Mahmud Zamaxshariyning Muqaddamat ul-adab asarida xarf turkumining ifodalanishi

Mahmud Zamaxshariyning Muqaddamat ul-adab asarida xarf turkumining ifodalanishi

O'quvchilarga / Adabiyot
Mahmud Zamaxshariyning Muqaddamat ul-adab asarida xarf turkumining ifodalanishi - rasmi

Material tavsifi

Mahmud Zamaxshariyning Mukaddamat-ul-adab asarida xarf turkumining ifodalanishi Respublikamiz o'z mustaqilligini ko'lga kiritgan kundan boshlab xalqimiz ma'naviy-madaniy boyliklarini xar tomonlama o'rganish, ularni kelgusi avlodlarga to'liq yetkazish va hozirgi avlodni ulardagi ijobiy an'analar asosida tarbiyalash dolzarb vazifalardan biriga aylanib bormokda. uzoq tarixga ega bo'lgan o'zbek xalqi, uning yuksak madaniyati, qadriyatlari, boy ilmiy merosi butun jahonning diqqat - etiborini o'ziga jalb etib kelgan va kelmokda. Ibn Sino, Beruniy, Ulugbek, Muhammad al-Xorazmiy, Mahmud Zamaxshariy kabi buyuk ajdodlarimizning nomlari va yaratgan asarlari mashxur bo'lib, ularning ijodlari jahon madaniyati xazinasiga ko'shilgan bebaho boylik bo'lib hisoblanadi. Ammo shu allomalar yaratgan ilmiy asarlar, yozma yodgorliklarning aksariyati to'laligicha o'rganilgan emas. mustaqillik yillarida buyuk vatandoshlarimiz katori Abul - Kosim Mahmud Zamaxshariy merosi xam xar tomonlama o'rganila boshlandi. Mahmud Zamaxshariy o'z ijodining katta kismini arab tilshunosligiga bagishlab, shu mavzuda noyob asarlarni meros qilib koldirgan. Uning mashxur va nisbatan kengrok o'rganilgan asarlaridan biri - Mukaddamatu-l-adab dir. U komusiy asar bo'lib, fanning turli sohalari bo'yicha boy ma'lumotlar beradi. Mukaddamatu-l-adab asari arab tilini arab bo'lmagan millatlarga o'rgatish maqsadida yozilgan. U dastlab arab-fors-turkiy tillarida yaratilgan. hozirda uning arabcha-forscha-turkiy, arabcha-forscha-turkiy-mo'gulcha, shuningdek, ayrim ma'lumotlarga ko'ra, grekcha so'zlik kiritilgan nusxalari xam mavjud1. Mukaddamatu-l-adab asari mukaddima va besh kismdan iborat bo'lib, birinchi kismda ismlar, ikkinchisida fellar, uchinchisida yordamchi so'zlar (xarflar) berilgan. To'rtinchi bo'lim ismlar erobi (turlanishi) ga, beshinchi bo'lim fellar tasrifi (tuslanishi) ga bagishlangan. Abul-Kosim Mahmud Zamaxshariyning Mukaddamatu-l-adab asari ko'p tilli, murakkab tuzilishga ega bo'lgan komusiy asar bo'lib, bu kabi asarlar filologiya fani tarixida kam uchraydi. Mukaddamatu-l-adabning birinchi ismlar kismi tom manoda zamonaviy ensiklopedik lugat vazifasini o'tasa, uning ikkinchi fellar kismi arab tili grammatikasi qoidalari asosida yuksak ilmiy saviyada mukammal tuzilgan. Mukaddamatu-l-adab asarining yordamchi so'zlar (xarflar), ismlarning turlanishi, fellarning tuslanishi kabi uchinchi, to'rtinchi, beshinchi qismlari sof arab tilining grammatik qoidalariga bagishlangan1. Jumladan, mazkur asarning uchinchi kismi - xarflar (yordamchi so'zlar) bobiga batafsilrok to'xtalib o'tsak. Ushbu bob, yuqorida aytilganidek, arab tilining grammatik qoidalariga bagishlangan. Malumki, arab tilida so'z turkumi uch kism: ism - الإسم, fel - الفعل va xarf - الحرف dan iborat. Xarf deganda arab tilida alohida ishlatilmaydigan, boshqa so'zlar bilan birikib kelgandagina manosi anglashiladigan yordamchi so'z va ko'shimchalar tushuniladi. Arab tilida xarflar shunchalik ko'p ko'llaniladiki, ismning yoki felning haqiqiy manolari xam xarflar yordamida anglashiladi. Arab tili grammatikasidagi xarflarning o'rni juda muhim bo'lib,Mukaddamat-ul adab asarida keltirilgan xarflarning deyarli barchasi hozirda keng ko'llaniladi. Shu boisdan, ularni chuqur o'rganish va bilish muhim ahamiyat kasb etadi. Xarflarni to'la va mukammal o'rganish tarjimaning to'gri va aniq bo'lishiga olib keladi. Arab tilidagi xarf atamasi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.51 KB
Ko'rishlar soni 105 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:18 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.51 KB
Ko'rishlar soni 105 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga