Furqat ijodi Zokirjon XolMuhammad o'g'li Furqat milliy madaniyatimiz tarixidagi yorqin siymolardan biri, ulkan ijodkor va qomusiy olimdir. Uning dil o'rtar lirik sherlari, ajoyib nasri, publitsictikasi o'zbek adabiyoti xazinasini boyitgan bo'lsa, adabiyotshunos va tarixchi, etnograf (elshunos) va tarjimon, jurnalist va xattot, geograf va hakim sifatidagi serqirra faoliyati ham tahsinga sazovor. Atigi 51 yillik umri (1859 - 1909) davomida Furqat madaniyatimiz taraqqiyotiga ulkan ulush qo'shganiga uning boy ilmiy-adabiy merosi dalil bo'la oladi. Furqat shoir va olimlar shahri Xo'qandi latifda tavallud topdi. Shoirning otasi Xolmuhammad garchi savdo ishi bilan mashg'ul esa-da, o'qimishli, ilm - ma'rifatni qadrlovchi insonlardan bo'lgan. Zokirjon bolalik va o'smirligida 10 yil ilm tahsili bilan band bo'ldi - dastlab maktabda, so'ng madrasada ta'lim oldi. Shu yillar uning ilm -ma'rifatli inson sifatidagi shakllanish yillari bo'ldi desak, yanglishmagan bo'lamiz. U 9 yoshidan boshlab sheriy ijod bilan shug'ullanadi, hatto tushida hazrat Mir Alisher Navoiy duosiga sazovor bo'ladi. O'n yoshida xattotlikni o'rganadi. O'n ikki yoshida Quroni karimni xatm qilib, qori bo'ladi. Sharq adabiyotining zabardast vakillari Hofiz Sheroziy, Sadiy Sheroziy, Bedil, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Fuzuliy, So'fi Olloyor va boshqa mumtoz adiblarning asarlarini mutolaa qiladi, arab va fors tillarini puxta o'rganadi . 1876 yili Qo'qon xonligi tugatilib, o'rnida Rossiya imperiyasiga tobe Farg'ona oblasti tashkil etilgach, shahardagi madrasalarda o'qishlar birmuncha vaqt to'xtab qolgan, talabalar uy-uylariga tarqab ketgani malum. Shundan so'ng Zokirjon otasining savdo-sotiq ishlariga yordam beradi. So'ng uning hayoti Yangi Marg'ilon (hozirgi Farg'ona), Marg'ilon, yana Qo'qon shaharlarida o'tadi. Savdogarlik qiladi, madrasa ta'limini davom ettiradi. Olim va fozillar, shoirlar orasida o'z istedodi va bilimi bilan hurmat-etibor qozonadi. Uning nomi Muhyi, Muqimiy, Zavqiy, Nisbat, Muhayyir, Xojajon Rojiy, Umidiy-Havoiy, Roiq, Ishoqxon Ibrat, Nodim Namongoniy, Yoriy, Zoriy, Nusrat kabi shoirlar qatorida tilga olinadi. Sherlari qo'lyozma bayozlardan o'rin olib, muxlislar orasida tarqala boshlaydi. Mug'anniylar Furqatning go'zal g'azallari, muxammas va musaddaslariga kuy bastalaydilar, hofizlar ularni sevib ijro etadilar. Biroq taqdirning beshafqat hukmi uni ona-shahridan chiqib ketishga majbur qiladi. 30 yoshida Qo'qondan sayohat bahona bo'lib ketib qolgan Furqat ona-shahriga boshqa qaytmadi. U dastlab Xo'jandda 3-4 oy, so'ng Toshkentda qariyb 2 yil istiqomat qiladi. Yangi-yangi do'stlar orttiradi. Zero, Furqat kabi dilbar insonlarning, fozil va shoirlarning har yerda muxlislari ko'p bo'ladi. Muxlislik shoirning xushmuomalasi tufayli do'stlikka aylangan bo'lsa ajabmas. Furqat do'st-oshnolarining yordamida Toshkentda ham ezozda bo'ldi. Ularning ko'magida Toshkentda Yevropamadaniyati bilan tanishdi va bu voqea uning hayotida ulkan burilish yasadi. Hassos shoirga Yevropata'lim tizimi, san'ati, ilm-fani yutuqlari, teatri, texnikasi juda katta ta'sir ko'rsatdi. Tolibi ilmlarning gimnaziyada dunyoviy fanlarni zavq-shavq bilan o'rganayotganlari uni lol qoldirdi. ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:32:11
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.37 KB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:04
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:32 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.37 KB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:04 ]
Arxiv ichida: doc