Bolalar o'yin folklori

Bolalar o'yin folklori

O'quvchilarga / Adabiyot
Bolalar o'yin folklori - rasmi

Material tavsifi

Bolalar o'yin folklori Reja: Harakatli o'yinlar tizimi va tasnifi. ma'naviy (so'z) o'yinlarining poetik xususiyatlari Topishmoqlarning janriy xususiyati. Tez aytishlarning etnopedagogik ahamiyati. Tayanch tushunchalar: sof harakat, predmet, bir predmetli, ko'p predmetli, alliteratsiya, chandish, hukmlagich, guldur-gup, chorlama, sanama, tarqalmachoq, topishmoq, tutal, chalg'itma. Bolalar o'yinlarining xususiyati shundaki, ularda o'yinchi ham, tomoshabin ham - bolalarning o'zlari yagona bir siymoda birlashgan holda namoyon bo'ladi. Shu bois har bir o'yin - o'ziga xos betakror dramatik asarday, hayotning qay bir parchasi, qay bir dardi, qay bir muammosini aks ettiruvchi sahna asariga aylanadi, uning muallifi ham, sahnalashtiruvchisi ham, ijrochisi ham, tomoshabini ham - tag'in o'sha bolalarning o'zlari, o'zlari O'yinda bolalarning ijodkorlik salohiyatlari badihatan namoyon bo'ladi. Zero, bolalar o'ynab turib zavqlanadi, o'ynab kurashga tushadi, o'ynab mag'lubiyat alamini cheksa, o'ynab g'oliblik nashidasini suradi, o'ynab o'rganadi, o'ynab kashf etish va ijod qilish ilmini o'zlashtiradi, o'ynab kuylaydi, o'ynab hamkorlik va hamdardlik tuyg'usini tuyadi, o'ynab birlashadi va birlashmoq manfaatdorligini his qiladi, hatto o'ynab judo bo'ladi, yolg'izlanadi va yakkalik iztirobini chekadi. Shu zaylda o'yin ular uchun o'zlari yashayotgan va keyinchalik o'zlari o'zgartiradigan olamni anglash va idrok etish yo'lidagi eksperimentlariga aylana boradi. O'yinda harakat hayot manolarini ifoda etuvchi mano kasb etsa-da, asosan, taqlidiy mohiyatga ega. Bolalar faoliyatida taqlidchilikning yetakchi tamoyilga aylanishi sababi ham xuddi shu omil bilan bog'liq bo'lib, o'yindagi har bir taqlidiy harakat turmushning qay bir qirrasini aks ettiruvchi mano tashishi bilan o'ziga xos saboq kuchiga ega. Binobarin, o'yin - bolalar uchun hayotni o'rganish va o'zlashtirish vositasi, bolalar o'ynab turib yashashadi. O'yin shunday bir hayotki - bolalarning vujudini chiniqtiradi, aqlini peshlaydi, shakllantiradi va o'stiradi. Olamni anglash va o'zlashtirish mashqlaridan tarkib topgan bunday hayot - bolalar uchun jiddiy mashg'ulotdir. Shu manoda o'yinlar amaliy pedagogika, san'at va jismoniy tarbiyadan iborat yaxlit tizimning tengsiz boshlanmasi, binobarin, xalq pedagogik dahosining hosilalari hisoblanadi. Ularning malum qismi harakat zamirida voqe bo'lsa, malum qismi faqat so'z zamirida qurilgandir. Shu xususiyatiga ko'ra ularni HARAKATLI o'yinlar va MA'NAVIY (so'z) o'yinlari tarzida ikki guruhga ajratish mumkin. Harakatli o'yinlar tarkibi va vazifasiga ko'ra ma'naviy (so'z) o'yinlaridan tubdan farq qiladi. Ular hamisha kompozitsion tuzilishiga ko'ra uch qismdan iborat holda tarkib topishgan. Bular tubandagicha: 1.Muqaddima qismi. Buni debocha yo boshlamalar ham deyish mumkin. Muqaddima shovqin bilan aytiladigan yoki kuylanadigan chorlamalar, cheklashmachoqlar va sanamalarni o'z ichiga oladi. Bularning har biri mustaqil folkloriy hodisa bo'lib, muqaddimaning janriy tarkibini tashkil etadi. 2.O'yinning o'zi. 3.O'yin intihosi yoxud yakuni. Bunga tarqalmachoq janri kiradi. Shuni takidlash joizki, bunday tarkibiy tuzilish ma'naviy (so'z) o'yinlar uchun xos bo'lmay, faqat harakatli o'yinlar uchungina xos mushtarak ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 34.2 KB
Ko'rishlar soni 88 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:59 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 34.2 KB
Ko'rishlar soni 88 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga