iyhom «Iyhom» arab tilida «shubhaga solish» degan manoni ifoda-laydi. Mumtoz adabiyotda esa iyhom haqiqiy va majoziy mano-larga ega, yoxud shaqlan bir, mano jihatidan har xil bo'lgan (jinsdosh) so'z yoki so'z birikmasini sheriyatda qo'llagan xrlda bir baytda ikki xil manoni ifoda etish san'atidir. Masalan, Navoiyning Bosh qo'yay dedim oyog'i tufrog'iga, dedi: «Qo'y», Bo'sa istab lali rangin so'rdum, ersa dedi: «Ol» misralarining birinchisidagi «qo'y» so'zini ikki manoda «mayli qo'ya qol» hamda «qo'y, kerakmas» manosida tushunish mumkin. Shunga ko'ra misra mazmuni ham musbat, ham manfiy manoda anglashiladi. Ikkinchi misradagi «rangin» so'zi «ran-gini» hamda «qizil» manosini, «ol» so'zi ham «ola qol» va «kizil» manosini anglata oladi. Binobarin, misrani «Bo'sa istab, labi rangini so'rasam, «qizil» dedi hamda «bo'sa istab, laldek qizil labini tilasam, ola qol dedi» manosida tushu-nilishi mumkin. Navoiyning Lal emas, shirin labingkim, jon topar andin qayot, Kim so'rub bildim: ul ermish lalgun qilg'on nabot baytining ikkinchi misrasida xam iyhom san'ati qo'llanilgan. Undagi «so'rub» so'zi ikki manoni: «so'rab» hamda «so'rib» (lab-ni) manosini ifodalaydi. Shunga ko'ra misrani bir holda «So'rab bildim: labing lalgun qilgan, (qizorib pishtan) nov-vot emish, ikkinchi holda esa «Labingni so'rib biddimki, u qizilrang novvot ekan» manosini anglatadi. Boburning Bosh ko'tarmon bodadin, chun yor oyog'i o'rtada, Qo'ymon ilgimdin oyoq, chun jilvagar soqiy erur misralaridagi «oyoq» so'zi o'z manosida hamda «qadah» manosida qo'llangani tufayli bayt ikki xil tarzda tushunilishi mumkin. Bobur yaratgan Qondin elga yoidi tifli ashk sirrimni mening, Chunki men ul yoshni hargiz soxib asror etmadim misralaridagi «qondin» so'zi o'z (qon bilan) manosidan tashqa-ri «qaerdan», «qanday qilib» manosini ham, shuningdek «yosh» so'zi «yosh go'zal» hamda «ko'z yoshi» manolarini ifodalashi tufayli, bayt ikki xil anglashilishi mumkin. Iyhom san'ati o'z xususiyatlari jihatidan tajnis san'atiga yaqin turadi. Farq shundaki, tajnis qo'llanganda, bayt yoki bandda ikki shakldosh so'z kelib ikki manoni ifodalaydi. Masalan, Boburning Bobur desa oyini ne tong javru jafoliq, Kim husn eli oyini, bale, javru jafodur baytidagi «oyini» jinsdosh so'zlari ikki o'rinda kelib, birinchi misrada «oyini» (oy yuzlik go'zalini manosida), ikkinchi-sida esa «odati» manosida ishlatilgan. Lutfiy qalamiga mansub Munajjim qrshu ko'zung ko'rgach aytur Kim: «Ushbu oy boshinda fitnalar bor» baytidagi «oy» va «bosh» so'zlarining har biri ikki manoda, birikma tarzida esa «oydek go'zalning boshida» va «shu oyning boshlarida» degan mazmunlarni ifodalab, iyhom hosil qiladi. Iyhom turlicha hosil qilinadi: 1. Iyhom ko'pincha bir yoki ikki so'z, shuningdek, so'z birik- masini o'z va ko'chma manolarida qo'llashga asoslanadi. O'quvchi dastlab bu so'z yoki so'z birikmasining o'z manosini anglaydi, diqkat qilsagina uning yashirilgan ko'chma manosini ilg'ay ola- di. Yexud, ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:32:11
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.96 KB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:13
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:32 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.96 KB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:13 ]
Arxiv ichida: doc