Bolalar folklori. Xalq og'zaki badiiy ijodi - bolalar adabiyoti sarchashmasi

Bolalar folklori. Xalq og'zaki badiiy ijodi - bolalar adabiyoti sarchashmasi

O'quvchilarga / Adabiyot
Bolalar folklori. Xalq og'zaki badiiy ijodi - bolalar adabiyoti sarchashmasi - rasmi

Material tavsifi

Bolalar folklori. Xalq og'zaki badiiy ijodi - bolalar adabiyoti sarchashmasi Reja: Bolalar folklori tabiati. Bolalar folklorining janriy tasnifi. Allaning janriy xususiyatlari. Bolalar qo'shiqlarining janriy tarkibi va mavzuviy mundarijasi. Maqollar va ularning etnopedagogik ahamiyati. Ertaklar va ularning janriy tasnifi. Tayanch tushunchalar: aytim-olqish, erkalama, alla, taqvim, maishiy, etnopedagogik, poetika, tizim, ovutmachoq, qiziqmachoq, qaytarmachoq, etnografik, deklamatsiya, monoton, repertuar, kumulyativ, animistik, totemistik, yalinchoq, hukmlagich, cheklashmachoq, verbal, qiqillama, tegishmachoq, uzv, dialog, monolog, guldur-gup, chandish, arsenal, alliteratsiya, ritm, tabu, maqol, masal, mashoyix, oqin, hukm, paremik, paremiografiya, paremiologiya, sintaktik, saj, fetishistik, gallyutsinatsiya, inonch, versiya, mif, afsona, rivoyat, uydirma, tugun, sajiya, motiv, sayyor, allegoriya, antropomorfizm, folklorizm, stilizatsiya, tabdil. Bolalar folklori tabiati. Xalq og'zaki badiiy ijodiyoti xilma-xil adabiy tur va janrlarda namoyon bo'lgan hodisa sifatida kishilik jamiyati tarixida ko'p vazifali ijtimoiy-estetik mohiyatga ega so'z san'ati hisoblanadi. U hamma zamonlarda ham o'z ijodkori bo'lgan xalqning orzuarmonlarini ifodalab keldi, qolaversa, xalqning o'z-o'zinigina emas, balki bolalarning ham ma'naviy-axloqiy jihatdan shakllanishlarida muhim tarbiyaviy vosita vazifasini bajarmoqda. Bolalar xalq ijodiyotidan otabobolarining hayot tajribasini, mehnat va kurash ilmini o'rganib kelayotirlar. Ular xalq qo'shiqlaridan, dostonu ertaklaridan, afsonayu rivoyatlaridan sevish-sevilish, samimiyat, insoniylik, sabru qanoat, mehnatda fidoiylik, eng muhimi, otalari yashab obod etgan Vatan tuyg'ularini idrok etish asnosida yurt erki va ozodligi uchun kurashgan buyuk ajdodlari To'maris, Shiroq, Spitamen, Muqanna, Temur Malik, Jaloliddin Manguberdi, Mahmud Torobiy va Amir Temurlarning jasoratlaridan saboq olmoqdalar, yashash va yaratish romantikasidan surur tuymoqdalar. Binobarin, xalq ijodiyoti qadim zamonlardan hozirgacha bolalar uchun ham ezgulikni qadrlash va yovuzlikdan nafratlanish sabog'i bo'lib, avloddan avlodga o'tgani sayin muttasil to'lishib, mukammalashib, og'izdan-og'izga ko'chgani sayin tobora sayqallanib, xalq milliy ruhini teranroq aks ettirgan holda asrlar davomida avlodlar ma'naviy-axloqiy vorisligini ta'minlab keldi, jamoa ijodi namunasi sifatida xalq zakovatini, istedodini va til boyligini namoyish etdi, xalq uchun o'zligini anglash, o'z tarixini sevish vositasiga aylanib qoldi, eng muhimi, yozma adabiyotning bunyodga kelishida genetik asos vazifasini bajardi. Bu silsilada bolalarning o'z folklori ham muayyan rol o'ynadi. Binobarin, bolalar folklori - kichkintoylar olami bilan kattalar dunyosining o'zaro uyg'unlashuvi natijasida yuzaga kelgan o'yinlar, qo'shiqlar va musiqiy poetik janrlarning yaxlit tizimiga aylangan xalq og'zaki ijodiyotining o'ziga xos tarmog'idir. Biroq, o'zbek bolalar folklori namunalarini to'plash, nashr etish va ilmiy-estetik qimmatini o'rganishga uzoq zamonlar etibor berilmay kelindi. XX asrning dastlabki choragi oxirlarida bu ishga kirishilgan bo'lsada, u uzluksiz jarayonga aylanmadi. Elbek to'plab, tartib berib, 1937 yilda chop ettirgan Bolalar qo'shig'i to'plamidan O.Safarov tartib bergan O'zbek xalq ijodi seriyasida 1984 yilda bosilib chiqqan Boychechak to'plamigacha kechgan salkam yarim asrlik uzilish ushbu fikr dalili bo'la oladi. O'zbek bolalar folklorini o'rganish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 79.04 KB
Ko'rishlar soni 140 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:59 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 79.04 KB
Ko'rishlar soni 140 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga