Furqat hayoti, ijodi va adabiy merosi 3

Furqat hayoti, ijodi va adabiy merosi 3

O'quvchilarga / Adabiyot
Furqat hayoti, ijodi va adabiy merosi 3 - rasmi

Material tavsifi

Furqat hayoti, ijodi va adabiy merosi RYeJA: Furqat asarlarining o'rganilishi; Furqatning hayoti va ijodiy faoliyati; Furqat lirikasi; Furqat - san'atkor shoir; Furqat adabiy merosining ahamiyati. Furqat o'zbek demokratik adabiyotining mashhur namoyondalaridan biri bo'lib, o'zbek milliy uyg'onish davri adabiyotida ma'rifatparvarlik yo'nalishining eng jo'shqin kuychisi sifatida ijod qildi. Furqatning adabiyotimiz tarixidagi o'rni va qimmati ham shu bilan belgilanadi. Furqat ijodiga qiziqish va uni o'rganish shoir xayoligidayoq boshlagan. Bu hol Furqat asarlarini to'plash va ularni nashr etishda ko'rinadi. Litografiyada 1913 yilda «Bayoz ma hajviyot mavlono Muqimiy ma mavlono Furqat» dan tashqari, shoir asarlarining talaygina qismi o'sha davr vaqtli matbuotida, yani 1970 yildan chiqa boshlagan «Turkiston viloyatining gazetida» da shoirning ko'plab asarlari bosilgan. Furqat ijodini o'rganishga rus sharqshunosi akademik A.Samoylovich ham qiziqib Peterburgda chiqadigan «Zapiski Vostochnogo otdeleniya russkogo arxeologicheskogo obshestva» to'plamining 19-tomida 1909 yili, «O'rta Osiyodagi turkiy adabiyot materiallari» sarlavhali maqolasida Furqatning Istambuldan yozgan maktubning asl nushasini shoirning toshkentlik do'sti mulla Kamoliddindan olganini aytadi va shu munosabat bilan Furqat haqida qator noyob ma'lumotlarini yozadi. Furqatning hayoti va ijodini ommaviy tarzda o'rganish XX asrning 30-yillarida Xomid Rasulning «Guliston» jurnalidagi maqolalari hamda maktab darslik va xrestomatiyalarida nashr etilgan asarlari asosida boshlandi. Uning ijodini atroflicha o'rganish, ommalashtirish va istedodli ma'rifatparvar-demokrat shoir sifatida baholash sohasida 1959 yilda shoir tug'ilgan kunning 100 yilligi munosabati bilan o'tkazilgan yubiley alohida ahamiyatga ega bo'ldi. Zokirjon Holmuhammad o'g'li Furqat 1859 yilning 1-martida Qo'qon shahrining G'ishtko'prik dahasidagi Eski Beshariq mahallasida ushshoq tijoratchi Mullo Holmuhammad oilasida tug'ilgan. Eski usul maktabida xat-savodini chiqargach, 1870 yili Jom masjid madrasasida o'qishni davom ettiradi. Bu haqda u o'zining 1891 yili yozgan «Sarguzashtnoma» sida batafsil to'xtalgan. Zehnli Zokirjon madrasada o'qitiladigan bilimlarni tez va oson o'zlashtiradi, ayniqsa arab grammatikasi, mantiq, falsafa va adabiyotga oid bilimlarni ishtiyoq bilan o'rganadi. Kechalari Hofiz, Bedil, Jomiy, Fuzuliy va Navoiy asarlarini o'qiydi. Biroq Zokirjonning madrasadagi o'qishi uzoqqa cho'zilmadi. 1876 yili bosqinchi xukmdorlar «Jom» madrasasini bekitdilar. Zokirjon sevimli mashg'uloti badiiy asar o'qishni mustaqil davom ettiradi. «farqat» tahallusi bilan sherlar mashq qilib turadi. Otasining tijorat ishlariga yordamlashadi. 1878 yilda, yangi Marg'ilonga, tog'asi yoniga bordi va u yerda bir necha yil savdo ishlari bilan band bo'ldi. Shoirning «Sarguzashtnoma»da bergan ma'lumotiga ko'ra, u ko'pgina hayotiy hodisalar bilan, jumladan «Turkiston viloyatining gazeti» bilan shu yerda tanishgan ekan. Shoirning 80-yillar boshlarida Qo'qonga ota - onasining oldiga qaytadi. Uylanadi. Farzandlik bo'ladi. Qizg'in ijodiy ish bilan band bo'ladi. Mashhur «Chor darvesh» qisasini forschadan tarjima qiladi. Sharqda mashhur bo'lgan didaktik syujetlardan foydalanib «Hammomi xayol», «Nuh manzar» asarini yozadi. Bu asarlar hozircha topilgani yo'q. Biroq jufti ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.94 KB
Ko'rishlar soni 122 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:04 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.94 KB
Ko'rishlar soni 122 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga