Epik tur va uning janrlari 3

Epik tur va uning janrlari 3

O'quvchilarga / Adabiyot
Epik tur va uning janrlari 3 - rasmi

Material tavsifi

Epik tur va uning janrlari Reja: Epik turning o'ziga xos spetsifik xususiyatlari. Rivoya eposning o'zagi sifatida. Epik tur janrlari, janrlarga ajratish prinsiplari. Eposning asosiy janrlari. Epik turning spetsifik xususiyatlari haqida gap ketganda avvalo voqeabandlikni tilga olinadi. Darhaqiqat, epik asarda makon va zamonda kechuvchi voqea-hodisalar tasvirlanadi, so'z vositasida o'quvchi tasavvurida reallik kartinalariga monand jonlana oladigan to'laqonli badiiy voqelik yaratiladi. Tasavvurda reallikdagiga monand, o'zining tashqi shakli bilan jonlangani uchun ham epik asardagi badiiy voqelikni plastik tasvirlangan deb aytiladi. Epik asarda plastik elementlar bilan bir qatorda noplastik elementlar ham mavjud bo'lib, bu elementlar muallif obrazini tasavvur qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Epik asarning noplastik elementlari deyilganda muallifning mushohadalari, fikrlari, tasvir predmetiga hissiy munosabati kabilar tushuniladi. Tabiiyki, noplastik unsurlar, plastik unsurlardan farqli o'laroq, asarni o'qish davomida o'quvchi tasavvurda jonlanmaydi. Epik asarda obyektiv va subyektiv ibtidolarning uyg'un birikishi kuzatiladi: asardagi badiiy voqelikni biz shartli ravihda obyektiv ibtido deb olsak, asar to'qimasining har bir nuqtasiga singdirib yuborilgan muallif shaxsini biz subyektiv ibtido deb yuritamiz. Badiiy voqelikni shartli ravishdagina obyektiv ibtido deyishimizga sabab, u reallikdan olingan oddiygina nusxa emas, balki voqelikning ijodkor ko'zi bilan ko'rilgan, ideal asosida idrok etilgan, baholangan va ijodiy qayta ishlangan aksi ekanligidir. Shunday ekan, muallif obrazi hatto obyektiv tasvir yo'lidan borilib, muallif imkon qadar o'zini chetga olgan asarlarda ham mavjud bo'lishi tabiiydir. Demak, epik asarlarda badiiy voqelik bilan bir qatorda noplastik muallif obrazi ham har vaqt mavjuddir. Epik turga mansub asarlar asosan nasriy yo'lda yozilishi, shuningdek, nasriy yo'lda lirik asarlar ham yaratilishi mumkinligini ilgari aytildi. Demak, nasriy yo'lda yozilganligining o'zigina asarni epik deyishimizga asos bermaydi, nasriy asar va epik asar tushunchalari bitta manoni anglatmaydi. Voqeabandlik epik turning eng muhim xususiyati hisoblanadi. Epik asarda, odatda, makon va zamonda kechuvchi voqealar tasvirlanadi, muallif yoki hikoyachi-personaj tomonidan hikoya qilinadi. Bu esa epik asarlarda rivoya, tavsif, dialogning qorishiq holda kelishini taqozo qiladi, zero, ularning bari birlikda o'quvchi tasavvurida badiiy voqelikni plastik jonlantirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, eposda rivoya an'anaviy ravishda yetakchi o'rinni egallaydi, uning vositasida asarga dialog hamda tafsilotlar (peyzaj, portret, narsa-buyumlar va h.) olib kiriladi. Rivoya bu unsurlarning barini yaxlit butunlikka birlashtiradi. Epik turning takomili jarayonida undagi rivoyaning salmog'i kamayib borishi kuzatiladi. Masalan, xalq og'zaki ijodidagi ertaklar, hikoyat va rivoyatlarda rivoyaning salmog'i katta bo'lgani holda, dialogning salmog'i unchalik katta emas, tafsilotlar esa badiiy voqelikni to'laqonli tasvirlashga ko'pincha etarli bo'lmaydi. Rivojlanish jarayonida eposda keyingi ikkisining salmog'i va ahamiyati ortib boradi. Bu narsa badiiy adabiyotning boshqa san'at turlari bilan aloqasi, ularga xos usul va vositalarni o'ziga singdirishi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.41 KB
Ko'rishlar soni 109 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:02 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.41 KB
Ko'rishlar soni 109 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga