Mahmudxo'ja Behbudiy hayoti va ijodi (1875-1919 yil) Reja: Mahmudxo'ja Behbudiyning hayot yo'li: yoshligi; maorif sohasidagi xizmatlari; teatr va san'atdagi faoliyati; matbuotdagi faoliyati. Behbudiyning ijodi: ijtimoiy qarashlari; ilmiy-siyosiy, adabiy-tanqidiy qarashlari. Mahmudxo'ja Behbudiy XX asrning 1-choragidagi Turkistonning eng mashhur kishilaridan biri edi. Behbudiy 1875 yil 19 yanvarda Samarqandda Bexishtepa qishlog'ida ruhoniy oilasida dunyoga keladi. Otasi Behbudxo'ja Solixho'ja o'g'li turkistonlik bo'lib, Amir Shohmurod zamonida Samarqandga kelib qolgan edi. 1894 yil otasi (imom xatiblik bilan shug'ullangan) Behbudho'ja vafot etadi. Yosh Mahmud etim bo'lib qoladi. Arab yozuvini kichik tog'asi Odil qoridan o'rganadi. Eski maktab madrasasida o'qidi. 18 yoshidan qozixonalarda mirzalik, so'ng muftiylik qiladi. Hatto Toshkentdagi «Turkiston viloyat gazetasi», Orenburgdagi «Vaqt» kabilarda bosilgan bir qator maqolalarga «Muftiy Mahmudxo'ja Behbudiy» deb imzo chekkan o'rinlar ham uchraydi. U dastlab Samarqand, so'ng Buxoro madrasalarida puxta ilm olgan. Behbudiy dunyoqarashining shakllanishida Rusiya jadidchilik harakatining asoschilaridan biri Ismoilbek Gaspirinskiyning ta'siri katta bo'lgan. U 1892 yilda Turkistondagi maktablarni isloh qilish, «usuli savtiya»ni joriy etish haqidagi taklifi bilan general-gubernator N.O. Robenbaxga murojaat etadi. Javobga erisha olmagach, 1893 yilda Toshkentga keladi, Samarqand va Buxoro shaharlarida bo'lib, mahalliy xalqlar bilan gaplashib, dastlabki yangi usuldagi maktablarni ochishga erishadi. Behbudiy ustozi Gaspirinskiy bilan bo'lgan uchrashuvini maroq bilan xotirlaydi Behbudiy o'zbek va tojik tillarida chiqargan juda ko'p darslik va qo'llanmalarda Gaspirinskiy qarashlariga tayanib ish ko'radi. Xususan, Gaspirinskiyning 1998 yilda bosilib chiqqan «Rahbari muallimlik yoki muallimlarga yo'ldosh» kitobiga ergashadi. «Usuli savtiya» maktablarining Rusiyadagi bosh muassisi Ismoilbek hazratlaridir. Birinchi yangi usul alifboning murattib va noshiri yana Ismoilbek hazratlaridir», - deb yozadi Behbudiy 1914 yilda. Behbudiy Gaspirinskiyning har jihatdan o'ziga xos ustoz deb bildi. U ustozining aqlu g'ayratini, millat yo'lidagi fidoiyligini juda yuksak baholadi. Uning vafoti munosabati bilan yozgan maqolasida «Russiya musulmonlari ichida bunday bir zot kelgan yo'qdur», - deb takidlaydilar. Darhaqiqat, Behbudiy unga o'z asarlarida, faoliyatida tez-tez murojaat qilgan. Jumladan, 1905 yil jo'g'rofiya bo'yicha ilk maktab tuzganda Ismoilbekning «Turkiston ulamosi» kitobidagi ma'lumotlardan keng foydalangan. 1899-1900 yillarda Behbudiy haj safariga boradi. 1903-1904 yillarda Moskva, Peterburg shaharlariga, 1907 yilda Qozon, Ufa, Nijniy Novgorod shaharlarida bo'ladi. Bu shunchaki sayohat safarlari emas, malum maqsaddagi xizmat safarlari edi. Masalan, 1907 yilda Nijniy Novgorod shahrida Russiya musulmonlarining turmush va madaniyati muammolariga bog'langan qurultoy chaqirildi. Behbudiy turkistonliklar guruhini boshqardi va katta nutq so'zladi. Behbudiy Gaspirinskiy yo'lga qo'ygan «usuli jadid» maktablarini Turkistonda qaror toptirishda, ularni darslik va qo'llanmalar bilan ta'minlashga oid ko'p maqolalar yaratdi. Rajabamindagi Abdulqodir Shakuriy maktabini hovlisiga ko'chirib keldi. «Muntahabi jo'g'rofiya umumiy» (qisqacha umumiy geografiya) «Kitobat-ul atfol» (bolalar maktubi), «Tarixi muxtasari islom» (Islomning qisqacha tarixi), «Amaliyoti ...

Joylangan
26 Apr 2024 | 16:32:11
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.72 KB
Ko'rishlar soni
119 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:18
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Apr 2024 [ 16:32 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.72 KB
Ko'rishlar soni
119 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:18 ]
Arxiv ichida: doc