Ertaklardagi alp qizlar Afsonalar va dostonlardagi kabi mard, pahlavon, el-yurt uchun jonini fido qilgan alp qizlar ertaklar va hikoyatlarda ham ko'p uchraydi. Malikai Xusnobod, Malikai jahon, Korasochxon, Ozodchehra, Zebo, Xuriliqo, Oyparcha, Xusnbonu va boshqalar shular jumlasiga kiradi. Qur'oni Karimda, Muhammad payg'ambarimizning Xadislarida xotin qizlarni ranjitmaslik, hurmat-izzatlarini joyiga qo'yish masalasi alohida o'rinda turadi. Islomga qadar, ayniqsa, arablarda xotin-qizlarga past nazar bilan qarash, ularni kamsitish, kerak bo'lsa, tiriklay yerga ko'mish odat tusiga kirganligini Yusuf Tavasliyning «Xikmatlar xazinasi» (T, 1993 yil) kitobida uchratdik. Masalan, «Kizlarini tirik ko'mganlar» hikoyasida shunday deyiladi: - Islomdan avval Arabistonda qiz bolalarni tiriklay ko'milardi. Ushbu haqiqatni Xazrat Umar (R.A) shunday hikoya qiladilar. - Musulmonlikdan avvalgi ikki narsani eslaymanki, birini eslab yig'layman, birini eslab kulaman. Ushbu narsaga yig'layman. Bir kuni qizimni, jajji qizchamni, jigarpora qizchamni shu o'z qo'llarim bilan mozor (qabr) qazib tiriklayin ko'mdim. Men qizim uchun o'z qo'llarim bilan chuqur qazir ekanman, u mening soqolimga sachragan tuproqlarni jajji qo'llari ila silab olardi. Kachon buni xotirlasam doimo yig'layman. Insonlikning qanday qorong'u davrlarida yashaganimni tushunib, tinmay ko'z yoshi to'qishdan o'zimni tiyaman. Shuning uchun kulamanki, yo'lga chiqqanimizda, turli safarlarda bo'lganimizda holvadan sanam (but) yasab olardik. Unga Alloh, deb sig'inardik. Yo'lda qornimiz ochsa, uni yer edik. Buni eslasam, kulaman. Bu kofirlik, aqlsizlik shunchalik edi. (70-bet). Xotin-qizlarga nisbatan bunday shafqatsizliklarga qaramay, qizlar olamga kelgan, qizlar o'sgan, qizlar tarbiyalangan; qizlarni ehtiyot qilish, g'amxo'rlik qilish, kuchlaridan foydalanish; hatto, dala-dashtlarda ishlatish, poda boqtirish hollari ham bo'lgan. «Nomus eng qimmatli borlig'i edi» deb nomlangan bir hikoyada gap shu haqda ketadi. Inson hamisha o'zini saqlaydi, or-nomusiga gard yuqtirmaslik uchun harakat qiladi. Etibor bering: qadimda Karim ismli bir kishining shahardan tashqarida bir parcha yeri bor edi. Karim har yili shu eriga ekin ekib, undan olgan hosilga qanoat qilib, bola-chaqasi bilan umr kechiradi. Bahor payti bir kuni yer chopib turganida bir o'g'ri kelib, uning ter to'kib ishlayotganiga qarab turdi. Yaqin borib salomlashdi-da, dedi: - Siz bir kambag'al kishiga o'xshaysiz. Kiygan kiyimingiz bundan dalolat berib turibdi. Oyoq yalang ishlayapsiz, chorig'ingiz ham bo'lmasa kerak. Yeringizdan chiqqan hosil bilan oilangizni ta'minlay olmaysiz. Bunga ishonchim komil. Keling, men bilan birga o'g'rilik qiling, pulingiz ko'payadi. Karim uning taklifiga dedi: - Yo'q! Men eng past, yaramas odam bo'lishni istamayman. Men senga o'xshab, iflos yo'llar bilan pul topishdan hazar qilaman. halol mehnat qilib, pok yashashni istayman. Ko'rdingmi, men pesxona teri to'kib, shu halol mehnatim tufayli qalbim rohatlanib, farog'atda umr kechiraman. Seni ham o'g'rilikdan voz kechib, halol yashashingni istayman. Kuzatganimizdek, mehnatkash xalq oson yo'ldan yurmagan. Mehnat qilib, pesxona teri ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:32:11
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
37.31 KB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:03
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:32 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
37.31 KB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:03 ]
Arxiv ichida: doc