Kalom ilmi rivojlanish tarixi Kalom ilmi sahobalar davrida mavjud bo'lmagan deyishga ham asosimiz bor, chunki sahobalar Payg'ambar (s.a.v.)ning mutashobih oyatlar, ixtilofli masalalarga to'la kirishib ketishdan taqiqlariga to'la amal qilganlar va bu davrda mutashobih oyatlar va aqidaviymasalalarda bahsu munozara qiladigan inson namoyon bo'lmagan. Buning sababi, Ibn Abbos r.a. zikr qilganidek, qalbga shak-shubha tushishidan saqlanish edi. Sahobalar yashagan asrda birinchi bor mutashobih oyatlar haqida so'ragan odam Abdulloh ibn Subayg' ismli kishi bo'lib, u Madinaga kelib odamlar orasida mutashobih oyatlar haqidagi savollarni tarqata boshlagan. Bu haqda Umar r.a. eshitganlarida uni huzuriga chaqirib, qattiq ogohlantirgan. Ibn Subayg' bu haqda savol so'ramaslikka vada bergan, biroq keyinchalik vadasiga xilof ish tutgan. Umar r.a. voliy Abu Muso al-Ashariyga maktub yozib musulmonlarni Ibn Subayg' bilan hamsuhbat bo'lishdan taqiqlashini talab qildi1.Xulafoi roshidin davrining oxirlariga kelib, yani Ali r.a.ning xalifalik paytida xorijiylar toifasi namoyon bo'ldi. Ularning ham iddaolari kalomiy masalalarga oid edi; xalifalik, imomlik, hukm qilish masalalari, keyinchalik esa inson amali va Alloh taolo sifatlariga oid munozarali masalalarni ilgari surdilar. Xorijiylarning an'anaviy aqidalarga xilof keladigan bir qancha ta'limotlari mavjud bo'lgan. Bulardan eng mashhurlari sifatida quyidagilarni aytib o'tish mumkin2:- Gunohi kabira qilgan kishini kofir deb hukm qilish. Bu ish ularning Usmon r.a.ni kofirga chiqarishliklari bilan boshlangan. Bundan tashqari ular Ali, Muoviya, Abu Muso, Amr ibn Os r.a.larni ham kofir deb elon qilganlar. - Qattiqqo'l imomga qarshi chiqishni vojib deb bilish. Bunda ularning quvvati zaifligi, imomning qudratliligi ham qarshi chiqishga to'sqinlik qilmaydi.- Xalifalik garchi qurashiy yoki arab bo'lmasa-da, musulmonlar 1 Abul Muin an-Nasafiy. Bahrul kalom. Sayyid Yusuf Ahmad tahriri bilan. Dor al-kutub al-ilmiya. Bayrut. 2005. Muqaddima. B.3.2 Muhammad Ali as-Sayis. Tarix al-fiqhil islamiy. Dor al kutub al ilmiya. Bayrut. 1990. -159 b. B.72.63ixtiyor qilgan kishida bo'lishi. Muayyan bir kishi uchun yoki shialar fikricha, bir jamoa uchun xos bo'lmasligi zarur. Xalifalikka biror kishini ixtiyor qilganlaridan sng esa, bu shaxs uchun o'z yo'lidan qaytishi, chekinishi yoki chekinishga hukm qilishi mumkin emas. Agar u o'z yo'lidan og'ishsa, uni mansabdan tushirish lozim bo'ladi, agar o'zi tushmasa, uni o'ldirish vojib bo'ladi.-Namoz, ro'za, zakot va shu kabi ibodatlarga iymonning bir bo'lagi deb qarash. Ularning fikricha, kishining iymoni qalb tasdig'i bilan, til iqrori bilangina vujudga kelmaydi, balki barcha amallarni bajarish zarur, aks holda, uning iymoni haqiqiy iymon bo'lmaydi.Mana shu davrdan aqidaviy masalalarda turli toifalar shakllana boshladi: shialar, qadariya, murjiiya, jahmiya va boshqalar. Bularning barchasining shakllanish sabablari aqida borasida noto'g'ri yo'l tutish, bahsu munozaralari ham kalom masalalariga oid edi.Imom G'azzoliyning Ihyo ulum ad-din asarida keltirilishicha, Shofeiy, Imom Molik, Ahmad ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:32:11
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.67 KB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:14
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:32 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.67 KB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:14 ]
Arxiv ichida: doc