasini belgilay berdi. Natijada, folklor va yozma bolalar adabiyoti munosabatlari ikki tomonlama chuqurlashishga kirishdi. Bolalar uchun ijod etish an'anasi hali yozuv bo'lmagan qadimgi zamonlardayoq onalar allalari, ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:32:11
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.4 MB
Ko'rishlar soni
115 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:59
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:32 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.4 MB
Ko'rishlar soni
115 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:59 ]
Arxiv ichida: doc