Cho'lpon ijodi R e j a Cho'lpon - yangi o'zbek lirikasining asoschisi. Cho'lponning tarjimai holi. Cho'lpon ijodiy evolyutsiyasining asosiy bosqichlari. Cho'lponning ma'rifatparvarlik ruhidagi asarlari. Cho'lpon ijodiy yo'lining yetuklik bosqichi. Cho'lpon lirikasi. Cho'lpon dramalari. Tanqid va adabiyotshunoslikda Cho'lpon ijodining o'rganilishi. Abdulhamid Sulaymon o'g'li Cho'lpon XX asr sheriyatining yirik vakili, o'zbek nasri, dramaturgiyasi, tanqidchiligiga katta hissa qo'shgan mutafakkirdir. Cho'lpon, Qalandar, Mirzaqalandar, Andijonlik kabi taxalluslar bilan ijod qilgan. Abdulhamid Sulaymon 1897 yilda Andijonda Qatorterak mahallasida tug'ilgan. Uning onasi uy bekasi bo'lgan, otasi Sulaymonqul Mulla Muhammad Yunus o'g'li dehqonchilik, hunarmandchilik, bazzozlik bilan shug'ullangan. Cho'lponning otasi zamonasining peshqadam ziyolilaridan bo'lgan, Rasvo taxallusi bilan g'azallar yozgan. Abdulhamid avval eski maktabda o'qiydi, yaxshilab xat-savodini chiqargach, Andijon va Toshkent madrasalarida tahsil ko'radi, arab, fors, turk tillarini mukammal egallaydi. U yoshligidayoq sharq adabiyotini shu qadar sevib qoladiki, butun umri davomida Firdavsiy, Hofiz, Sadiy, Umar Hayyom, Rumiy, Navoiy, Tavfiq Fikrat, Nomiq Kamol, Abdulla To'qay kabi buyuk so'z san'atkorlarining asarlarini yod olishdan to'xtamaydi, ular haqida hayajonli maqolalar yozadi. Zamona zaylini chuqur his etgan Cho'lpon Andijonda yangi ochilgan rus-tuzem maktabiga ham kirib o'qiydi, u yerda bir qancha dunyoviy ilmlarni, ayniqsa, rus tilini mukammal o'rganadi. Shunday qilib, Cho'lpon 16-17 yoshlaridayoq ham sharqona, ham evropacha puxta ma'lumot olgan, ilg'or fikrli ziyoli bo'lib etishadi. U 1913-14 yillardan ijod qila boshlaydi. Uning dastlabki asarlari Sadoi Turkiston, Sadoi Farg'ona kabi mahalliy gazetalarda, shuningdek, Orenburgda chiqqan Sho'ro jurnalida bosiladi. Cho'lponning dastlabki asarlariga Vatanimiz Turkistonda temir yo'llar, Adabiyot nadur? kabi maqolalari, O'sh ocherki, Qurboni jaholat feletoni, Doktor Muhammadiyor hikoyalarini kirgizish mumkin. Adabiyot nadur? degan maqolasida Cho'lpon adabiyot bahonasida Turkistonning istiqboli haqida qayg'uradi, xalqning kelajagini ta'minlaydigan omillar To'g'risida mulohaza yuritadi. U yozadi: Hech to'xtamasdan harakat qilib turgan vujudimizga suv, havo naqadar zarur bo'lsa, maishat yo'lida har xil qaro kirlar ila xiralangan ruhimiz uchun shul qadar adabiyot kerakdir. Adabiyot yashasa millat yashar Bu mulohazalar bugun ham o'z qimmatini yo'qotgan emas. Doktor Muhammadiyor hikoyasi XX asr boshlaridagi o'zbek ma'rifatchilik adabiyotida o'ziga xos o'rin tutadi. U badiiy jihatdan zaifroq, tasvir o'rniga bayonchilik ustun, qahramonlar jonli xarakter kasb yetmagan. Ammo shunga qaramay, adibning Turkiston taqdiri haqida kuyib-yonib o'ylashi, xalqni jaholat botqog'idan, nodonlik iskanjasidan qutqaruvchi samarali omillarni izlashi aniq sezilib turadi. Keyinchalik Cho'lpon O'sh haqidagi safarnomasini yozadi. Shundan keyin sekin-sekin sheriyatga qo'l ura boshlaydi. Uning birinchi sheri Turkistonlik qarindoshlarimizga (1914 yil, Sadoi Turkiston gazetasida), Turkiston salomi (Hurriyat gazetasida) chiqqan. Cho'lponning 1913-17 yillardagi ijodini birinchi bosqich deb olsak, shoir bu bosqichda chinakam muvaffaqiyatga erisha oldi deyish qiyin. 1917 yillarda Cho'lpon ijodining yetuklik bosqichi boshlangan. Bu davrga ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:32:11
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.47 KB
Ko'rishlar soni
119 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:00
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:32 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.47 KB
Ko'rishlar soni
119 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:00 ]
Arxiv ichida: doc