Bugungi hikoyalarning o'ziga xosligi va taraqqiyot xususiyatlari Reja Hayotning mohiyatini, insonning hayotidagi o'rni, yashashdan maqsadi kabi masalalar mohiyatini ochib beruvchi hikoyalar. ma'naviy-axloqiy masalalar insonning ruhiy dunyosi orqali ochib berilgan hikoyalar. Inson qadr-qimmati masalasi yaratilgan, totalitar jamiyat illatlari fosh qilingan, mutelik psixologiyasining tub mohiyati inkishof qilingan psixologik hikoyalar. Tarixiy voqelik to'g'ri yoritilgan, tarixiy shaxslar faoliyatiga to'tri pozitsiyada bo'lgan tarixiy mavzudagi hikoyalar Keyingi yillarda o'zbek hikoyachiligida o'ziga xos uyg'onish, yangilanish jarayoni kechmoqda. Malumki, badiiy ijodda muayyan yo'nalishning vujudga kelishi tasodifan ro'y bermaydi, balki har qanday tamoyilning vujudga kelish tarixi, qo'lami, miqyosi va istiqboli bo'ladi. Badiiy adabiyotdagi tamoyillarining vujudga kelishi badiiy tafakkurdagi o'zgarishlar jarayonidan boshlanadi. Shunday o'zgarishni istiqbol berdi. Albatta yangicha tafakkurning samarasi yangicha qarashdagi ijoddir. Shunday ijodning biri Asqad Muxtorning «fano va baqo» hikoyasidir. Hikoya 1992 yilda totalitar jamiyat mafkurasidan holi mustaqillik tug'dirgan imkoniyat tufayli sharq falsafasi tamoyilida yozilgan. Unda insonning ikki dunyosi - fano va baqo xususida fikr yuritiladi. Sharq falsafasi «quron» va «Hadis»larda ilgari surilgan fikrlarga ko'ra, inson foniy dunyodagi hayoti uning oxiratini belgilaydi. Malumkisovet mafkurasi buni inkor qilganligi uchun ko'pchilik insoniylik mezonlariga qarshi yul tutishgan, oxiratni o'ylashmagan. Lekin hayot haqiqatidan malumki, butun umri fosikdikda o'tgan, uning evaziga hayoti yaxshi kechganligidan bu * xususida umuman o'ylab ko'rmagan kas ham o'limi ko'ziga ko'ringanda o'z gunohlarini tan oladi, vijdoni qiynaladi. Hikoyada xuddi mana shu xaqiqat Xolxo'ja va Ochil obrazlari faOliyatida ochib beriladi. Hikoyani o'qigan kitobxon qahramonlar qalbidagi diyonatsizlikning tub asosi totalitar tuzumning o'zida degan xulosaga keladi. Buni Xolxo'ja, Ochil ochiq etirof etishadi. Ularni ajal bo'tizidan olganda o'rtada shunday gap kechadi: «To'g'ri-yu, lekin hamma yomonlikni shu dunyodao'rgandik, shu yerda orttirdik barini. Odam bolasi dunyoga sof keladi, bu yerda orttirgan jamiki qabixliklarni, jinoyatu pastkashliklarni tashlab sof ketish kerak emasmi? - Bu gapingiz to'g'ri. Tirikchidik - asli tirriqchilik. U dunyoga ishonmiydi-da, ko'plar. Shuning uchun qo'rqmay kirdikorlarini qilaveradi. -Boqiy dunyoning borligi, uning ostonasiga kelganimizdagina yodimizga tushadi. Inson uning borligiga bir umr iymon keltirsa, kaptar kelib.quzgun ketmaydidorilbaqo ostonasida turgan kishi uchun fanoning o'zi ham, u tug'dirgan mudhish gunohlar ham hech nima emas. Faqat ularni bu dunyoga tashlab ketish kerak - Tashlab ketib bo'lar ekanmi - dedi Ochil, esankirab. -Bo'ladi,-dedi Xolxuja Kimgadir yorilish kerak. Yoriladiganing bo'lmasa yomon ichingda ketadi. Xayriyat mana Bu ularni baqo dunyo oldida tavba qilishlari edi. Lekin ular bu fano' dunyoda o'z hayotlarini imonsizlik asosiga ko'rganliklari tufayli o'lim chekingach, yana avvalgidek fosiqligini davom ettirishadi. Chunki ularning xamiri sotsialistik jamiyatning o'zidan, yani diyonatsizlik va imonsizlikdan qorilgan. asqad Muxtor hikoya qahramonlari faoliyati va xatti-harakatidan kelib chiqib, insonni ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:32:11
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.62 KB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:59
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:32 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.62 KB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:59 ]
Arxiv ichida: doc