Bolalar adabiyoti taraqqiyot sari

Bolalar adabiyoti taraqqiyot sari

O'quvchilarga / Adabiyot
Bolalar adabiyoti taraqqiyot sari - rasmi

Material tavsifi

Bolalar adabiyoti taraqqiyot sari Reja: Ilyos Muslim - bolalar shoiri. Hakim Nazir - o'zbek bolalar realistik nasrining sohibkori. Mirkarim Osim - tarixiy-biografik qissanavis adib. Po'lat Mo'min bolalarning qo'shiqnavis shoiri. Qudrat Hikmat sherlarining badiiy-tasviriy xususiyatlari. Nosir Fozilov ijodida bolalar va o'smirlar ruhiyati talqini. Farhod Musajon - bolalar adibi va kinodramaturgi. Tayanch tushunchalar: tashbeh, taqvim, realistik nasr, roman, ocherk, lavha, novella, tarixiy-biografik, tarixiy-qahramonlik, tarixiymaishiy, fantastik, ertak-pesa, epizod, dramatik konflikt, voqeaband, kinoya, istehzo. Ilyos Muslim - bolalar shoiri (1909-1993) Bolalar uchun asar yaratishdek sermashaqqat va qutlug' ishga umrini bag'ishlagan Ilyos Muslim 1909-yilda Qirg'izistonning Bishkek shahrida cho'yan quyuvchi - hunarmand oilasida dunyoga keladi. I.Muslim 1927-yilning kuzida Toshkentga kelib, yerlar bilim yurtiga o'qishga kiradi. 1930-yilda u bilim yurtini muvaffaqiyatli tamomlagach, Qashqadaryoning Yakkabog' tumanidagi Shaman-qirg'iz va Sheroziy qishloqlarida o'qituvchilik qilib, yoshlarga bilim beradi. 1931-1942-yillarda Ilyos Muslim O'zbekiston davlat nashriyotida, badiiy adabiyot, yoshlar va bolalar adabiyoti nashriyotlarida turli lavozimlarda ishlaydi. Shoirning birinchi sherlar to'plami 1932-yilda O'suv nomi bilan kitobxonlar hukmiga havola etildi. 1934-yilda Zaharxandalar degan ikkinchi to'plami, Miqti keldi dostoni bosilib chiqadi. 1938-yilda esa Sherlar to'plami nashrdan chiqadi. 1942-1947yillarda harbiy xizmatda bo'lib qaytgan shoir yana adabiy ijodga qizg'in sho'ng'iydi. Shundan keyin uning birin-ketin Turnalar (1952), Bizning maktab (1954), Sening sovg'ang (1957), Tilla qo'ng'iz (1960), Ishchan asalarilar (1962), Oylar aytishuvi, Oyxon va rayhon (1964), Ko'rik (1969) kabi qator sheriy to'plamlari bolalar adabiyoti taraqqiyotiga hissa bo'lib qo'shildi. Shoir sherlarida o'ziga xos poetik obrazlar, o'xshatishlar ko'zga tashlanadi. Masalan, u bahor elchisi boychechakni ta'riflar ekan, uning yorqin detallari - rang va xususiyatlarini kichkintoylar tafakkuriga mos talqin etadi: Hali erimasdan qor, Dala, qirda gulbahor. Chiqdi mitti gul-chechak, May elchisi boychechak. Askar kabi turar tik, Barglari yashil, tetik. Uning rangi sariq, oq, Boshida kumush qalpoq. I.Muslim sherda obrazning kichkintoylar tasavvuriga xos ko'rimliligini ta'minlagan. Bahor dala-qirdan boshlanishi bejiz emas. Quyosh nuri eng ko'p tushadigan, iliqlik tafti ilgariroq seziladigan joy bepoyon qir-u dalalardir. Boychechak ham dastlab dala-tuzda yashnab ochiladi. U qadimda Navro'z elchisi sifatida bolalar quvonchiga sabab bo'lgan. Undan guldastalar yasashgan bolakaylar hovlima-hovli yurib, qo'shiq kuylab, boychechak ulashib, bahor xabarini berib, suyunchi olishgan. U haqdagi xalq qo'shig'ida qadimgi ajdodlarimizning ilk bahor kunlaridagi qozon to'ldi marosimi va bahor kelganiga ishora qilinadi. Shoir xalq orasida qadimdan bolalar tomonidan kuylanib kelinayotgan qo'shiqqa aniqlik kiritib, uning yangi qirralarini tasvirlaydi. May turfa gullarning qiyg'os ochilgan pallasi, boychechak esa uning dastlabki nisxonasi ekanligi shu tariqa bolalarga ayon bo'ladi. Bu jajji gulning askarga o'xshatilishi ham tasodif emas. Uning sovuq va erib ulgurmagan qordan qo'rqmay, bosh ko'tarib turishi askarlarga xos jasoratga qiyoslanmoqda. Kumush ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 668.54 KB
Ko'rishlar soni 111 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:59 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 668.54 KB
Ko'rishlar soni 111 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga