Bugungi kunda o'zbek tili va adabiyoti faniga qo'yilgan talablar. DTS, o'quv dasturlari, yangi darsliklar tahlili Reja: 1. DTS, dastur, darsliklar tahlili. 2. o'quv materiallarining darslikda berilishi. 3. Mashqlar tizimi. 4. Metodik tavsiyalar. O'zbek tili mustaqil O'zbekiston Respublikasining davlat tili bo'lib, uning umumta'lim maktablarida o'qitilishi davlat ahamiyatiga molik masala sanaladi. O'shlarda ijodiy tafakkur, ijodiy izlanish, turli imkoniyatlardan eng maqbulini tanlay olish ko'nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish, ularni milliy qadriyatlarimiz, udum va an'analarimizga hurmat ruhida tarbiyalashda o'zbek tili fanining tutgan o'rni va imkoniyatlari benihoya kattadir. Ayniqsa, mustaqil Respublikamiz uchun tadbirkor va ijodkor insonni tayyorlash masalasi ko'ndalang bo'lib turgan bir sharoitda bu fanning o'qitilishi yanada muhimroq ahamiyat kasb etadi. ta'lim islohoti jadal suratlar bilan olib borilayotgan davrda echilishi lozim bo'lgan yana bir muhim masala - darslik muammosidir. Zero, «eski qolipda, mustabid davrda yozilgan darsliklardan foydalanib, eski mafkuradan xalos bo'lmasdan bolalarimizni yangicha fikrlashga o'rgatolmaymiz». Umumta'lim maktablarda o'zbek tili va adabiyotini o'qitishning asosiy maqsadi ham aynan shu: «Bolalarda ijodiylik, mustaqil fikrlash, ana shu ijodiy fikrni nutq sharoitiga muvofiq tarzda oQzaki va yozma shakllarda to'Qri, ravon, tushunarli hamda imkon darajasida ta'sirchan va qisqa, lo'nda ifodalash ko'nikmalarini shakllantirish kursning asosiy maqsadi, asosiy vazifasidir» (DTS). Bugungi kunda yetakchi olimlar hamda tajribali o'qituvchilar tomonidan yaratilgan o'zbek tili darsliklarida o'zbekcha nutqiy ko'nikmalarni shakllantirish, muloqot odobini o'rgatish, mustaqil fikrlaydigan inson tarbiyasi bosh maqsad qilib qo'yilgan. Bugungi kunda ta'lim boshqa tillarda olib boriladigan maktablarda quyidagi o'zbek tili darsliklaridan foydalanilmoqda: O'ar qanday tilni o'rgatishda o'quv materialining mazmuni muhim masala hisoblanadi. Yuqorida aytilganidek, o'quv materialini uning kelgusida foydaliligi nuqtai nazaridan tanlash, o'quvchilarga taqdim etishda esa fanlar orasidagi boQlanishga asoslanish yaxshi samara beradi. Fanlar orasidagi boQlanishni shartli ravishda uch guruhga ajratish mumkin: 1. Malumki, o'zbek tili va o'zbek xalqining tarixi bir-biri bilan chambarchas boQliq. Xalq tarixida ro'y beradigan o'zgarishlar eng avvalo tilning luQat tarkibida ko'rinadi. So'z birikmasi va iboralarning kelib chiqishi, etimologiyasi haqidagi ma'lumotlar ta'lim mazmunining bolalar uchun qiziqarli bo'lishini ta'minlaydi. Masalan, ko'p o'quvchilar fors-tojik, arab va Yevropatillaridan o'zbek tiliga turli so'zlar o'zlashganini biladilar, biroq o'zbek tilidan boshqa tillarga ham so'zlar o'tganini eshitmaganlar. Ularni bunday ma'lumotlar bilan tanishtirish o'zbek tiliga qiziqishlarini uyQotishi shubhasiz: ochag (o'choq), utyug (o'tliq), Orenburg (o'rin-burun), Saratov (sariq toQ), kazan (qozon), brak (birlik) kabi yuzlab, hatto minglab so'zlar boshqa tillarga o'zlashgan. 2. Tillarni qiyoslab o'rgatish. Ayniqsa, ikki tillilik va ko'p tillilik sharoitida bunday ma'lumotlar o'ta muhimdir. Turkiy tillar yoki barcha tillar uchun umumiy bo'lgan xususiyatlar haqida ma'lumotlar berish o'quvchilarning til hodisalariga bo'lgan qiziqishini oshiradi. 3. Maktablarda boshqa fanlardan olingan ma'lumotlar. Biz boshqa ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:32:11
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
31.42 KB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:59
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:32 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
31.42 KB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:59 ]
Arxiv ichida: doc