Dostonlar matnida alohida guruhni tashkil etuvchi so'zlar Reja: 1. Dostonlar matnida alohida guruhni tashkil etuvchi so'zlar Dostonlar matnida modal so'zlar 3. Undov so'zlar 4. Imperativ undov so'zlar 5. Taqlid so'zlar 6. Ko'rsatish undov so'zlar Hozirgi o'zbek adabiy tilida alohida guruhni tashkil etuvchi so'zlar tarkibiga modal so'zlar, undov va taqlid so'zlar kiritilgan. Modal so'zlar munosabatni nomlasa, undov so'zlar his-hayajonni tasvirlasa, taqlid so'zlar tovush yoki ko'rinishga taqlidni ifodalaydi. Modal so'zlarning o'zgarmasligi va manosi ularni yuklamalarga juda yaqinlashtiradi. Modal so'zlarning yuklamalarga juda yaqin kelishini ko'rsatuvchi sintaktik tomoni, ayni paytda uni yuklamalardan farqli ekanligini ham ko'rsatadi. Undov va yuklamalar ikki tomoni bilan yaqinlashadi. Birinchidan, undov va yuklama morfologik jihatdan o'zgarmasdir. Ikkinchidan, undov va yuklamalar semantik jihatdan emotsional-ekspressiv mano ifodalaydi. Taqlid so'zlar o'zgarmasligi yuklama, undovlar, modal so'zlarga yaqinlashtiradi. Taqlidiy so'zlarning ulardan farqli tomoni u qanday? qanaqa? so'roqlariga egaligi hamda sintaktik vazifa bajarishidir. Dostonlar matnida modal so'zlar Tilshunoslikda modal so'zlarni manolariga ko'ra tasnif qilishda olimlarning turli xil qarashlari mavjud. «O'zbek tili grammatikasi»da modal so'zlar 2 guruhga bo'lingan: fikrni aniqligini ifodalash uchun xizmat qiluvchi modal so'zlar; fikrning nomaniqligini ifodalash uchun xizmat qiluvchi modal so'zlar. Bular esa yana bir necha guruhlarga bo'lib o'rganilgan. Biz dostonlar matnidagi modal so'zlarni o'rganib chiqqan tasniflar va to'plangan manbalar asosida quyidagicha tahlil qilishni lozim topdik. 1. So'zlovchining o'z fikriga ishonchini va uni tasdiqlash orqali voqelikka bo'lgan munosabatini ifodalovchi modal so'zlar. 2. So'zlovchining gapda ifodalangan fikrning noaniqligini, gumonligini va u orqali munosabatini ifodalovchi modal so'zlar. 3. So'zlovchining o'z nutqini emotsional baholash va u orqali voqelikka munosabatni bildiruvchi modal so'zlar. 4. So'zlovchining fikrini ifodalash shakli va u orqali voqelikka munosabat bildiruvchi modal so'zlar. 5. Zarurat, lozimlik, yuklash manosini anglatadigan modal so'zlar. 1. So'zlovchining o'z fikriga ishonchini va uni tasdiqlash orqali voqelikka bo'lgan munosabatini ifodalovchi modal so'zlar. Bu so'zlar matn tarkibidan ajratib olinganda konkret mano ifodalamaydi. Ular faqatgina bog'li qurshovda modal munosabat hosil qiladi. Mazmun jihatdan umumiy modallik manosi bir qancha xususiy manolar orqali namoyon bo'ladi. ishonch manosi: Vafosi yo'q bunday shohlik davlatdan Boshim olib ketay, bundan, albatta (Rus.352). «Bu bola bir katta yerdan chiqqan bola-da: yo bir podshoning bolasi yo bir aslzod bir oqsuyak eshonning bolasi, albatta», - deb (Rav.22). Albatta, bu bolasning ota-enasi bor (Rav.22). Albatta, bu elning kattasi shul-da(Alp.36). 1-misolda albatta (A.i=31; R.i=4) ML «ishonch» manosi bilan «tasdiq» manosi birga qo'llangan bo'lsa, 2-misolda esa «ishonch» manosi ustun kelgan. 3-4 misollarda esa «ishonch»dan ko'ra «tasdiq» manosi kuchliroq voqelashmoqda. 2) tasdiq manosi: Mayling, qanday ot minib borsang, - dedi (Alp.112). Rost, «otam otini qistamagan», ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:32:11
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
36.61 KB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:01
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:32 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
36.61 KB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:01 ]
Arxiv ichida: doc