Hozirgi ijodiy jarayon Reja: 1. Bugungi kun sheriyatiga bir nazar. 2. Zamonaviy o'zbek nasri taraqqiyoti. 3. Hozirgi o'zbek dramaturgiyasi va adabiy tanqidi. 4. Ijodiy niyat va uning ijrosi. Ijod-hayot haqidagi ma'lumotni san'at qoidalariga bo'ysindirish jarayoni. Asar tili ustida ishlash-xalqchillik bilan bog'liqligi. Sharq adabiyotida adabiy ta'sir «Nazira» hodisasi. Normativlik va «dogmatizm» tushunchasi. Bugungi kun sheriyatiga bir nazar. 80-yillar o'rtalaridan sho'rolar davlatida keskin siyosiy o'zgarishlar yuzaga keldi. Tarixga «qayta qurish» nomi bilan kirajak bu jarayon dunyoning oltidan bir qismini egallagan ulkan mamlakatni etmish yil davomida idora qilgan bolsheviklar tuzumini emirdi, qizil imperiya qo'lostidagi yuzlab millat va elatlar oldida o'z taqdirini o'zi belgilash imkoniyati tug'ildi. Mumtoz adabiy meros, ayniqsa sho'ro davri adabiyotiga yangicha qarash, avvalgi baholarni qayta ko'rib chiqish, ilgari nomini tilga olish ham xavfli sanalgan ijodkorlar va ularning asarlari xususida adolatli fikrlash mumkin bo'lib qoldi. Xususan, o'zbek adabiyoti tarixida malum va mashhur ijodkorlardan tashqari ular bilan hamnafas yashab ijod etgan, shunchaki adabiy mashqlar emas, mumtoz san'at namunalarini yaratgan Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqirg'oniy, Husayn Boyqaro (Husayniy), Burhoniddin Rabg'uziy, Abulg'ozi Bahodirxon, So'fi Olloyor, Amiriy, Feruz, Avloniy, Behbudiy, Fitrat, Cho'lpon va yana o'nlab ijodkorlar merosi qayta nashr etildi, ilmiy-estetik tahlilga tortildi. Hayotdagi bu ijobiy yangilanishlar zamonaviy adabiyotga haqiqatni cho'chimay yozishga, ijod erkinligiga tashna va shoirlarga ham zarur imkoniyatlar tug'dirdi. kisqa davr ichida adabiyotning barcha tur va janrlarida hayotni ro'yi-rost, bor murakkabligi bilan tasvirlagan, ijtimoiy-ma'naviy adolat-sizlik, xo'rlik va qullik sharoitida majruhlantirilgan inson ruhiyatini ilgari ko'rilmagan nuqtai nazardan tahlil etgan o'nlab yaxshi asarlar dunyoga keldi. Milliy ong shakllanishi, ma'naviy o'z-o'zini tanish, erkin ruhni tarbiyalash ishiga safarbar etilgan adabiyot o'zining eng istedodli vakillari qiyofasida iqtisodiy, siyosiy hayotning barcha muammolariga faol aralashdi, o'zining salmoqli fikrini jamiyat qatlamlariga singdira oldi. Bugungi kun sheriyatiga bir nazar. Hozirgi sheriyatimizning yetakchi tamoyillarini belgilab berayotgan A.Oripov, E.Vohidov kabi shoirlarning keyingi yillarida yaratgan sherlari ham «Faust» muallifining bu fikrini to'la tasdiqlaydi. Bugungi sher hayot qadar rang-barang va murakkab, an'anaviy va kutilmagandir. Unda yuz yillardan so'ng qayta mustaqillikka erishgan, biroq erkning tamini unutib yuborgan xalqqa ajdodlar ruhidan madad iltijosi qizil imperiyaning jon talvasasi qurboni bo'lgan shahidlar timsolidagi ibrat va bedorlikka chaqiruv, «to'rdagilar hokimu mutlaq, pastdagilar yumuqko'z» zamonada sarson kezayotgan devona haqguy ruhidagi qaysarlik manzaralari bo'rtib ko'zga tashlanadi. Nisbatan ijodiy erkinlik sharoitida diniy mazuda, imon va e'tiqod masalalarida ham badiiy mushohada yuritish imkoni tug'ildi. Xususan, A.Oripovning «Hikmat sadolari», «Haj daftari» turkumlariga kirgan sherlarida shoir va uning qiyofasiga jamlangan ommaning Allohga tavbasi, shukrona va ibodati o'z aksini topdi. Yuzaki qaraganda, ijodiy cheklangandek tuyulgan bu mavzular doirasida ham shoir ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:32:11
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.61 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:07
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:32 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.61 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:07 ]
Arxiv ichida: doc