Dostonlar tilida umumiy kategorial manoga ega bo'lgan so'zlar (ot so'z turkumi, kelishik, egalik, kuplik)

Dostonlar tilida umumiy kategorial manoga ega bo'lgan so'zlar (ot so'z turkumi, kelishik, egalik, kuplik)

O'quvchilarga / Adabiyot
Dostonlar tilida umumiy kategorial manoga ega bo'lgan so'zlar (ot so'z turkumi, kelishik, egalik, kuplik) - rasmi

Material tavsifi

Dostonlar tilida umumiy kategorial manoga ega bo'lgan so'zlar Reja: Ot so'z turkumi 2. Kelishik kategoriyasi 3. Egalik kategoriyasi 4. Ko'plik kategoriyasi Umumiy kategorial mano deganda so'zning malum bir so'z turkumiga mansubligi asosida belgilanadigan abstrakt grammatik mano tushuniladi. So'zning umumiy xususiyatini uning mano, qurilish, xilma-xil vazifalarni bajarish kabi ko'plab belgilari tashkil qiladi. So'z mana shu xilma-xil qirralarni o'zida mujassamlashtiruvchi zot sifatida tilda va ongimizda yashaydi. Masalan, daraxt, suv, uy, uyqu, tosh so'zlari uchun umumiy bo'lgan predmetlik manosi; uzun, qisqa, go'zal, achchiq, nordon, yashil so'zlari uchun umumiy bo'lgan belgi manosi; bor, yugur, kel, o'yna, o'rgan, chiniq so'zlari uchun umumiy bo'lgan harakat manosi kategorial manosidir. So'zga serqirra hodisa sifatida yondashar ekanmiz, so'zlarning har bir qirrasini nisbiy mustaqil deb tan olishimiz, ulardagi umumiylik (o'xshatish) va xususiyliklarni (farqliklarni) aniqlash, ularni guruhlarga ajratish, boshqacha aytganda, malum tasniflashni amalga oshirishimiz lozimdir. Kategorial manoga ega bo'lgan so'zlar manoviy jihatdan quyidagicha guruhlashtiriladi: 1. Ot so'zlar. 2. Sifat so'zlar. 3.Son so'zlar. 4. Olmosh so'zlar. 5.Fel so'zlar. 6.Ravish so'zlar. So'zlarning semantik qurilishi tabiati, umumiy va xususiy manolar hamda shu asosda tasnifning ham umumiylikdan xususiylikka borishi yoki xususiylikdan umumiylik tomon ko'tarilish qonuniyati yotadi. Biz quyida mavzu talabidan kelib chiqqan holda kategorial so'zlarning xalq dostonlarida qo'llanish imkoniyatlari xususida to'xtalamiz. Tahlil jarayonida kategorial so'zlarni to'liq emas, bizningcha, adabiy tildan farqli hisoblangan muhim xususiyatlari atrofida mulohaza yuritishni lozim topdik va shu asosda tegishli xulosalarga keldik. Ot so'z turkumi Borliqdagi har qanday mavjudot kabi ot so'zlar ham serqirradir. Ularda moddiylik, qurilish, tarixiy-etimologik, maxsuslik, mano, shakl, qo'llanish, uslubiy bo'yoq va boshqa jihatlar bor. O'zbek xalq dostonlari tilida jins (rod) kategoriyasi ham ko'zga tashlanadi. Jins kategoriyasi biologik rod va grammatik rod kategoriyalaridan iborat. Ular o'zaro chambarchas bog'liq. Jins kategoriyasi jonli predmetlarning jinsini anglatuvchi so'zlardir. So'zlarda «erkaklik» va «ayollik» jinsi turli vositalar bilan ifodalanadi. 1. Leksik-semantik vositalar orqali. 2. Morfologik vositalar orqali. 1. Leksik-semantik vositalar - bular jins manosini atovchi so'zlar orqali yasaladi. Mano xususiyatiga ko'ra so'z tarkibidagi manolar quyidagicha bo'ladi: 1) Shaxs manolari: «erkak jinsiga mansub» manolar ota (A.i=195; R.i=24), yer (A.i=44; R.i=7), o'g'il (A.i=38; R.i=70), og'a (A.i=8; R.i=3), ini (A.i=12), bova (R.i=3), alp (A.i=100; R.i=2), ko'sa (A.i=1; R.i=43), yigit (A.i=12; R.i=27), mard (A.i=27; R.i=78) kabi; ayol jinsiga mansub manolar opa (A.i=1; R.i=6), xotin (A.i=16; R.i=6), juvon (A.i=1; R.i=11), qiz (A.i=107; R.i=60), amma (A.i=4), momo (A.i=10; R.i=12), ena (A.i=64; R.i=211), buvish (A.i=11; R.i=9), oyim (A.i=60; R.i=22), bikach (A.i=20). Bu so'zlar ham o'z navbatida quyidagicha bo'linadi: a) qarindoshlik atamalari asosidagi jins bildiruvchi so'zlar. «Oila-qarindoshlik terminlari o'zlarining xarakterli xususiyatlariga qarab, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 36.11 KB
Ko'rishlar soni 133 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:01 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 36.11 KB
Ko'rishlar soni 133 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga