Chet el bolalar adabiyoti Reja: Chet el bolalar adabiyotining an'analari. Aka-uka Grimmlar ertaklarining muhim xususiyatlari. Sh.Perro va X.Andersen - adabiy ertaknavis adib. J.Svift va J.Rodari asarlarining g'oyaviy-badiiy xususiyatlari. Chet el bolalar adabiyotining an'analari. Chet el bolalar adabiyoti jahon adabiyoti namunalari sifatida xalq og'zaki ijodi, eng qadimgi adabiy yodgorliklari, mif va afsonalar, qo'shiqlar bilan chambarchas bog'liqligi, axloqiy-tarbiyaviy mohiyati, didaktik tamoyillari hamda jahon xalqlari bolalariga bag'ishlangan asarlarning tasniflanishi, ularning taraqqiyot tamoyillari, janrlar rang-barangligi yuzasidan tushuncha berishni ko'zda tutadi. Jahon bolalar adabiyoti, dastlab, didaktik adabiyot namunasi sifatida XVII - XVII asrlarda paydo bo'lgan. So'ngra, bu adabiyot o'zining betakror ko'rinishlari orqali dunyoga tanildi. Barcha xalqlar bolalar ijodkorlari, eng avvalo, o'z mamlakatlarining xalq og'zaki ijodiga murojaat qilgani umumiy hodisadir. Masalan, Sharl Perro kichik kitobxonlarga dastavval, folklordan oziqlangan va badiiy sayqal berilgan eng yaxshi adabiy ertaklarni taqdim etdi. XIX asr romantiklarining faoliyati keng kitobxonlar ommasiga xalq og'zaki ijodi va har bir xalqning milliy-adabiy manbaalarini ochib berdi. Jumladan, bu bolalar adabiyotining rivojlanishiga ham o'z ta'sirini ko'rsatib, aka-uka Grimmlar, H.K.Andersen va boshqa ko'pgina ijodkorlarning adabiy hamda xalq ertaklari to'plamlari paydo bo'lishiga turtki bo'ldi. Natijada, kichik kitobxonlar endilikda ham kitob, ham o'z tengqurlari hayoti aks ettirilgan badiiy tasvirlarni qo'liga ola boshlagan. Binobarin, bolalar adabiyoti katta adabiyotning mustaqil tarmog'iga aylanishida bu jarayon muhim omil hisoblanadi. Romantizm insonning ruhiy rivojlanishdagi o'z-o'zini anglash davri - bolalikda kashf etilishini ochib berdi. Romantiklar asarlarida bolalik insonning o'zidagi bebaho ichki olam sifatida, shuningdek, teran mohiyati va ajoyibotlari bilan kattalarni ham o'ziga rom etuvchi davr tarzida talqin qilinadi. Kattalik esa xuddi eng samimiy va bolalarcha beg'uborliq tark etilgan davr sifatida yoritiladi. Shuni tan olish kerakki, romantizm nafaqat bolalikni kashf etdi, balki uni eng sof mukammallik namunasi hamda mehr-shafqat timsoli sifatida insonga meros qilib qoldirdi. Realistik tamoyillarning rivojlanishi, ruhiyatshunoslikning chuqurlashishi bilan bolalar adabiyotida keng qamrovli, ko'p qirrali bolalik obrazi mustahkamlandi. Bunda yozuvchilar insoniyat rivojlanishi ibtidolari, yosh inson xarakterining tub-tubiga etib, bola ichki dunyosining murakkabliklariga asta-sekinlik bilan kirib borib, uning mutanosiblikda va ziddiyatlarda, hayotning yorqin hamda qorong'u va qayg'uli onlarining kurashlarida shaxs sifatida shakllanishini ochib berishdi. Eng yaxshi yozuvchilar ijodini aniqlovchi asosiy vosita - bu bolalikka ishonch, ulg'ayib kelayotgan insonga hurmat, unda rivojlanishning bor imkoniyatlarini, sarchashmalarini hamda asosiy omillarini ko'ra olish qobiliyatining borligidir. XX asr o'zining keskin ijtimoiy muammolari, o'tkir ziddiyatlari, siyosiy qarashlari bilan bolalar adabiyotini ham o'zgartirib yubordi. Dunyoning dahshatlari kichik kitobxon asari sahifalariga kirib bordi. Ularning qahramonlari - ijtimoiy jonzotlar, ular o'z hollaricha insonga nisbatan qilingan vahshiylikka qarshi borishadi, o'zlarining do'stlikka, muhabbatga bo'lgan huquqlarini talab qilishadi ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:32:11
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
35.83 KB
Ko'rishlar soni
170 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:00
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:32 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
35.83 KB
Ko'rishlar soni
170 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:00 ]
Arxiv ichida: doc