Dostonlar tilida umumiy nokategorial manoga ega bo'lgan so'zlar Reja: Kirish 2. Dostonlar tilida umumiy nokategorial manoga ega bo'lgan so'zlar Ko'makchi so'z turkumi 4. Sof ko'makchi so'zlar 5. Funksional ko'makchi so'zlar 6. Bog'lovchi so'z turkumi 7. Teng bog'lovchi so'zlar Umumiy kategorial manoga ega bo'lmagan so'zlar mustaqil leksik manoga ega bo'lmaydi, gapda mustaqil bo'lak vazifasida kela olmaydi. Ular turli xil grammatik manolarni ifodalaydi. Shu xususiyatiga ko'ra ular yordamchi so'zlar sanaladi. Yordamchi so'zlarning o'rganilish tarixini kuzatish shuni ko'rsatadiki, yordamchi so'zlar sirasi masalasi ham oxiriga yetmagan. Ayrim birliklarning qaysi guruhga kirishi munozarali bo'lsa (-ki, -kim, -gina), ayrimlarini muayyan guruhga hamma beistisno kiritsa-da, bazi vazifalari o'z guruhi umumiy manosiga mos kelmay qoladi. Bu fikrdagi mulohazalarni quyidagi sxemada tasvirlash mumkin: Ko'makchi so'z turkumi Hozirgi o'zbek adabiy tilida qo'llanilayotgan ko'makchilarning ko'pchilik qismi bu tilda ancha ilganidan mavjud. Bir tomondan, ulardan ayrimlari ilgari qanday mano ifodalagan bo'lsa, hozir ham shu manolarini saqlagan, ikkinchi tomondan ko'makchi so'zlar sistemasida turli xil o'zgarishlar yuz berdi: yangi ko'makchilar paydo bo'ldi, ayrim ko'makchilar istemoldan chiqdi, ayrim ko'makchilarning mano va vazifasida o'zgarishlar bo'ldi. Ko'makchilar o'z leksik manolariga ega bo'lmasa-da, vazifasiga ko'ra bir-biridan farqlanadigan va o'z grammatik manosiga ega bo'lgan shakl sifatida gapda obyekt bilan predikat orasidagi sintaktik munosabatni ifodalashga xizmat qiladi. Ko'makchilar grammatik jihatdan o'zgarmaydi (turlanmaydi va tuslanmaydi), ular hozirgi o'zbek tiliga oid asarlarda ikki guruhga bo'lib o'rganiladi: bilan, uchun, kabi, sari, sayin, qadar kabi mustaqil manosini tamoman yo'qotgan sof ko'makchilar va ustida, ostida, oldida, soyasida, so'ng, keyin, ilgari qaraganda, ko'ra kabi mustaqil so'zlardan (ot, sifat, ravish, feldan) ko'makchilikka ko'chgan, ko'makchi vazifasida ham ishlatiladigan so'zlardir. Shuning uchun o'zbek xalq og'zaki ijodi namunalaridan biri bo'lgan dostonlar tilida qo'llaniluvchi ko'makchi so'zlarni ikki guruhga bo'lib o'rgandik: sof ko'makchilar, funksional ko'makchilar. Sof ko'makchi so'zlar Sof ko'makchi so'zlar o'zbek tilshunosligida atroflicha o'rganilgan leksik-grammatik paradigmalardan biridir. Sof ko'makchilar relyativ munosabatning yaratilishiga xizmat qiluvchi til birligi ekanligi, bu birliklarning tabiati va grammatik xususiyatlari haqida maxsus ilmiy ishlarda, o'nlab qo'llanma va darsliklarda o'z yechimini topgan. Shu sababdi bu masalaga atroflicha to'xtashni lozim topmadik. Faqat dostonlar matnlarida qo'llanish darajasini ifodalashga harakat qilamiz. Doston matnlarida bilan (A.i=399; R.i=153) ko'makchisining -ila (A.i=1; R.i=2), -la, minan (A.i=1), man (A.i=110; R.i=25) shakllari qo'llanilgan bo'lib, uning variantlari etimologiyasi haqida tilshunoslar har xil fikrlar bildirganlar. Bilan o'z manolari bilan erkin qurshovlarda qo'llaniladi. Gapda qanday mazmun voqealashayotganini faqat katta matn (makrokontekst) orqali aniqlash mumkin. Shu jihatdan bilan doston matnlarida juda ko'p, xilma-xil mano nozikliklar bilan farqlanadi. Bilan bosh kelishik shaklidagi ot va otlashgan so'zlar bilan birga kelib quyidagi manolarni ifodalaydi: ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:32:11
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
45.15 KB
Ko'rishlar soni
145 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:01
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:32 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
45.15 KB
Ko'rishlar soni
145 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:01 ]
Arxiv ichida: doc