Bugungi o'zbek romanida davr, tarix. zamon masalasi

Bugungi o'zbek romanida davr, tarix. zamon masalasi

O'quvchilarga / Adabiyot
Bugungi o'zbek romanida davr, tarix. zamon masalasi - rasmi

Material tavsifi

Bugungi o'zbek romanida dazr, tarix. zamon masalasi RYeJA: 1. Romanning jamiyat ma'naviy taraqqiyotida, inson kamolotida tutgan o'rni, Analitik qahramonga ega bo'lgan romanlar. 2. Tarixiy va ijtimoiy voqelik o'zining haqikiy ifodasini topgan romanlar. Z. Totalitar tuzum illatlari tub mohiyati ochib berilgan romanlar. 4. Roman janridagi izlanishlar: modernistik yo'nalishdagi romanlarning yuzaga kelishi. Sirtdan qaraganda hozirgi davr adabiyoti zksperimental adabiyotdek taassurot qoldiradi. Haqiqatan ham keyingi yillar shunday asarlar (Omon Muxtorning «Ko'zgu oldidagi odam», «Tepalikdagi xaroba», «Ffu» romanlari, Shoim Bo'taevning «Muyo'lishdagi uy» qissasi va b.) vujudga keldiki, ularning zamirida yotgan adiblar niyatini maxsus tayyorgarliksiz anglash qiyin. Chunki an'anaviy uslubda emas, g'arbning modernistik abiyot deb atalmish yo'nalishida yozishgan. Malumki, bu tarzdagi, abiyotda obyektiv olam, voqelik, inson, uning xatti-harakati, u yashagan yoki yashayotgan jamiyat muhiti, mafkurasi yozuvchining tasvir obyekti bo'lmay, balki insonning ularga munosabati, to'g'rirogi, Uning tafakkur yo'nalishi asosiy obyekt sanaladi. Kitobxon bevosita qahramon bilan emas, uning tafakkuri bilan munosabatga kirishadi, qahramon esa yozuvchi tomonidan yaratilgan inson emas, tabiiy harakati, shuuri ila go'yo o'zini-o'zi yaratgan (albatta, shartli ravishda), yozuvchini o'z ong oqimi yo'nalishiga soladigan intellektual shaxsdir. Lekin adabiyotshunoslik ilmidan malumki, insonni bir holatdan ikkinchi holatga soladigan, ezg'ulikka undaydig'an, komil ineonga aylantiradigan narsa shakl, katta falsafiy tafakkur emas, shu tafakkurning asos-zaminida yotgan mohiyatdir. Agar biz hozirgi romanlarga shu mohiyat nuqtai nazari bnlan yondashsak, ular shaqlan yangi bo'lgani bilan mazmunan asl o'zbek adabiyoti an'analarini eslatadi. Biz adabiyotda insonning baxti va baxtsizligi, boshiga tushgan kulfat va fojiasiga jamiyat aybdor deb sharhlashga o'rganib qolganmiz. Lekin jamiyat abstrakt narsa ekanligin, u inson faoliyati orqali realikka aylanishini, say-harakati tufayli yuzaga kelishini, inson manfaatlari uchun ijobiy yoki salbiy rol o'ynashi uni boshqaruvchi insonga bog'liqligini uylab ko'rmaymiz. Hatto mumtoz adabiyotdagi ' adolatli shoh obrazi talqiniga dunyoqarashning cheklanganligi deb unga qarshi chiqqanmiz. Antik dunyo adabiyotining tamal toshini qo'ygan Esxil, Evripid, Sofokllarning taqdiri azallik g'oyasiga ham qarshi chiqib, uni inkor qilganmiz. Lekin botinan hamisha bir narsaga tan berib kelganmiz va his qilganmiz. Yani inson ziynatidagi insoniy xususiyatlar - hallollik, diyonatlilik, iymonlik uning taqdirida katta ijobiy rol o'ynashini. Malumki, bu ijtimoiy masala islom dini ta'siridagi adabiyotning bosh masalasi hisoblangan. Butungi kunda buni haqiqat ekanligini ochiqchasiga tan ola boshladik. «Ffu» romani asosida xuddi shu masala yotadi. Adib kechagi o'zi yashagan hayotga va uning hosilasiga Sharq falsafasi nuqtai nazaridan yondashib, o'z qarashlarini asoslaydi. Bu borada o'zining hayotini bosh qahramoni Mulla Toshpo'lat va uning oilasi faoliyati tasvirida ishontiradi. Malumki, insonning barcha harakati ham faoliyat bo'lmaydi. Malum bir insoniy ehtiyoj; maqsad sari qaratilgan harakatgina faoliyat sanaladi. Shoyim Bo'taevning «qo'rg'onlangan oy» romanidagi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.87 KB
Ko'rishlar soni 147 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:59 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.87 KB
Ko'rishlar soni 147 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga