Cho'lponning Kecha va kunduz romanida milliy urf - odatlarimizning aks ettirilishi

Cho'lponning Kecha va kunduz romanida milliy urf - odatlarimizning aks ettirilishi

O'quvchilarga / Adabiyot
Cho'lponning Kecha va kunduz romanida milliy urf - odatlarimizning aks ettirilishi - rasmi

Material tavsifi

Cho'lponning Kecha va kunduz romanida milliy urf-odatlarimizning aks ettirilishi Reja: 1. Romanning yaratilish tarixi. 2. Milliy an'analarimizning yorqin ifodasi. 3. Zebinisa - Sharq ayolining ma'naviy qiyofasi. Ko'hna va boy tarixga, noyob madaniyat va yuksak ma'rifatga ega o'zbek xalqining an'ana va sharqona urf-odatlari ham qadimiydir. O'zbek xonadonlarida bo'lib, nikoh to'ylarda va kelinning hayitliklarida qatnashgan fransuz jurnalisti F.Leus xonim buni alohida takidlab: O'zbek xalqining jahon xalqlari o'rgansa arzigulik an'ana va milliy qadriyatlari bor, - degan edi. Darhaqiqat, ulug' bobolarimizdan meros uch ming yillik madaniyat va ma'rifatimiz, milliy qadriyatlarimiz shu uch ming yil mobaynida goh gurkirab rivojlanib, jahonga o'zligini namoyon etgan bo'lsa, goho temir sandiqlar ichida zanjirband etilib, uning o'rniga baynalminal urflar, qadriyatlar hayotimizga majburan singdirildi. Shukrlar bo'lsinki, erishgan istiqlolimiz bunga barham berdi va unut bo'lib borayotgan milliy urf-odatlarimiz yana bo'y ko'rsata boshladi. Prezidentimiz: O'tmish orqali olg'a boraylik, - deganlaridek, biz o'zbekning sadoqatli va asl farzandlari Mahmudxo'ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy va Abdulhamid Cho'lpon asar-larini o'qir ekanmiz, o'zbek milliy qadriyatlari qadimiyligi bilan to'laligicha ko'z o'ngimizda namoyon bo'ladi. Olmos yanglig' serqirra ijod egasi bo'lgan Abdulhamid Sulaymon o'g'li Cho'lpon o'z xalqining milliy qadriyatlarini kuylagani, uni mutelikdan uyg'otib, erkin nafas olishga chorlagani uchun 1938 yilda millatchilikda ayblanib, qatl qilingan edi. Istiqlol tufayli Cho'lpon o'z asarlari bilan yana xalqi bag'riga qaytdi. Bugun biz uning nomini qo'rquv va hadik bilan emas, balki qalb to'la faxr bilan tilga olamiz, asarlarini ishtiyoq va oshuftalik bilan o'rganamiz. Uning bizga tanish bo'lgan Kecha va kunduz romani o'tgan asrning tahlikali yillari haqida hikoya qiladi. U 1934 yilda Kecha va kunduz romanini yozib, o'zining yozuvchilik qobiliyatini namoyon etadi. Nazm va nasrda ham, dramaturgiyada ham ijod qilgan adibimizning bu romani aslida Kecha va Kunduz kabi ikki kitobdan iborat bo'lishi kerak edi. Lekin uning faqat Kecha qismi bizgacha etib kelgan bo'lib, 1-bobi 1935 yilda Sovet adabiyoti jurnalida bosilgan. 1936 yilda roman to'liq chop etilgan. Asarning Kunduz qismi yozib tugallanganligi haqida ayrim ma'lumotlar bor. Balki, yozuvchi qatag'on qilinganda kitob qo'lyozmasi ham yo'q qilingandir.Nima bo'lganda ham asarning Kecha qismining o'zi o'zbek adabiyotining ulkan merosi bo'lib qoldi. Yozuvchi qahramonlari Zebi, uning onasi Qurbonbibi va hattoki johil Razzoq so'fi singari oddiy xalq vakillarining hayot to'siqlari oldida ilojsizliklarini o'zi boshidan kechirayotgandek alam bilan tasvirlasa, Eshonbobo, Akbarali mingboshi, noyib to'ralarning zamona zo'rniki deganlariday, o'zbek milliy urf-odatlarini ham o'z xohish-istaklariga bo'ysundirishlarini ichki bir nafrat bilan tasvirlaydi. Romanda Zebi bosh qahramon bo'lmasa-da, u ishtirok etgan voqealar tasviriga ko'p o'rin berilgan. Kitobxon Zebi obrazi orqali asarda tasvirlangan voqealar oqimiga kirib borar ekan, o'sha davrda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.57 KB
Ko'rishlar soni 129 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:01 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.57 KB
Ko'rishlar soni 129 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga