Bolalar adabiyoti yuksalishda

Bolalar adabiyoti yuksalishda

O'quvchilarga / Adabiyot
Bolalar adabiyoti yuksalishda - rasmi

Material tavsifi

Bolalar adabiyoti yuksalishda Reja: Xudoyberdi To'xtaboev - bolalarning sarguzashi va romannavis adibi. Miraziz Azam sheriyatining falsafiy-badiiy o'ziga xosligi. Safar Barnoev - bolalar shoiri va nosiri. Tursunboy Adashboev sheriyatida bolalik va tabiat munosabati ifodasi. Anvar Obidjon - bolalar shoiri, adibi va dramaturgi Xudoyberdi To'xtaboev - bolalarning sarguzasht va romannavis adibi (1932-yilda tug'ilgan) Xudoyberdi To'xtaboev - katta-yu kichik bolalarning sevimli adibi. U hozirgi o'zbek bolalar adabiyotida sarguzasht va fantastika janrlarining rivojlanishiga katta hissa qo'shib kelayotgan adib sifatida kitobxonga malum va mashhurdir. Xudoyberdi To'xtaboev 1932-yilning 17-dekabrida Farg'ona viloyatining O'zbekiston tumaniga qarashli Kattatagob qishlog'ida dehqon oilasida dunyoga keldi. Boshqa bolalar qatori Xudoyberdi ham poda boqdi, yer chopdi, paxta terdi, xullas, qishloqda bo'ladigan hamma mehnatlarda baholi qudrat ishtirok etdi, hayot nimadan iborat ekanligini yoshligidanoq bila boshladi. Bo'lajak adib ikkinchi jahon urushi yillarida o'qishni yig'ishtirib, dalada ketmon chopdi, hisobchilik qildi, mashaqqatli mehnat bilan suyagi qotdi. Qo'qon pedagogika bilim yurtini tamomlagan X.To'xtaboev ona qishlog'ida muallimlik qilar ekan, unda ilmga cheksiz ishtiyoq uyg'onadi. Shuning uchun ham u Toshkent davlat universitetiga o'qishga kirdi. Bu yerda Alisher Navoiy, Bobur, G'.G'ulom, Oybek, H.Olimjon, A.Qahhor asarlarini sevib o'qidi, o'rgandi. Universitetni tugatib, Bog'dod tumanida o'qituvchilik qildi. Ilmiy bo'lim mudiri, direktorlik lavozimlarida ishlab, yoshlarni ilm-fan nurlaridan bahramand etish ishlarida faoliyat ko'rsatdi. Sheriy mashqlari vaqtli matbuot sahifalarida elon qilina boshladi. Bu esa bo'lajak adibni markazga - Toshkentga ijodiy ish bilan jiddiy shug'ullanishga chorlar edi. Shunday ham bo'ldi. U 1958-yilda Toshkentga ko'chib keldi. Toshkent haqiqati gazetasiga ishga kirdi. X.To'xtaboev bolalikdan to'g'ri so'z, halol, pok va mehnatsevar bo'lib o'sganligi uchun, gazetada ishlar ekan, bazi nopok odamlarni ko'rib, ularning qilmishlarini hazm qila olmadi. Bunday kishilarning sirasrorlarini fosh etishga, el-yurt o'rtasida munofiqlarning yaramas tomonlarini ochib tashlashga qaror qildi. Bu borada unga feleton janri qo'l keldi. 1962-yilda Respublikamizning otaxon gazetasi - O'zbekiston ovoziga feletonchi bo'lib ishga o'tdi. Bu yerda 300 dan ziyod feleton yozdi. X.To'xtaboev bolalar uchun ham hikoyalar yarata boshladi. Uning Birinchi daraxtim, Qochoqlar, Qizg'anchiq, Dadajon, yozmang, Kelvordim, dada, Vali bilan Salim, Shoshqaloq, Yaxshi-yaxshi singari o'nlab hikoyalari yosh kitobxonlarda katta qiziqish uyg'otdi. X.To'xtaboev uzoq yillar feletonchi bo'lib ishlab, kishilarning yurak dardini, hasratini qunt bilan o'rgandi. Bunday shikoyatlarga sabab bo'layotgan shaxslarning xatti-harakatlarini mufassal bilib olishga intildi. Davrdan orqada qolgan, sarqit deb atalgan illatlar botqog'iga botgan, molu dunyoga hirs qo'ygan shaxslar haqida bir talay feletonlar yozdi. Sariq devni minib, Sariq devning o'limi nomli asarlari ana shu dalillarni umumlashtirish asosida yuzaga keldi, desak to'g'ri bo'ladi. X.To'xtaboevning birinchi yumoristik-sarguzasht qissasi bolalar hayotidan olingan Sehrli qalpoqchadir. U tez orada o'quvchilar hurmatiga sazovor bo'ldi. Zero, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 762.97 KB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:59 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 762.97 KB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga