Lutfiy 3 - rasmi

Material tavsifi

Lutfiy Mavlono Lutfiy XIV-XV asrlardagi o'zbek mumtoz adabiyotining atokli namoyandasi bo'lib, o'zining o'zbek va fors-tojik tillaridagi asarlari bilan sharqda katta shuxrat kozongan so'z san'atkoridir. Shoirning hayoti va ijodi xakdda zamondoshlari Davlatshoh Samarkandiy, Shamsiddin Somiy, Xondamir, Abdulla Qobuliy kabi tazkiranavislarning asarlarida muhim qayd va mulohazalar uchraydi. Xususan, Lutfiyni yaqindan bilgan, u bilan ustoz va shogirdlik rutbasi bilan borlangan Alisher Navoiy asarlarida keltirilgan ma'lumotlar g'oyat qimmatlidir. Sharq adabiyoti tarixida Lutfiy taxallusi bilan asarlar yaratgan ijodkorlar ko'pgina bo'lib, «Qomus ul-alam» asarida ulardan ayrimlari sanab utilgan. Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy bilan yaqin muloqotda bo'lib, o'zining asarlari bilan Xuroson va Movarounnahr adabiy muhitida chuqur iz koldirgan Mavlono Lutfiy «Malik al-kalom», yani «So'z podshosi» (Alisher Navoiy) unvoni bilan shuhrat qozondi. Lutfullox Lutfiy Alisher Navoiy «Majolis un-nafois» asarida guvoxlik berishicha, 99 yil umr ko'rgan. Shoirning zamoniga oid manbalardagi ma'lumotlar asosida uning tavallud sanasi 1366 yil deb ko'rsatilgan. Lutfiy boshlang'ich tahsildan keyin madrasalarda o'z davrining dunyoviy va shariat bilimlarini chuqur o'rganadi. So'ngra esa tasavvuf bobida malaka hosil qilishga kirishadi. Bu haqda Alisher Navoiy qo'yidagilarni qayd etadi: «Mavlono yigitligida ulumi zoxiriyni takmil kilrondin sungra Mavlono Shaxobiddin Xiyoboniy qoshida sufiya tariqatida ham suluk ko'prog'dur». Shaxobiddin Xiyoboniy o'z davrining ko'zga ko'ringan mutasavvuf shayxlaridan bo'lib, uning «Quroni karim»ga yozgan sharxlari ham mavjud edi. Lutfiy ana shu allomadan tasavvuf ta'limini olib, keng va chuqur bilim soxibi bo'lib etishdi. Lutfiy asarlaridan shu narsa malum bo'ladiki, u Abu Ali ibn Sinoning «Qonun» va «Ash-Shifo» asarlarini chuqur o'zlashtirgan. Lutfiyning yoshlik yillaridanoq adabiyotga bo'lgan katta qiziqishi alohida ko'zga tashlanib turar edi. Bo'lajak shoir o'zigacha bo'lgan turkiy tildagi adabiyot bilan bir qatorda fors va arab adabiyotlarini ham qunt bilan o'rganadi. Uning Xofiz, Kamol Xujandiy va Nasimiy meroslariga rag'bati ayniqsa katga edi. Amir Temur davridan boshlab Xurosan va Movarounnahrda ruy bergan siyosiy markazlashuv samarasi ularoq shakllangan adabiy muhit Lutfiyni ham o'z maydoniga tortdi. Uning g'azallari og'izga tushib, mushoiralarning va adabiy suhbatlarning mavzuiga aylandi. Oddiygina hayot tarziga o'rgangan, darvishlarga xos xokisorlik bilan mutabarlik kasb etgan bu shoirning sherlari chuqur fikrlarni sodda so'zlar erdamida yuqori badiiy buyoklarda ifodalay olishi bilan ajralib turar va sherlari shu jihati bilan Navoiy va Jomiy kabi adabiyot xomiylarining dikdat-etiborini kozongan edi. Mavlono Lutfiydan bizgacha salmokligina adabiy meros etib kelgan bo'lib, uning katta kismini lirik asarlar tashkil qiladi. Lutfiyning lirikadagi serkirra ijodi haqida Alisher Navoiy «Majolis un-nafois» asarida qo'yidagilarni yozadi: «Mavlono Lutfiy o'z zamonasining «Malikul-kalom»i erdi. Turkiy va forsiyda benazir edi, ammo turkiyda shuxrati ko'prok erdi va turkcha devoni mashxur». Shoirning forsiy tildagi asarlarini to'plab devon ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 34.38 KB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:17 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 34.38 KB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga