Kompozitsiya RYeJA: Badiiy bezash ishlarida kompozitsiyaning o'ziga xos xususiyatlari. Kompozitsiyaning turlari. Dinamik va turgun kompozitsiyalar. Tasviriy san'atning barcha turlari kabi badiiy bezash ishlari xam kompozitsiyaning umumiy qonuniyatlaridan kelib chikkan holda amalga oshiriladi. Shuning uchun xam bu ishlar bezakchi rassomdan etarlicha bilim va malakalarni talab qilishi bilan birga, doimo kompozitsiya masalalarini diqqat markazida tutishni takazo qiladi. Badiiy bezash ishlarida kompozitsiyaning asosan uchta: tekis, xajmli, kenglik va chuqurlikka ega bo'lgan turlari mavjud. Bularning barchasi u yoki bu g'oyani amalga oshirishda qandaydir bir umumiy sifat va belgilarga ega bo'ladi. Frontal kompozitsiya - bu ikkita koordinatalar bo'yicha frontal tasvirni tashkil etish demakdir. Frontal kompozitsiyaning xarakterli xususiyati unda xajmli elementlarni ishlatishning cheklanishi va shu bilan bir paytda, uning o'lchovlarini kattalashtirish imkoniyatlari ortib borishidir. Shuning uchun ayrim relefsimon tasvirlar (masalan: kandakorlik, yog'och hamda ganch uymakorligi va xakozolar) plastika qonuniyatlari asosida kurilsa xam, tekis yuza kompozitsiyalar turiga kiradi. ta'lim-tarbiya muassasalaridagi bezak ishlarining ko'p kismi, masalan, ko'rgazmali qurollar, devoriy gazetalar, tematik stendlar, taklifnoma, tabriknoma, tematik albom va xoka'zolar frontal kompozitsiya asosida bajariladi. Kompozitsiyaning qurilishi malum obyektning vazifasi hamda mazmuniga, undan kuzlangan maqsadga bog'liq bo'ladi. Kompozitsiyalarning asosiy tuzilmalari kuyidagilardan iborat: Gorizontal kompozitsiya - bunda kompozitsiya elementlari gorizontal yuzaga joylashtiriladi. Masalan: dala, shahar panoramasi va boshqalar. Vertikal kompozitsiya - aktiv, dinamik kompozitsiya bo'lib, yuqoriga o'sish, parvoz tasavvurini hosil qiladi, uning detallari asosan tik chiziq bo'yicha joylashadi. Diagonal kompozitsiya - uning qurilishi dinamik va shiddatli sxemalarga asoslanadi. Uchburchak yoki piramidal kompozitsiya - bunda turgun, osoyishta holatga tayaniladi. Surat yuzasining pastki kismi piramidaning negizi hisoblanadi. Badiiy bezash san'atidagi frontal kompozitsiyalarning muhim xususiyatlaridan biri ularning yo'pka yuza tarzida ijro etilishidir. Frontal kompozitsiya boshqa tur kompozitsiyalardan xajmni, masofa va kenglikni berishi bilan farqlanadi. Xajmli kompozitsiya turli ko'rish nuqtalaridan idrok qilishga mo'ljallangan uch o'lchovli shaklda bo'ladi. Asarlarning mazmuni va vazifasiga muvofik kompozitsiyaning biror xususiyati burttirilishi mumkin. Kompozitsiya o'z xususiyatlari bilan pirovard natijada badiiy bezash ishlarining yuksak badiiyligini ta'minlashga asos bo'lib xizmat qiladi. Kompozitsiyalarning garmonik yaxlitligida ranglar xam alohida ahamiyat kasb etadi. ayniqsa rang asosiy urin tutadigan mozaik panno, vitrajlarda kompozitsion garmoniyaga jiddiy qarash lozim. Shundagina asarning rang birligi estetik ta'sir etuvchi eng asosiy omillardan biri bo'ladi. Kompozitsiya qonuniyatlaridan asossiz chetlashish odatda badiiy bezash ishlari mazmunini xam, estetik mohiyatini xam pasaytiradi. Agar kompozitsiya elementlari tomonlarda bir-biriga nisbatan bir xil joylashsa, ular kompozitsion muvozanatda bo'ladi. Kompozitsiyaning asosiy masalalaridan biri kombinatsiyadir. Kombinatsiya asosida bir va bir necha elementlarning joyini uzgartirish orqali kompozitsiyaning yangidan-yangi ifodali variantlari tayyorlanadi. Dinamik va turgun kompozitsiyalar xam o'z qonuniyatlariga ega. Bular o'rtasida qarama-qarshi mano ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:32:11
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.92 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:16
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:32 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.92 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:16 ]
Arxiv ichida: doc